×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Juma, 09 Aprel 2021 18:45

“Ipak yo‘li” universitetida TIKA seminarlari yakunlandi

Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tomonidan Turizm va sport vazirligi bilan birgalikda joriy yilning 5-9-aprel kunlari “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida “Turizm ta’limida dolzarb yondashuvlar” mavzusiga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining professor-o‘qituvchilari hamda Vazirlik tasarrufidagi kollej va texnikum pedagoglari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirok etishdi. Treninglar Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning Ersumer Eren, Omer Gyunay hamda Isa Kelesh kabi tajribali mutaxassislari tomonidan olib borildi.

Seminar-trening dasturiga muvofiq, unda Turkiyada turizm kasb-hunar ta’limining umumiy tuzilishi, Yevropa mamlakatlaridagi turizm ta’limi bilan aloqador amaliyotlar, Turkiyada turizm mehmonxona xo‘jaligi ta’lim muassasalaridagi mavjud holatining tahlili, Turkiyada masofaviy ta’lim, pandemiyaga qarshi tadbirlar, kasb-hunar ta’limi amaliyoti, gastronomik turizmni rivojlantirish tendentsiyalari kabi dolzarb masalalarga doir batafsil ma’lumotlar berildi. Seminar interaktiv tarzda o‘zaro davra suhbatlari, muhokama va fikr-mulohaza almashish jarayonida qizg‘in kechdi.

Yakuniy kunda seminar ishtirokchilariga maxsus sertifikatlar topshirildi. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, seminarlarning ikkinchi bosqichi bevosita Turkiyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O'qilgan 4272 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}686{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar