Dushanba, 15 Aprel 2024 13:16

O‘zbekiston-Ispaniya Oliy ta’limdagi muasassalari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi

Avval xabar berganimizdek, bugun 15-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston-Ispaniya oliy ta’lim muasassalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlash bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminardan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston va Ispaniya davlatlaridagi oliy ta’lim muasassalarining o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish, akademik almashinuv dasturlari doirasida professor-o‘qituvchilarning hamda talabalarning bilim va malakasini oshirish kabi amaliy ishlarni hayotga tadbiq qilishdan iborat.       

Seminar ishida Ispaniya Fan, innovatsiyalar va universitetlar vazirligi huzuridagi Xalqarolashtirish agentligi direktori janob Alfonso Gentile so‘z olib ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad va vazifalarga to‘xatilib o‘tdi. Tadbirda Ispaniya davlatidan 12 ta universitetdan vakillar va yurtimizdagi qator universitetlar rektorlari va prorektorlari ham o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdi.

Seminar doirasida O‘zbekiston-Ispaniya universitetlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha memorandum imzolandi.

O'qilgan 224 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar