Yangiliklar: May 2022

Chorshanba, 18 May 2022 15:11

Har bir kun - yangi kun

Ertalab uyqudan uyg‘onar ekanmiz, o‘zimizni yangi kunga, yangi marralarga dasturlaymiz. Har bir tong bizga yangilanish vaqti - hayotimizdagi biror narsani yaxshi tomonga o‘zgartirish damlarini hadya etadi. Ushbu oddiy qoidalarni odatga aylantiring. Zero, geniallik - oddiylikda!

* Qora qahva va achchiq choyni suiiste’mol qilmang (ulardan butunlay voz kechganingiz yanada ma’qulroq). Bir necha hafta ichida o‘zingizni xotirjam his qilasiz, uyqungiz sokin bo‘ladi va hatto, yuz teringiz yaxshilanadi.

* Ovqatingizdagi tuz miqdorini kamaytiring. Shunda ortiqcha vazndan xalos bo‘layotganingiz, ertalab yuzingiz va tanangizdagi shish yo‘qolishini ko‘rasiz.

* Shakarli va gazlangan ichimliklar ichmang, balki chanqog‘ingizni suv bilan qondiring.

* Kechasi to‘yib ovqatlanmang, shunda tushlaringiz yorqin bo‘ladi, ertalab uyqudan engil va tetik holda uyg‘onasiz.

* Yurganda va o‘tirganda doimo belingizni to‘g‘ri, tik tuting. Bu sizning xotirangizni yaxshilashga, bel va bosh og‘rig‘idan xalos bo‘lishga yordam beradi.

* Uxlashdan 2 soat oldin televizor(telefon, gadjetlar)ni o‘chiring, shunda siz boshqalarning suratlarini emas, balki o‘zingizning ijodiy impuls, istak va orzularingizni ko‘ra boshlaysiz.

* O‘zingizga yoqmagan yoki biror narsa bilan sizni xafa qilgan odamlarga chiroyli sovg‘alar, tabassum, pozitiv kayfiyat bering va ularni quvnoq holda tasavvur qiling. Asta-sekin, ular qanday qilib yaxshi tomonga o‘zgara boshlaganini ko‘rasiz.

* Doim tabassum qiling. Tez orada atrofingizdagi insonlarning siz uchun xavfsiz va yaqin bo‘lib qolganini his qilasiz.

* Qiyinchilik va muammolardan chalg‘ishni, ularni uzingizdan qo‘yib yuborishni o‘rganing. Shunda muammoning o‘zi aslida muammo emasligini tushunasiz.

* Atrofga, osmon, daraxtlar, gullarga qarang, tabiat tovushlariga quloq soling... Hamma narsada go‘zallik va yaxshilikni ko‘ra bilishga harakat qiling.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 17-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun MICE turizm va jurnalistika bo‘yicha yetakchi xalqaro mutaxassis, janob Ivo Baumann bilan onlayn seminar tashkil etildi.

Onlayn seminarda so‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm xizmatlari tuzilmasini diversifikatsiya qilish va turizmning yangi turlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani haqida batafsil aytib o‘tildi. Xususan, MICE turizmi orqali sayyohlar oqimini ko‘paytirish, ya’ni O‘zbekistonda turli turnirlar, uchrashuvlar, anjumanlar, ko‘rgazmalar tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Ma’lumot uchun: MICE turizmi – turli korporativ tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan ishbilarmonlik turizmi sohasi. MICE – bu biznes uchrashuvlari, timbilding, konferentsiyalar, korporativ bayramlar va boshqalar.

Kategoriya Yangiliklar

Ayni damda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari Hilton Tashkent City mehmonxonasida o‘tkazilayotgan “Tashkent Travel Mart 2022” B2B formatidagi Xalqaro turizm ko‘rgazmasida faol ishtirok etmoqda.

Ushbu koʻrgazmada Germaniya, Avstriya, Ispaniya, Isroil, Chexiya, Estoniya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistondan sayyohlik sanoati vakillari (aviakompaniyalar, turoperatorlar, sayyohlik agentliklari, mehmonxonalar, onlayn buking xizmatlar va boshqalar) ishtirok etmoqda. Jami 80 dan ortiq kompaniya.

Universitet uchun bu turizm sohasida malaka almashish, yangi hamkorlar bilan muloqot o‘rnatish, shuningdek, zamonaviy voqelikni hisobga olgan holda turizmning yangi yo‘nalishlarini o‘zlashtirish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ta’kidlash joizki, ushbu koʻrgazma qabul tadbirlari oldidan reklama kampaniyasini oʻtkazish imkonini beradi.

Shuningdek, ko‘rgazma kuni davomida turizm sohasining yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va shartnomalar tuzish rejalashtirilgan.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 16 May 2022 17:38

Ochiq eshiklar kuni

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros universitetida Samarqand shahridagi umumtaʼlim maktablari va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilarining doimiy tashriflari tashkil etilib, “Ochiq eshiklar kunlari” tashkil etilmoqda.

Bugungi “Ochiq eshiklar kuni”da 50 nafardan ziyod Samarqand shahar 16-umumta’lim maktabining o‘quvchilari ishtirok etdi.

Ularga universitet faoliyati, tarixi, oʻquv jarayonlari, talabalarning ijtimoiy hayoti haqida malʼumotlar berildi.

Shuningdek, “Ochiq eshiklar kuni”ga tashrif buyurganlar uchun yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi tomonidan universitet binolari boʻylab sayohat tashkil etildi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tomonidan Samarqand viloyati mahallalarida har hafta o‘tkazilayotgan ma’rifiy tadbirlar doirasida “Tillar” kafedrasi mudiri, PhD, dots. T.I. Sultonov Tayloq tumani “Zarafshon” MFYga ishchi tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mahalla fuqarolari va yoshlari o‘rtasida “Bir ziyoli bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida tashkil etilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 “Zarafshon” mahalla fuqorolari va yoshlari tadbirda faol ishtrok etdi. Tadbir davomida mahalla fuqorolariga hozirgi kunda yurtimizda olib borilayotgan oqilona siyosat va sohalarga qaratilayotgan e’tibor haqida ma’lumotlar berib oʻtildi va mahalla yoshlariga kelajakda toʻgʻri kasb tanlash mavzusida suhbatlashildi.

Suhbat davomida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti haqida yaqindan ma’lumot berib oʻtildi.

Kategoriya Yangiliklar

Annotatsiya: Hozirgi davrda turizm sohasi mamlakat iqtisodiyotining asosiy strategik tarmoqlaridan biriga aylanayotganligini hisobga olgan holda, Buyuk ipak yo‘lida turizm yo‘nalishining asosiy jozibador markazlaridan biri sifatida respublikaning ijobiy qiyofasini shakllantirishni ta’minlovchi, yuqori malakali va jahon turizm industriyasida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga zarurat yuzaga kelmoqda. Mazkur maqolada turizm sohasida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda duch kelishimiz mumkin bo’lgan muammolar to’g’risida fikr-mulohazalar bildirildi.

Kalit so’zlar: Uchinchi Renessans, turizm, raqobatbardosh kadrlar, Buyuk Ipak yo’li.

Batafsil

Kategoriya Yangiliklar

Ma’lumki, hozirgi kunda davlatimizda xotin-qizlarning har tomonlama imkoniyatlarini kengaytirish, haq-huquqlarini himoya qilish boʻyicha samarali islohotlar olib borilmoqda. Xususan, oilali talaba qizlarning ta’lim olish imkoniyatini chegaralamaslik uchun turli imtiyozlar berilmoqda.

Ushbu islohotlar bilan yosh talaba qizlarni tanishtirish maqsadida universitetda joriy yilning 12-may kuni “Baxtga eltuvchi yoʻl” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tadbir 15-may – Xalqaro oila kuniga bagʻishlangan boʻlib, гniversitet xotin-qizlar kengashi tomonidan tashkillashtirildi.

Tadbirga yosh talaba qizlarga ta’lim va oilaviy hayotni uygʻun olib borish, muvaffaqiyat sirlarini boʻlishish uchun tajribali oʻqituvchilar, oilali talaba qizlar taklif etildi, treninglar olib borildi. Shuningdek, tadbir tashkilotchilari tomonidan qahva va shirinlik-sneklar tashkil etildi.  

Talaba qizlar bilan universitet xotin-qizlar kengashi raisi M. Abbosova, Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar boʻlimi boshligʻi N. Abduvahidova, dekan R. Toshniyozova, universitet psixologi D. Turdiyeva, ijro intizomi, devonxona va arxiv bo‘limining tajribali xodimasi Sh. Mardonova dil suhbatlarini olib borishdi. Oilaviy vaziyatlar aks ettirilgan teatrlashgan sahna namoyish etildi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Kitobsevarlar” tematik klubi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Har hafta klub a’zolari bitta kitob tanlab, jamoaviy tahlil o‘tkazadilar. Klubda hech qanday cheklovlar yoʻq: turli mavzular muhokama qilinadi, insoniyat, ilm-fan va innovatsiyalarning koʻplab muammolari koʻrib chiqiladi. Klub a’zolari ta’kidlaganidek, kitoblarda bu kabi savollarning barchasiga javoblar topiladi, faqatgina samarali tahlil qilish kerak.

Bugungi munozaralarning diqqat markazida Jorj Oruellning “1984” asari boʻldi.

Klub faoliyati haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishni istasangiz, ularga Telegram messenjerida kanaliga qo‘shilishingiz mumkin: Silk Road Booklovers Club https://t.me/sruit_bookclub

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 13-may kuni 5 ta muhim tashabbus doirasida 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova tomonidan universitet talaba-qizlari o‘rtasida tashkil etilgan “Pazandalik sirlari” to‘garagi doirasida “Milliy taomlarimiz: salat va shirinliklar tayyorlashni o‘rganamiz” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Tadbirda universitet psixologi D.Turdiyeva, ARM yetakchi mutaxassisi A.Izbasarova, “Tarix va madaniy meros” kafedrasi mudiri M.Siddiqova, tyutorlar E.Jabbarova, G. Husainovalar ishtirok etdilar. Shuningdek, Kasaba uyushmasi raisi S.Matlabov, Ta’lim sifatini ta’minlash va akkreditatsiya boʻlimi boshligʻi A.Toʻxtamishov hamda talabalar ham taklif qilindi.

Tadbirda talaba-qizlar o‘rtasida milliy taomlarimiz va salatlar tarixi, ularning tayyorlanish jarayonlari, shirinliklar pishirish sir-sinoatlari yuzasidan tajribalarini boʻlishishdi.

“Qizlarjon” klubi a’zolariga yosh xodimamiz D.Fayzullayeva universitet iqtidorli qizlari bilan birgalikda ushbu pazandachilik mashgʻulotini olib bordi.

Qizlarga mutaxassis tomonidan oshxonaga kirish odobi va oshxona jihozlari hamda mahsulotlardan unumli foydalanish boʻyicha zarur maslahatlar berildi.

Qizlar pazandachilik sirlarini oʻrganib olishdi.

Qizlarimiz foydali va sogʻlomlashtiruvchi “Bahor” salatini tayyorlash jarayoniga xos boʻlgan savollarga javoblar olishdi.

Kategoriya Yangiliklar

This article reveals aspects of the development of wellness tourism in Uzbekistan. As we know, the republic has opportunities for the development of international and domestic tourism, as evidenced by the many objects of material and cultural heritage, unique nature, national cuisine and unsurpassed hospitality of the Uzbek people attract travelers. Besides that we have huge number of places related to nature which enable to improve recreational centers for visitors.  The purpose of this study is to analyze  the development of wellness tourism in Uzbekistan.

Read more

Kategoriya Yangiliklar
4 dan 5 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar