“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xorijlik talabgorlar uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) o‘qishga kirish uchun hujjatlar qabuli boshlanganini e’lon qiladi:
Mustaqil izlanuvchilikka (PhD) o‘qishga kirish uchun talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari zarur:
Barcha hujjatlar pdf shaklda tayyorlanib quyidagi elektron pochta manziliga yuborilishi lozim:
Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
WeChat ID:wxid_2r6fi14zlhvc22
Hujjatlar joriy yilning 31-iyul sanasiga qadar qabul qilinadi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga mustaqil izlanuvchilikka (PhD) o‘qishga hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari suhbat shaklida tashkil etiladi.Imtihon sanasi haqida qo‘shimcha e’lon beriladi.
Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 17, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
Qo‘shimcha ma’lumot: Mustaqil izlanuvchilikka (PhD) o‘qishga kirishga talabgorlar tomonidan dissertatsiya ishi asosnomasi quyidagi tartibda yozilishi lozim:
TADQIQOTChINING IQTISODIYOT FANLARI BO‘YICHA FALSAFA DOKTORI (PhD) MAVZUSI BO‘YIChA
ASOSNOMA (namuna)
Tadqiqotchining F.I.Sh.:
Tadqiqotchining ish joyi lavozimi:
Bajarilishi rejalashtirilayotgan dissertasiya ishi mavzusi:
Ixtisoslik shifri:
Dissertasiya ishi bajarilayotgan fan tarmog‘i: iqtisodiyot
Ilmiy rahbar (yoki konsultant mavjud bo‘lgan taqdirda):
Ish bajarilayotgan tashkilot: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
1. Dissertatsiya ishi mavzusi va qisqacha xulosa (30-80 so‘z);
2. Adabiyotlar ro‘yxati, tadqiqot usullari va mazmuni (1000 so‘z);
3. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari (20-25 so‘z)
4. Kutilayotgan ilmiy yangiliklar. (50-75 so‘z)
5. Ishning amaliy va ilmiy natijasi. (45-60 so‘z)
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tyutorlari hamda talabalari joriy yilning 7-iyun kuni universitet hududi va atrofida bo‘lgan daraxtlar atrofini tozalash maqsadida “Daraxtlarga nafas bering!” shiori ostida ommaviy tadbir tashkil etishdi. Daraxtlarning ildiz tizimi beton va asfalt qoplamaridan olib tashlandi. Daraxtlar tanasiga osib qshyilgan yoritgichlar va reklama bannerlari olib tashlandi. Bu kabi xayrli tadbirlar yoshlarimizning tabiatga bo‘lgan mehrini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Sirtqi ta’lim bo‘limi 5-bosqichida o‘qiyotgan talabalar uchun Summer School tashkil qilinganligi ma’lum qiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni universitetning Sirtqi ta’lim bo‘limidan olishingiz mumkin.
Fanlar ilova qilinadi.
1.History and stages
2. Uzbek Studies (History, Geography)
3. Tourism sociologiy
4. Tourism Law
5. Second Foreign Language (Russian)
6. English in tourism I (Elective)
7. Foreign Language (English)
8. Principles of Management
9. Destination Management
10. International Event Management
11. Event planning and technology
12. MICE
13. Organization of sport events
14. Convention management and Service
15. Consumer behavior and their preferences (Elective)
16. Tourism Marketing
17. Consumer markets and purchasing behavior
18. SMM,Digital marketing (internet-marketing)
19. Introduction to Marketing and Digital Communication
20. Travel Service management
21. Establishing and manage tour service
22. Design a regional tourist product
23. Travel Agency Operations and Management
24. Human Resources Management
25. Hospitality Facilities management and design
26. Hotel and resort management
27. Training and Development for Hospitality Industry(ELECTIVE)
28. Principles of economics
School 21 raqamli texnologiyalar maktabining yozgi intensiv kurslari 8-iyun kuni Samarqanddagi ayollar uchun Techmakers tadbirini tashkil qilmoqda.
Ushbu tadbir texnologiya sohasida ayollarni qo‘llab-quvvatlovchi va ilhomlantiruvchi tashabbuslardan biri. Tadbirda talabalar dolzarb masalalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
▪ Xalqaro tajribaga ega ekspertlarning ma‘ruzalari ▪ ️Sun‘iy intellekt, menejment, dizayn, dasturlash, startaplar va boshqa shu kabi yo’nalishlarda mashg’ulot va seminarlar ▪ ️Bepul raqamli texnologiyalar maktabi School 21 bilan tanishish 8-iyun, soat 10:00 dan 18:00 gacha Samarqand shahri, Ibn Sino ko‘chasi, 17a-uy. School 21 kampusi
+998 93 0394442
Joriy yilning 5-iyun kuni oliygohimizda xotin-qizlar kengashi qoshidagi “Lider qizlar” klubi a’zolari tomonidan o‘quv yili yakuni bilan sarhisob yig‘ilishini o‘tkazdi. Yig‘ilishni universitet xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova olib bordi. Tadbirda "Lider qizlar" klubi sardori, “Yil talabasi-2023” stipendiyasi sovrindori Fotima Baxromqulova o‘tgan o‘quv yilida erishilgan muvaffaqiyatlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar xususida gapirdi. Yig‘ilishda Yoshlar bilan ishlash va tadbirlar bo’limi boshlig’i N.Abduvoxidova, “Tillar va global tadqiqotlar" kafedrasi mudiri T.Sultonov va boshqalar ishtirok etishdi va klub faoliyati xususida o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi. “Lider qizlar” klubi a’zolari kelgusi o‘quv yilida a’zolari sonini oshirishi va ko‘proq talaba-qizlarning liderlik qobiliyatini yuzaga chiqarishi kerakligi aytildi.
5-iyun Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi hamda “Turizm” kafedrasi hamkorlikda universitetda tahsil olayotgan xorijiy va mahalliy talabalar ishtirokida “Turistik” obektlarda Ekoaksiya” tashkillashtirildi.
Ekoaksiya doirasida ishtirokchilar Urgut tumanidagi “Qoratepa suv ombori” atrofida yig‘ilib qolgan chiqindilardan tozalash ishlarini olib borishdi. Chiqindilarni saralashibda plastik idishlar, turli xildagi temir idishlar, politelin paketlar va boshqa chiqindilar alohida qilib yig‘ib olindi. Shuningdek aksiya ishtirokchilari “Qoratepa suv ombori” atrofini tozalash bilan birga, bu yerga kelib damolayotgan sayohatchilarga atrof-muhit tozaligini saqlash har-birimizning burchimiz ekanligini targ‘ib qilishdi.
Universitet talabalari tomonidan Ekologik tozalikni asrab-avaylash orqali yashab turgan atrof muhitimiz tozaligiga o‘z hissalarini qo‘shishdi. Bu kabi aksiyalar yosh avlodni tabiatga bo‘lgan mehrni yanada shakllantirib ekologiyani asrab-avaylashda muhim o‘rin egallaydi.
Joriy yilning 5-iyun kuni universitetning Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi hamda “Turizm” kafedrasi hamkorlikda universitetda tahsil olayotgan xorijiy hamda mahalliy talabalar uchun Urgut tumanida joylashgan “Teshiktosh”, “Qoratepa suv ombori” hamda “Tersak” turizm qishlog‘ida “Turizm” festival tashkil etildi.
Fesitival davomida talabalar “Qoratepa suv ombori”i atrofida sayohlarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilayotgan mehmonxonalar va shart-sharoyitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Ishtirokchilar tumanning “Tersak” turizm qishlog‘iga tashrif buyirishib, qishloq hayoti bilan yaqindan tanishish bilan birga milliy taomlarimizdan ham bahramand bo‘lib, kuy-qoshiqlar kuylab raqslarga tushishdi.
Universitet talabalari turizmda bu kabi yangiliklar bilan tanishish asnosida o‘z tashabbuslarini ham ilgari surdi. Tadbir so‘nggida “Turizm” festivalni tashkil etishgan mas’ullarga o‘z minnadorchiliklarini bildirishdi.
2024-yil 3-chorak uchun “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga o‘qishga hujjat topshirgan tadqiqotchilar diqqatiga. Shu yilning 7-iyun kuni soat 14:30 da universitetimizda mustaqil izlanuvchilikka (PhD), o‘qishga kirish uchun talabgorlar bilan suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tadi. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchilikka (PhD) o‘qishga kirish uchun talabgorlar bilan o‘tkaziladigan suhbat
JADVALI
№ |
Ixtisoslik shifri va nomi |
Suhbat o‘tkaziladigan fan nomi |
Suhbat o‘tkazilish kuni va vaqti |
Suhbat o‘tkaziladigan joy |
Mustaqil izlanuvchilik (PhD) |
||||
1 |
08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi |
Mutaxassislik |
2024-yil 7-iyun, soat 14:30 |
Universitet binosi, 230-xona |
2. |
08.00.13-“Menejment” ixtisosligi |
Mutaxassislik |
2024-yil 7-iyun, soat 14:30 |
Universitet binosi, 230-xona |
3. |
08.00.11 – “Marketing” ixtisosligi |
Mutaxassislik |
2024-yil 7-iyun, soat 14:30 |
|
4. |
08.00.05-“Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” ixtisosligi |
Mutaxassislik |
2024-yil 7-iyun, soat 14:30 |
Universitet binosi, 230-xona |
5. |
10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunaslik” ixtisosligi |
Mutaxassislik |
2024-yil 7-iyun, soat 14:30 |
Universitet binosi, 230-xona |
*“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga o‘qishga hujjat topshirgan talabgorlarga kirish imtihonlari mutaxassislik fanlaridan imtihon dasturlariga asosan o‘tkaziladi (ixtisosliklar bo‘yicha imtihon dasturlari ilova qilinadi).
Talabgorlardan suhbat o‘tkaziladigan vaqtdan yarim soat oldin suhbat o‘tkaziladigan joyga o‘zlarining shaxslarini tasdiqlovchi hujjat (passport) bilan kelishlari so‘raladi.
❇️❇️❇️ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmonining 2-ilovasi 17-bandida keltirilgan "Scopus", "ScienceDirect", "Web of Science" va boshqa xalqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallardagi maqolalar sonini 2025-yilga kelib yiliga 4000taga yetkazish vazifasi belgilangan. Mazkur farmon ijrosini ta'minlash maqsadida xalqaro ilmiy jurnallar va yetakchi ma'lumotlar bazalaridan biri bo'lgan "Elsevier" kompaniyasi tomonidan ertaga 6-iyun sanasida soat 14:00da webinar tashkil etilmoqda. Mazkur webinar doirasida quyidagi ma'lumotlar va ko'rsatmalar taqdim etiladi:
✅Science Direct va Scopus yordamida ilmiy adabiyotlarni izlash va tanlash
✅Maqolalarni chop etish uchun xalqaro jurnallar tanlovi va ularning reytingini aniqlash
✅ Jurnal muharrirlarining maqolalar tayyorlash bo'yicha ko'rsatmalari va maqola tayyorlash etikasiga oid tavsiyalar beriladi
Hurmatli tadqiqotchilar Sizlardan ?foiz to'liq ushbu vebinarga ishtirok etishlaringiz so'raladi.
Vebinarga ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://elsevier.zoom.us/webinar/register/WN_tPdqayD1QN6R-rx7YvB-cQ#/registration
Universitetimizda o‘tkazilgan Ikkinchi "Amerika notiqlik tanlovi" natijalari eʼlon qilindi! “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 1-bosqichida tahsil olayotgan eng iqtidorli 15 nafar talaba zamonamizning dolzarb mavzularida notiqlik bo‘yicha o‘zaro bellashishdi.
Amerikalik hakamlar hay'ati chiqishlarni taqdimot, ravshanlik, mazmun, ishonch va vaqtni boshqarish kabi parametrlar bo'yicha baholab borishdi. Barcha ishtirokchilar o‘z nutqlarining tinglovchiga aniq, ravshan va ta’sirchan yetib borishi uchun harakat qilishdi.
Ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi. Tanlov natijalariga ko‘ra, quyidagi talabalar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi:
1. Sevilya Kantakuzina (Guide-123) jahon hamjamiyatining eng dolzarb muammolaridan biri - ayollar huquqlarini ko'tarib, muammoning yechimi sifatida butun dunyoda feminizmni rivojlantirishni taklif qilib, 1-o'rinni egalladi!
2. Asaliya Saidahmedova (Guide-223) 2-o‘rinni egallab, qizlarga ham xuddi o‘g‘il bolalardek mehr bilan munosabatda bo‘lish, ularga birdek imkoniyat berish kerakligi haqidagi ishonarli nutqi bilan barchaning qalbini to‘lqinlantira oldi!
3. Feruza Abdusaidova (Guide-123) qizlarni yoshligidan mustaqil va hurmatli qilib tarbiyalashga ochiq yondashgani uchun 3-o‘rinni egalladi!
G‘oliblar esdalik sovg‘alari (birinchi o‘rin sohibiga power bank, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblariga quloqchinlar) hamda 1, 2 va 3-o‘rin sohiblari sertifikatlar bilan taqdirlandi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz