Yangiliklar: Oktyabr 2021

Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarimizni vatanparvalik ruhida tarbiyalash, ularda milliy qadriyat va an’analarimizga nisbatan hurmatni yanada kuchaytirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, yurtimizda kitobxonlik madaniyatini, milliy adabiyotimiz va san’atimizni yanada rivojlantirish, ijodkorlarning mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish yo‘lida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Shunday savobli ishlardan biri universitetimizda hurmatli Rektorimiz – O’zbekiston Bosh Vaziri o’rinbosari, Turizm va Sport Vaziri A.A.Abduhakimovning rahbarligida ajoyib, dunyoning barcha burchaklarida bosilgan turizm, san’at, tarix, arxeologiya, etnologiya, geopolitika, geoiqtisodiyot, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, rassomlik, haykaltaroshlik, arxitektura, madaniy meros kabi yo’nalishlarga oid 20 mingga yaqin kitob qisqa muddatda kutubxonaga keltirildi. Mamlakatimizning chet ellardagi diplomatik muassasalari ham bu qutlug’ ishga o’z hissalarini qo’shib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasining Hindistondagi  elchixonasi “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti kutubxonasiga yangi kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi. Bu kitoblar Hindiston tarixi, madaniyati, uning turizm sohasi hamda bu mamlakatda 300  yildan ziyod hukm surgan Boburiylar saltanati tarixi, adabiyoti va me’morchiligiga bag’ishlangan bo’lib, ular ilmiy-tadqiqotlar va ta’lim jarayonida o’qituvchi hamda talabalarimizga katta foyda keltirishi muqarrardir.

Kategoriya Yangiliklar

29-oktabr kuni Samarqand eshkak eshish kanali hududida joylashgan Markaziy Osiyodagi eng yirik sayyohlik loyihasi – “Silk Road Samarkand” majmuasiga ishga qabul qilish uchun “karyera kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universitetining katta anjumanlar zalida bo‘lib o‘tdi.
“Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasi ko‘lami va konsepsiyasi jihatidan noyob loyiha bo‘lib, dunyoda unga o‘xshash loyiha kam topiladi. Uning tarkibiga turli profildagi 8 ta mehmonxona, xalqaro kongress markazi, “Abadiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasi, basseynlari boʻlgan akvazon, shuningdek, restoran va kafelar kiradi. Vazifalar ko‘lami va rang-barangligi tufayli majmua ish izlayotgan va oz‘ kelajagini turizm va mehmonxona biznesida ko‘rayotgan har bir kishi uchun katta imkoniyatlar ochadi.
Tadbir davomida Departament direktorlari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumot taqdim etdilar va majmuaning har bir obyektining maqsadi imkoniyatlari haqida batafsil tanishtirib o‘tdilar, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm Xalqaro universiteti hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan imzolangan chora-tadbirlar rejasining ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro Kuz-qish mavsumida fuqarolarni is gazidan zaharlanishi, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, ovqatdan zaharlanish va botulizm hamda quturish kasalliklari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha ko‘rgazmali amaliy seminar o‘tkazildi.

Ma’lumki, yilning qish faslida ob-havoning keskin sovushi, havoning o‘zgaruvchanligi sababli yashash xonadonlarida yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi oqibatida turli salbiy oqibatlarning kelib chiqishi kuzatilmoqda.

Hurmatli talabalar is gazidan zaharlanishdan ogoh bo‘ling!

Kategoriya Yangiliklar

O‘sh davlat universiteti professori, geografiya fanlari doktori, Geografiya fakulteti dekani Nizomiyev Abdurashid Gumarovich ikki universitet o‘rtasida o‘zaro o‘quv, ilmiy va madaniy sohalarda hamkorlik qilish maqsadida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Hurmatli mehmonlarni universitet birinchi prorektori Eltazarov Jo‘liboy Danaboyevich kutib oldilar.

Uchrashuv davomida Talabalar va professor-o‘qituvchilar yoz oylarida turizm obyektlarida amaliyot olib borishlari uchun  yordamlashish, O‘shdagi Sulaymon tog‘i, Bobur Mirzo masjidi, Aslonboy kabi tarixiy, madaniy va tabiiy ziyoratgohlarini Turk Dunyosi ziyorat turizmi marshrutlariga qo‘shish to‘g‘risida o‘zaro kelishib olindi.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 26 Oktyabr 2021 15:10

"Sog'lom hayot-sog'lom kelajak"

"Ipak yo'li" turizm xalqaro universitetida 2021/2022 o'quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan qizlarimizni tibbiy ko'rikdan o'tkazishni yo'lga qo'ydik. Kelajak avlodni dunyoga keltiradigan yosh qizlarimizning sihat-salomatligi, reproduktiv ahvoli bugungi kunning muhim vazifasi hisoblanadi. Shu bois bu kabi tadbirlarning o'tkazilishi ayni muddao.

Kategoriya Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish uchun mamlakatimizga kelgan xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy mamlakatlardan kelgan jurnalistlar "Ipak yo'li" turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi.

Faxriy mehmonlar uchun kampus bo'ylab ekskursiya tashkil etildi,  xususan: laboratoriyalar, universitet konferensiya-zali, oshxonasi, sport zali va Universitet kutubxonasi bilan tanishtirildi.

Kategoriya Yangiliklar

Tadbirni Universitet birinchi Prorektori Eltazarov Jo‘liboy Danaboyevich ochib berdi.

Vazirlar maxkamasi Xuzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazining bo‘lim boshlig‘i O‘taniyazov Mirzaboy Quvonchboyevich,

O‘zbekiston IIV jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Matlubov Axmadjon Sayfullayevich,

O‘zbekiston IIV jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi bo‘limi xodimi Jo‘rayev Shoxrux Usmonovich,

O‘zbekiston IIV jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi bo‘limi xodimi Azgarov Fathulla Sadullayevich,

Samarqand shahar Ruhiobod Masjidi Imom xatibi Amirov To‘lqin

Viloyat Narkalogiya dispanseri vrachi Ravshanov G‘ulom Mirzaolimovich

Viloyat OITSga qarshi kurash markazi bo‘limi vrachi so‘zga chiqishdi va talaba yoshlarga Narkotik va OIV-infeksiyasi to‘g‘risida kerakli malumot va maslahatlarni yetkazishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Prezidentlikka nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning ishonchli vakili Holmurodov Rustam Ibragimovich “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti talaba-yoshlari bilan uchrashdi.
Ishonchli vakil yosh saylovchilarni Prezidentlikka nomzodning tarjimai holi hamda saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.
Yoshlar - mamlakatning ertangi kelajagi. Bugun qaysi sohada yangi o'zgarishlar qilinayotgan bo'lmasin, bularning bari shu vatanda kamol topayotgan yigit-qizlar uchun. Tan olish kerak, OTMlardagi yengillik va qamrov darajasining oshgani, yoshlarning bandligini ta'minlash yo'lidagi ezgu ishlar, ba'zi rahbarlik lavozimlarida ularning ishtiroki va umuman olganda, ertamiz egalariga bo'lgan e'tibor yangi bosqichga ko'tarilgani to'g'risidagi fikrlar ishtirokchilar diqqat markazida bo'ldi.

Kategoriya Yangiliklar
Payshanba, 21 Oktyabr 2021 16:51

21 - Oktabr Oʻzbek tili bayrami

Oʻzbek tili bayrami va oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32 yil toʻlishi munosabati bilan tashkil etilgan viloyatimizning asosiy bayram tadbiri Samarqand shahrida Alisher Navoiy nomli markaziy istirohat bogʻidagi hazrat Alisher Navoiy haykali poyiga gul qoʻyishdan boshlandi.

Tadbirda viloyat va shahar hokimligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi, oliy oʻquv yurtlari, xalq taʼlimi, maktabgacha taʼlim boshqarmalari, milliy madaniy markazlari, mahallalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Oʻzbek tili bayramiga bagʻishlangan tadbirlar shoir nomi bilan ataluvchi koʻchada oʻrnatilgan sahnada adabiy kecha bilan davom etdi.

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 20 Oktyabr 2021 12:48

E’LON!

Hurmatli talabalar! Rossiya yoshlar va bolalar uyushmalari milliy kengashi tomonidan 2021-yil 21-oktyabrda onlayn formatda “Kelajak turizmi – turizm kelajagi” birinchi xalqaro talabalar turizm kongressi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Kongressning asosiy vazifasi – sayyohlik kasblarini ommalashtirish va obro‘sini oshirishdir. Shuningdek, Kongress Butunjahon turizm kuniga bag‘ishlangan bo‘lib, milliy va jahon madaniyatini, tarixini biladigan, tabiiy merosga g‘amxo‘rlik qiladigan, faol va sog‘lom turmush tarzini olib boradigan sayyohlarning yangi avlodini tarbiyalashdan iborat.
Tadbir davomida yangi avlod turistlari qanday bo‘ladi, talabalar turizmi qay tarzda rivojlanmoqda, kosmik turizm istiqbollari, turizm sohasida davlat siyosati qay tarzda amalga oshirilmoqda , turizmni professional tarzda rivojlantirishning qanday imkoniyatlari mavjud, turizm kasblariga talabalarni jalb etish yoki qay tarzda faoliyat yuritish va daromad olishni boshlash kabi masalalarda muhokamalar olib borish ko‘zda tutilgan.
Kongressda Rossiya va MDHning 100 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari va maxsus ta’lim tizimidan 10 mingdan ortiq talabalar ishtirok etishi kutilmoqda.
Kongressda ishtirok etish uchun turcongress.online veb-sahifasida ro‘yxatdan o‘tishingiz va dastur bilan tanishishingiz mumkin.

Kategoriya E'lonlar
1 dan 3 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar