Chorshanba, 28 Oktyabr 2020 12:33

“Ipak yo‘li” universitetida onlayn ta’lim qay tarzda o‘tmoqda?

“Ipak yo‘li” universitetida onlayn ta’lim qay tarzda o‘tmoqda? “Ipak yo‘li” universitetida onlayn ta’lim qay tarzda o‘tmoqda? Copyright © Microsoft

Koronavirus pandemiyasi hayotimizning barcha sohalarida iz qoldirdi va oliy o‘quv yurtlarida o‘qish jarayoni ham bundan mustasno emas. Professor-o‘qituvchilar va talabalar gibrid formatida, ya’ni online o‘quv tizimida MS Teams platformasi orqali o‘quv jarayonini yuritmoqdalar. Har bir talaba va universitet xodimi bajarishi kerak bo‘lgan cheklovlar va ehtiyot choralariga amal qilishda davom etmoqda.

"Ipak yo‘li" turizm xalqaro universitetida online formatda a’lo darajada muvofiqlashtirilgan o‘quv jarayonini tashkil qilish uchun "Microsoft Teams" ta’lim platformasidan foydalanishga qaror qilindi.

Ushbu platforma talabalar va o‘qituvchilarga bemalol muloqot qilish, o‘quv jarayonini tashkillashtirish va resurslarni almashish imkoniyatini beradigan yagona, intuitiv va boshqarish nuqtai nazaridan oson vosita hisoblanadi. Shuningdek, platforma foydalanuvchilarga qo‘ng‘iroq qilish, xat yozish, onlayn xabar yuborish (chat) yoki onlayn audio va videokonferensiya yaratishga imkon beradi.

MS Teams platformasi universitet talabalari va o‘qituvchilarining akkauntlarini birlashtiradigan yagona tizim bo‘lib, onlayn konferensiyalarda va korporativ chatlarda yozishmalarda qatnashishdan tashqari, platforma bazasida talabalarni qulay va tezkor izlash imkoniyatini beradi. Shuningdek, u o‘quv guruhlarini yaratish, uchrashuvlarni rejalashtirish va talabalar tomonidan bajarilgan topshiriqlarni baholash kabi afzalliklarga boy tizim hisoblanadi.

"Ipak yo‘li" universitet talabalari ta’kidlaganidek, MS Teams platformasidan foydalanishning afzalliklaridan biri: barcha o‘quv materiallariga ochiq kirishning ta’minlanishidir. Shuningdek, bitta platformada individual topshiriqlarni biriktirish imkoniyati mavjud, bu esa, o‘z navbatida, vaqtni tejaydi.

Universitet professor-o‘qituvchilari ham MS Teams platformasi haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar. Unga ko‘ra, ushbu platforma Moodle tizimining barcha funksiyalarini o‘ziga olgan holda, onlayn sinflarni yaratish, topshiriqlarni nashr etish, o‘z vaqtida bajarilishini kuzatib borish va ularni tekshirish, o‘quv materiallarini uzoq muddatli saqlash uchun joylashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga, Microsoft Teams tizimi cheksiz miqdorda auditoriya yig‘ishga va onlayn darslarni o‘tkazish uchun qulaydir.

O'qilgan 4684 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar