O‘zbekiston hamda Fransiya oliy ta’lim muasassalari o‘rtasida imzolangan konsorsiumga asosan YSchools universiteti vakillari xususan xalqaro offis direktori Antoine Guillemet, xalqaro hamkorlik va rekruiting bo‘yicha menejer Wassim Bendimerad va Turizm kafedrasi mudiri Dr. Socrat Ghadbandan iborat degelatsiya universitetimizga tashrif buyurishdi.
Fransuz tomoni universitetimiz bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatishdan mamnun ekanligini bildirib, hamkorlikda Erasmus+ loyihasi doirasida KA171 akademik xodimlar va talabalar mobilligi loyihasiga hamkorlikda hujjat topshirish, yozgi maktab, universitetlar o‘rtasida qisqa va uzoq muddatli talabalar almashinuv kabi dasturlarni yo‘lga qo‘yish, tadqiqotchilarga ilmiy rahbarlar almashish istagida ekanligi, shuningdek universitetimiz qoshida ochilgan UNWTO Akademiyasi faoliyatida ham birgalikda amaliy ishlarni boshlash istagi borligini ta’kidlashdi.
Shuningdek uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-19-sonli qaroriga asosan Fransiya Respublikasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “O‘zbekshunoslik” (“Uzbek Studies”) kafedrasini ochish to‘g‘risida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-aprelda “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-135-sonli qaroriga asosan Samarqand viloyatidagi Payariq, Urgut, Toyloq hamda Samarqand tumanlarida turizmni rivojlantirish va turistlar oqimini yanada oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar xususida kelishib olindi.
"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faol va iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash uchun taqdim etiladigan stipendiya dasturlarida ishtirok etish imkoniyatini mamnuniyat bilan e'lon qiladi!
2024-2025-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi va Navoiy nomli Davlat stipendiyasiga hujjatlarni qabul qilish boshlanmoqda.
Talabgorlar:
2- va 3-bosqich bakalavr talabalari.
2- va 3- bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga, Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasiga va Navoiy nomli Davlat stipendiyasiga hujjat topshirishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 % a’lo bo‘lishi shart;
Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi va Navoiy nomli Davlat stipendiyasiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 25 % gacha yaxshi bo‘lishi mumkin.
Tanlovning universitet bosqichiga hujjatlar topshirish muddati 2024-yilning 20-iyun sanasiga qadar.
Qo'shimcha savollar bilan Ilmiy tadqiqotlar bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin +998662406785
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning Turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-135 son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Tarix va madaniy meros kafedrasining bir guruh professor-o‘qituvchilari Toyloq tumanida bo‘lib, hududda turizm salohiyatini yanada yaxshilash bo‘yicha qator taklif va tavsiyalarini berishdi.
Ishchi guruhi a’zolari tumanning “Muborak” mahallasida hududida joylashgan Ispandiyortepa tepaligi, “Navbahor” mahallasi hududida joylashgan Ad-Doramiy maqbarasi, “Bog‘ichinor” hududida joylashgan “Xo‘jaguzar” tepaliklarini keng targ‘ib qilgan holda turizm obe’ktlari ro‘yxatiga qo‘shish va turistlarni jalb qilish xususida o‘z takliflarini berdi. Shuningdek kafedra o‘qituvchilari aholi vakillari bilan suhbatlashgan holda ularning bu xususidagi fikrlari bilan ham o‘rtoqlashdi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2024-2025 o‘quv yili Qabuli uchun “Call markazi” faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Qabul bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha ushbu “Call markazi” mutaxassislariga murojaat qilishingiz mumkin.
1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan universitet Sport mashg‘ulotlari bo‘limi tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti suv havzasida oliygohimizda ta’lim olayotgan xorijlik va mahalliy talabalar hamda Samarqand shahridagi to‘rtta mahalla yoshlari o‘rtasida suzish sporti bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi. Musobaqada mahalla yoshlari va universitetimiz talabalari yakkalik va jamoaviy kurash olib borishdi. Musobaqa yakuni bo‘yicha yuqori natijani qayd etgan ishtirokchilar munosib taqdirlandi.
Ushbu yilning 31-may kuni Toshkent shahrida yosh professional amaliyot xalqaro dasturining (YPIP) ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu 3 oylik yozgi amaliyot dasturi talabalar uchun malaka oshirish sessiyalari, tarmoq imkoniyatlari va murabbiylik bilan mashg‘ul bo‘lish va o‘z bilim va tajribasini oshirish uchun qulay imkoniyat hisoblanadi. Tadbirda yurtimizning barcha hududlaridan kelgan talabalar bilan birga “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 3-kurs talabalari Abduvoxidova Munisa, Arslonova Go'zal va Albina Xolieva ham kasbiy amaliyot dasturida ishtirok etishdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 10-maydagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarining o‘zi joylashgan shahar hamda tumandagi mavjud bog‘ va xiyobonlarda tadbirlar tashkil etish to‘g‘risida”gi 01-01-100-sonli reja-jadvalining ijrosi hamda talaba-yoshlarda bilim olishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishi maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida faoliyat yuritayotgan tyutorlar guruhi tomonidan talabalar o‘rtasida “Zakovat” o‘yini o‘tkazildi.
Universitet xiyobonida tashkil etilgan Intellektual o‘yin tabiat qo‘ynida bo‘lib o‘tganligi va qizg‘in va murosasiz bo‘lganligi bilan talabalarda katta taasurot qoldirdi. O‘yin yakuni bilan yuqori bilim va zakovatga ega yoshlar o‘yin g‘olibi bo‘lishdi.
Ushbu yilning 30-may kuni Payariq tumanida arxeologok yodgorliklar va madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ularni asrab-avaylashni yanada yaxshilash maqsadida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Payariq tumani hokimligida o‘tkazilgan seminarda "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Tarix va madaniy meros kafedrasi dotsenti M.Xidirov, Tillar va global tadqiqotlar kafedrasi assistenti F.Sattarov, Arxeologiya ilmiy tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i H.Xoshimovlar Payariq tumani hududidagi mavjud 97 ta tarixiy ahamiyatga ega madaniy meros obyektlarini saqlash yuzasidan zarur tavsiyalarini berishdi.
Turizm kafedrasi professor-o‘qituvchilari O‘Zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-135-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyatining Urgut hamda Samarqand tumanlarining turizm salohiyatini o‘rganish maqsadida tumanda joylashgan turistik obyektlar faoliyati bilan tanishdi. Jumladan, Urgut tumanida joylashgan Teshiktosh, Qoratepa suv ombori, Ming archa dam olish maskani hududdagi xorijlik mehmonlarni o‘ziga jalb qiluvchi turistik manzillar ekanligi aniqlandi.
Shuningdek, tumanda joylashgan Tersak turizm qishlog‘i yangi rivojlanib borayotgan turizm maskani sifatida mahalliy va xorijiy turistlar tashrif buyurayotgan navbatdagi manzil ekanligi alohida qayd etildi.
Samarqand tumanida joylashgan Ohalik-Mironqul-Oqbo‘yro hududlarida tashkillashtirilgan dam olish maskanlari mahalliy va xorijiy sayyohlar tomonidan katta qizishga sabab bo’layotgani aniqlandi. Hududda joylashgan dam olish maskanlaridagi sanitar va gigiyena qoidalariga yetarlicha amal qilinmayotganligi xususida ma’sullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yuqoridagi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ushbu hududlarda faoliyat olib borayotgan xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlariga kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil qilindi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 4-bosqich talabasi Saffullayev Maxsud Nurillo o‘g‘li sportning Jiu-jitsi sport turi bo‘yicha 19-may kuni Toshkent shahrida o‘ndan oshiq Osiyo va boshqa davlatlar orasida o‘tkazilgan Osiyo ochiq chempionatida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib Osiyo chempioniga aylandi.
Talabamizni ushbu muvaffaqiyati bilan universitetimiz jamoasi nomidan muborakbod etamiz.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz