Wednesday, 16 November 2022 18:11

Turizm sohasidagi tadbirkorlik tashabbuslari uchun yoshlarga grantlar ajratiladi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi “Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PF-52-sonli Farmoni va Turizm va madaniy meros vaziri tomonidan tasdiqlangan “Yoshlarning turizm sohasidagi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida grant ajratish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq yoshlarning turizm sohasidagi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Davlat byudjetidan grant ajratish tartibi belgilangan.

Talabgor ariza topshirish uchun arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilishi shart, bular:

a) veb-saytni yaratish bo‘yicha taqdimot (taqdimotda veb-saytning chet tillari, onlayn to‘lovlarni qabul qiluvchi (jumladan, xorijiy valyutada ham), bron qilish xizmatlari to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatiladi);

b) turoperatorlik faoliyatini amalga oshirishni nazarda tutuvchi biznes reja;

c) xorijiy mamlakatlardagi turizm ko‘rgazma va yarmarkalarida ishtirok etishning rejasi va turistik stend taqdimoti;

d) respublikaga xorijiy mamlakatlardan turistlarni jalb qilish bo‘yicha taqdimot.

Nizomga muvofiq, talabgorga grant mablag‘lari quyidagi shartlarda ajratiladi:

– grant olish uchun ariza topshirgan vaqtda turistik (turoperatorlik) faoliyat bilan shug‘ullanayotgan tashkilotda ta’sischi va/yoki direktor bo‘lmasligi;

– grant olingan kundan boshlab ko‘pi bilan 10 ish kunida turoperatorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olishi;

– uch yil davomida kamida 200 nafar xorijiy sayyohlar uchun tur tashkil qilishi;

– grant ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, 15 ish kunida turoperator hamda Vazirlik o‘rtasida 3 yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasiga kamida 200 nafar xorijiy sayyohlarni jalb qilish yuzasidan shartnoma imzoshi;

– grant ajratilgandan so‘ng turoperator 3 yil davomida har yili 10-noyabrga qadar o‘zining xorijiy hamkori bilan tuzilgan shartnomasi, respublikaga xorijiy mamlakatlardan olib kelingan turistlar soni, elektron hujjat aylanishining avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali turoperator va joylashtirish vositasi o‘rtasidagi tasdiqlangan elektron hisobvaraq-fakturadagi turistlarning familiyasi, ism-sharifi va yashagan kunlari ko‘rsatilgan ro‘yxatini taqdim etib borishi;

– grant ajratilgan turoperator grant ajratish bo‘yicha, Vazirlik bilan shartnoma imzolangan kundan boshlab 3 yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasiga kamida 200 nafar xorijiy turistlar uchun tur tashkil qila olmagan taqdirda, ajratilgan mablag‘larni Jamg‘armaga tuzilgan shartnomada belgilangan tartibda grantning umumiy summasidan jalb qilingan turistlarning soniga mutanosib summani chegirgan holda, qolgan mablag‘larni qaytarishi.

Shuningdek, tegishli turizm yo‘nalishi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga yoki malaka sertifikatiga ega bo‘lgan, xorijiy tillar bo‘yicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlari, shu jumladan, IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball va undan yuqori, Common European Framework of Reference for Languages (CEFR) bo‘yicha kamida B2 va undan yuqori, TOEFL IBT bo‘yicha kamida 72 va undan yuqori ball va/yoki shunga tenglashtirilgan bilim darajasi ko‘rsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlarga ustunlik berilishi eslatib o‘tiladi.

Молодёжи за предпринимательские инициативы в сфере туризма предоставляются гранты!

Согласно Указу Президента Республики Узбекистан от 15 января 2022 года № УП-52 “О создании дополнительных условий для дальнейшего развития сфер туризма, культуры, культурного наследия и спорта” и в соответствии с Положением “О порядке выделения грантов в поддержку предпринимательских инициатив молодежи в сфере туризма” утверждённым Министром туризма и культурного наследия установлен порядок выделения грантов из государственного бюджета в поддержку предпринимательских инициатив молодежи в сфере туризма.

Претендент на грант вместе с заявлением должен предоставить следующие документы:

а) презентация по созданию веб-сайта (в презентации указывается информация о языках веб-сайта, получателе онлайн-платежей (в том числе в иностранной валюте), услугах бронирования);

б) бизнес-план, предусматривающий осуществление туроператорской деятельности;

в) план участия в туристических выставках и ярмарках зарубежных стран и презентация туристского стенда;

г) презентация по привлечению в республику туристов из зарубежных стран.

В соответствии с Положением средства гранта выделяются заявителю на следующих условиях:

– отсутствие учредителя и/или директора в организации, занимающейся туристской (туроператорской) деятельностью на момент подачи заявки на грант;

– получение лицензии на осуществление туроператорской деятельности не позднее 10 рабочих дней со дня получения гранта;

– в случае принятия решения о выделении гранта, в течение 15 рабочих дней между туроператором и Министерством будет подписано соглашение о привлечении не менее 200 иностранных туристов в Республику Узбекистан в течение 3 лет;

– после предоставления гранта туроператор ежегодно в течение 3 лет до 10 ноября подписывает договор со своим иностранным партнером, где указывает количество туристов, привезенных в республику из зарубежных стран, фамилию, имя и отчество туристов в утвержденном электронном счете-фактуре между туроператором и средством размещения через автоматизированную информационную систему электронного документооборота, предоставляет список с указанием дат проживания;

– туроператор, которому выделен грант, в случае невозможности в течение 3 лет со дня подписания договора с Министерством организовать тур в Республику Узбекистан не менее, чем для 200 иностранных туристов, возвращает в Фонд выделенные средства с вычетом из общей суммы гранта суммы, пропорциональной количеству привлеченных туристов, в порядке, установленном заключенным договором.

Также необходимо предоставить действующие международные сертификаты, подтверждающие знание иностранных языков, документы о высшем или среднем специальном и профессиональном образовании или квалификационный сертификат в соответствующей туристической области, в том числе не менее 5,5 баллов и выше по IELTS, не менее B2 и выше по Common European Framework of Reference for Languages (предпочтение отдается кандидатам, имеющим международные сертификаты по TOEFL IBT с баллом не менее 72 и выше).

Read 1599 times
Published in News

Contacts

Samarkand city, Republic of Uzbekistan, 140104, 17, University boulevard.

Social networks