×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Chorshanba, 31 Mart 2021 15:47

Samarqandda Yoshlar sayyohlik festivali qizg‘in o‘tmoqda

Joriy yilning 29-mart – 4-aprel kunlari “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalari “Hikoyalar karvoni” loyihasi doirasidagi Yoshlar sayyohlik festivalida ishtirok etmoqda. Festival O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 735-sonli “Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollikni oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori asosida o‘tkazilmoqda.

Ta’kidlash joizki, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti ikkinchi bosqich talabasi – Amirbek Mirzayev boshchiligidagi talabalar Parlamenti huzurida “Hikingly” sport va ekstremal turizm klubi faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning 30-mart kuni Samarqand viloyati “Zarafshon” milliy bog‘i hududida “Hikingly” klubi a’zolari “Belgilangan yo‘nalishda oriyentirlash” sport yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda ishtirok etishdi. Quvonarlisi, talabalar belgilangan vazifalarni a’lo darajada bajarishga muvaffaq bo‘lishdi.

Musobaqaning maqsadi sport turizmi, tog‘da oriyentirlash va “mountain bike” velosportini keng rivojlantirish orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, ichki turizm sharoitida yoshlarning sayyohlik faolligini oshirishdan iborat.

O'qilgan 3331 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}671{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar