Yangiliklar: Iyun 2024

         O‘zbekiston Respublikasining Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib etish ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo ishchi guruh mas’ul kotibi, f.f.d., prof. J.D.Eltazarov tomonidan Turkiya Respublikasi Istanbul universiteti Turkologiya tadqiqotlari institutida “O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi tarixiy, madaniy va adabiy aloqalar” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.

Tadbirda Istanbul universiteti Turkiyot tadqiqotlari instituti direktori, prof. Ayshe Zishan Furat, direktor o‘rinbosari dots. Sait Turkan, Til markazi boshligʻi dots. Mehmet Yalchin Yilmaz, Hozirgi turkiy tillar va adabiyotlar kafedrasi dotsenti Raile Kashgarli hamda universitet doktorant va magistrantlari ishtirok etdi.

Taqdimotda O‘zbekiston va Turkiyaning uzoq yillik mushtarak tarixi, madaniy meros va adabiy aloqalar bo‘yicha olib borilayotgan hamkorlik munosabatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, Istanbul universiteti bilan hamkorlikda qisqa intensiv ma’ruzalar tashkil qilish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, yosh tadqiqotchilarga o‘qish va tadqiqot olib borish imkoniyatini taqdim etish masalalarini muzokara qilish orqali ilmiy-tadqiqot va ta’lim dasturlarini kuchaytirishga kelishib olindi.

Ushbu taqdimot Istanbul universiteti professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilarida boy taassurot qoldirdi.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib qilish orqali turistlar oqimini ko‘paytirish hamda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-19-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti dotsenti, PhD T.I.Sultanov tomonidan Istanbul universitetida “Yangi O‘zbekiston – uning tarixi, buguni va kelajagi” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimotda Yangi O‘zbekistonning Buyuk Ipak Yo‘li rivojlanishida tutgan o‘rni, mamlakatimizning boy tarixi, Renessans olimlari, O‘zbekistonda iqtisodiyot, ta’lim, madaniyat, turizm va boshqa sohalarda olib borilayotgan islohotlar, Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi batafsil ma’lumot berildi. Tadbirda İstanbul universiteti Turkiyot tadqiqotlari instituti direktori, prof. Ayshe Zishan Furat, direktor o‘rinbosari dots. Sait Turkan, Til markazi boshligʻi dots. Mehmet Yalchin Yilmaz, Hozirgi turkiy tillar va adabiyotlar kafedrasi dotsenti Raile Kashgarli hamda universitet doktorant va magistrantlari ishtirok etdi.

Ushbu taqdimot Istanbul universiteti professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilarining Yangi O‘zbekistonning tarixi, buguni va kelajagi haqida boy taassurot qoldirdi.

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 28 Iyun 2024 18:02

Yozgi maktab Talabalar diqqatiga!

Summer school (Yozgi maktab)da o’qish uchun ro’yxatdan o’tgan talabalar 2024-yil, 1-iyuldan boshlab berilgan dars jadvali asosida dars mashg’ulotlariga qatnashishlariz so’raladi. Summer school (Yozgi maktab)da o’qish uchun ro’yxatdan o’tgan talabalar 2024-yil, 1-iyuldan boshlab berilgan dars jadvali asosida dars mashg’ulotlariga qatnashishlariz so’raladi. Dars jarayonlari an’anaviy (offline) shaklda olib boriladi va talabalarning davomati yuritiladi. Dars jadvalida berilgan fanlar ikki hafta davom etadi va keyingi ikki haftalik uchun yangi dars jadvali yuboriladi. Summer schoolda o’qish uchun ro’yxatdan o‘tmagan talabalar dushanba kuni 101-xonaga kelib ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Kategoriya Yangiliklar

Bugun 27-iyun kuni universitetimizda Xitoy kitoblari markazining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu muhim tadbirning tashkilotchilari "Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, “Jenmin huabao” nashriyoti hisoblanadi. Markaz O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi madaniy aloqalarni chuqurlashtirishga yordam beradigan muhim madaniy markaz sifatida xizmat qilishi belgilangan. Ochilish doirasida 1000 ta kitob taqdim etildi. Shuningdek, ikki mamlakatdan kelgan yoshlar vakillari o'rtasida muloqot o‘tkazilib, unda madaniyat, ta'lim va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Bu kabi tadbirlar Xitoy va O'zbekiston xalqlari o'rtasidagi o'zaro anglashuv va do'stlikni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatga ega.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 25-iyun kuni Turkiya Respublikasi Istanbul Universitetida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “O’zbekshunoslik” kafedrasi tashkil etildi.

