2021-yil 5-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan “O‘zbek tili va adabiyoti hamda ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan “Alisher Navoiy nomi hamisha barhayot” mavzusida badiiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni universitet Birinchi prorektori filologiya fanlari doktori, professor J.D.Eltazarov ochib berdi. Tadbirga Samarqand davlat universitetidan filologiya fakultetidan taklif etilgan dotsent, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) N.Muhiddinova Alisher Navoiy ijodiy faoliyati hamda badiiy merosi haqidagi tahliliy fikrlari bilan tadbir mazmunini boyitdi.
Shuningdek, universitet talabalari tomonidan shoir qalamiga mansub o‘zbek, ingliz, rus va qoraqalpoq tillaridagi g‘azal, ruboiy, va fardlar ifodali tarzda aytildi; dostonlaridan parchalar sahnalashtirishdi.
Ayniqsa, Alisher Navoiy she’riyati asosida universitet professor-o‘qituvchilari ishtirokida tayyorlangan videorolik tadbir ishtirokchilarida katta taassurot uyg‘otdi.
Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan bir guruh o‘qituvchilar hamda talabalar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.