Joriy yil 11 noyabr kuni Fransiyaning Ruan Normandiya universiteti rasmiy delegasiyasi “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda universitetning Ilmiy va innovatsion rivojlantirish bo‘yicha prorektori A.Kilasov va o'quv ishlar buyicha prorektor J.Hoffmann tomonidan qabul qulindi. Muzokaralar asosan ilmiy tadqiqotlar va loyihalarni boshqarish, xususan magistratura va doktatantura dissertasiyalarni birgalikda tashkil etish va kelgusida turizm, mehmonxona va madaniy meros sohalarida Evropa Ittifoqi va boshqa xalqaro grantlarga ishtirok etish haqida bo‘lib o‘tdi. Mehmonlarga universitet o'quv kampusi buylab sayohat tashkillashtirildi.