Kategoriya Yangiliklar
Payshanba, 27 Iyun 2024 15:53

“Biz giyohvandlikga qarshimiz!”

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “26-iyun-Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan professor-o‘qituvchi hamda xodimlar o‘rtasida “Biz giyohvandlikga qarshimiz!” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.Tadbirda universitet Yoshlar etakchisi S.Haydarov hamda universitet Xotin-qizlar Kengashi raisi M.Abbasova va Tillar va global tadqiqotlar kafedrasi o‘qituvchisi Z.Bektemirovlar Giyohvandlikning salbiy oqibatlari va undan yoshlarimizni asrashimiz uchun xar-birimiz ogoh bo‘lishimiz lozimligi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.Davra suhbatida aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarda “giyohvandlikka qarshi immunitet”ni, o‘quvchi va talabalar orasida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni iste’mol qilishga murosasiz munosabatni shakllantirish, universitetda psixofaol moddalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan yangi ta’sirchan targ‘ibot-tashviqot va tarbiyaviy-profilaktik mexanizmlarni joriy etish takliflarini berishdi.

Kategoriya Yangiliklar

В целях изучения передового опыта европейских стран и взаимного обмена опытом команда университета приняла партнерское участие в первом семинаре проекта QUARTZ – “Quality Assurance for Reform and Transformation of HEIs in Uzbekistan” в рамках программы ERASMUS+ организованном в Болгарии в Варнском университете менеджмента (Varna University of Management) г.Варны 18-21 июня текущего года. 

В ходе семинара представители университета предоставили подробную информацию вузам-партнерам о достижениях и планах на будущее, реализуемых в университете. В рамках проекта «QUARTZ» перед командой университета была поставлена ​​задача "WP6. Контроль и мониторинг качества". Команда университета успешно разработала план работ, обеспечивающий успех проекта QUARTZ, разработанный план работ был с энтузиазмом встречен вузами-партнерами и рекомендован к реализации.

Также в рамках семинара были детально проанализированы задачи, поставленные перед командами вузов-партнеров, внесены соответствующие изменения и дополнения на основе предложений и рекомендаций, данных командой университета, а также даны окончательные выводы партнерам о реализации проекта на этапах реализации.

Для информации: ERASMUS+ это программа Европейского Союза по поддержке проектов, сотрудничества, деятельности и мобильности в сфере образования, обучения, молодежи и спорта. Она предоставляет возможности финансирования для сотрудничества между 33 европейскими странами (государствами-членами и ассоциированными государствами) во всех этих областях.

Участие университета в проекте в качестве вуза-партнера в рамках проекта «QUARTZ» программы ERASMUS+ значимо также в связи с возрастающей международной привлекательностью университета, основанной на достижениях, достигнутых в области образования и научных исследований за время его краткосрочной деятельности.

В рамках проекта QUARTZ программы ERASMUS+ в качестве вузов-партнеров кроме нашего университета участвуют следующие вузы:

  • Ташкентский международный университет Кимё (Узбекистан);
  • Central Asian University (Узбекистан);
  • Ургенчский филиал Ташкентского университета информационных технологий имени Мухаммада ал-Хоразмий (Узбекистан);
  • Universita Degli Studi Dell'aquila (Италия);
  • Varna University of Management (Болгария).
Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 25 Iyun 2024 16:42

Xalqaro Ilmiy Konferensiyaga marhamat

2024-yil 15-16-oktabr kunlari Toshkentdagi Vestminster xalqaro universitetida “Iqlim o'zgarishi, suv tanqisligi va Markaziy Osiyodagi migratsiya omillari" mavzusida Xalqaro Ilmiy konferensiya bo'lib o'tadi.2024-yil 15-16-oktabr kunlari Toshkentdagi Vestminster xalqaro universitetida “Iqlim o'zgarishi, suv tanqisligi va Markaziy Osiyodagi migratsiya omillari" mavzusida Xalqaro Ilmiy konferensiya bo'lib o'tadi. Ushbu anjuman Leybnits agrar taraqqiyot instituti (iamo) bilan hamkorlikda o'tkaziladi. Konferentsiya iqlim o'zgarishi, suv tanqisligi va migratsiya masalalariga bag'ishlangan bo'lib, olimlar va mutaxasislar masala yuzasidan muhokamalar o‘tkazib muammoning echimlarini taklif qilishadi. Universitetimiz professor-o'qituvchilarini, doktorantlar va tadqiqotchilarni ingliz tilidagi maqolalarda ishtirok etishga va uni taqdim etishga taklif qilamiz. Arizalarni topshirish bo'yicha tafsilotlar va ko'rsatmalar (undefined). Qo'shimcha ma'lumot olish uchun murojaat qiling: - - Nilufar Rashidova: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. - Axtem Useinov: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. Biz sizning ishtirokingizni intiqlik bilan kutamiz.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 25 Iyun 2024 15:32

E'lon

Universitetimizga nufuzli Xitoy ommaviy axborot vositalari tashrif buyurmoqda

26-iyun kuni “Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida obro'li Xitoy ommaviy axborot vositalari vakillari tashrif buyuradi. Ushbu tashrif ta'lim aloqalarini mustahkamlash va talabalarimizga Xitoyda ta'lim olish imkoniyatlarini taqdim etishga qaratilgan.

Tadbirning asosiy voqealari:

1. Ta'lim imkoniyatlari:

- Xitoyda o'qish uchun mavjud bo'lgan turli ta'lim dasturlari va stipendiyalar haqida ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.   

- Xitoyda o'qishning akademik va madaniy afzalliklarini tushunish uchun vakillar bilan muloqot qilish mumkin.

2. Kitoblar sovg‘a qilish marosimi:   

- Xitoylik mehmonlar universitetimizga kitoblar sovg'a qilishni reja qilishgan.   

- Ushbu kitoblar kutubxonamizni boyitadi va talabalarimiz va professor-o‘qituvchilarimiz uchun qimmatli resurslar taqdim etadi.
3. "Men Xitoyni o‘qiyman" marosimi:   

- Tanlangan kitoblar rasmiy ravishda universitetimizga taqdim etiladigan "Men Xitoyda o‘qiyman" marosimida ishtirok eting.   

- Xitoy adabiyoti, madaniyati va ilmiy yutuqlari haqida tushunchaga ega bo'ling.Barcha talabalardan ushbu tadbirda ishtirok etishlarini va Xitoyda ta'lim olish imkoniyatlarini o'rganishlarini tavsiya qilamiz. Bu o'z ufqlaringizni kengaytirish va akademik sayohatingizni yaxshilash uchun ajoyib imkoniyatdir.

Tadbir tafsilotlari:

- Sana: 26.06.2024

Vaqt: 10:00

Joy: Universitet zaliUshbu muhim tadbirda sizning faol ishtirokingizni intiqlik bilan kutamiz. Birgalikda, "Ipak yo'li" universiteti va Xitoy o'rtasida bilim va madaniy almashinuv ko'priklarini qura olamiz.Hurmat bilan,Ilmiy va innovatsiyalar bo'limi

Kategoriya E'lonlar

Ассистент кафедры Туризма Международного университета туризма и культурного наследия “Шелковый путь” Кадирова Шахноза получила сертификат Министерства юстиции Республики Узбекистан по программе «Управление экономическим потенциалом на промышленных предприятиях».

Kategoriya Yangiliklar
1 dan 4 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar