Dushanba, 11 Yanvar 2021 14:59

Universitetda o‘quv jarayoni an’anaviy shaklda davom ettiriladi

2021-yil 11-yanvardan boshlab O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalari an’anaviy ta’limga qaytdi. Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev maʼlum qildi.

“Barcha oliy ta’lim muassasalari tomonidan oʻquv jarayonini anʼanaviy tarzda boshlash boʻyicha grafik ishlab chiqilgan. Grafik asosida 2021-yil 11-yanvardan barcha OTMlarning tegishli kurslarida oʻquv jarayoni anʼanaviy shaklda boshlanadi.
Ayrim kasal talabalar yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning oʻqishlari onlayn shaklda davom ettirilishi mumkin. Bu holatda OTMlar talabalarning sharoitlarini oʻrganib chiqadi. Barcha imkoniyatlari mavjud boʻlgan talabalar anʼanaviy taʼlimga toʻliq jalb etiladi”, – dedi F.Babashev.

Brifingda taʼlim jarayonini tashkil etishda haftalik oʻquv kunlari OTM tomonidan mustaqil belgilanishi ham maʼlum qilindi.

Shuni ta’kidlashimiz joizki, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida o‘quv jarayoni karantin choralariga rioya qilgan holda olib boriladi. Eslatib o‘tamiz, sirtqi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun onlayn ta’lim shakli saqlanib qolgan.

O'qilgan 4143 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar