×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Dushanba, 01 Mart 2021 12:26

Bangladesh Respublikasining elchisi universitetimizga tashrif buyurdi

Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Md Jahongir Olam “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv universitetning taqdimotidan boshlandi. Unda universitetning Birinchi prorektori Jo‘liboy Donobayevich universitetning keng ko‘lamli ilmiy va o‘quv tuzilmasi, amaliy faoliyati va xalqaro sherikligiga e’tibor qaratdi.

Muzokaralar davomida nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda turizm sohasidagi mutaxassislarga bo‘lgan talabning yuqori bo‘lishi yuzasidan fikrlar almashildi. Xususan, tomonlar universitetda turizm sohasidagi ta’lim tizimini takomillashtirish va chet tillarini o‘rganishga ixtisoslashgan innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejalarini muhokama qildilar.

O‘z navbatida Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi mehmondo‘st qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

“Samarqandda, sizning universitetingizda bo‘lish men uchun katta g‘ururdir, – deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi Md Jahongir Olam. – Biz uchun nafaqat talabalarning harakatchanligi, balki universitetning yosh olimlarini qo‘llab-quvvatlash ham muhimdir. Uchrashuvimiz natijasi so‘zda emas, balki amalda bo‘lishi muhimdir”.

Janob Md Jahongir Olam Bangladesh Respublikasining bir qator yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalar o‘rnatilishi va kelgusida hamkorlik qilish uchun barcha sharoitlar yaratilishini ta’kidladi.

O'qilgan 3704 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}640{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar