×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Chorshanba, 06 Iyul 2022 21:46

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tantanali bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tantanali bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi PR & Press Department © All Rights Reserved

Markaziy Osiyodagi yagona ixtisoslashtirilgan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ilk bakalavrlarni diplomlari bilan taqdirladi.

Joriy yilning 6-iyul kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tantanali va ahamiyatli tadbir bo‘lib o‘tdi. 2018-yilda tashkil etilganidan beri universitet oʻzining ilk bakalavrlarini diplomlari bilan taqdirladi.

Tantanali marosim O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduxakimov bitiruvchilarni oʻqishlarini muvaffaqiyatli bitirganliklari bilan tabriklab, ularga kasbiy yuksalish va kelgusi faoliyatida omadlar tiladi. Bundan tashqari, Samarqand viloyati hokimi – Erkinjon Turdimov, shuningdek, universitet birinchi prorektori – Juliboy Eltazarov va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Jozef Hoffmannlar tabrik nutqlari bilan so‘zga chiqishdi.

“Turizm menejmenti” fakultetida turizm sohasida loyihalash, mehmonxona biznesi, ommaviy tadbirlarni boshqarish, turizm sohasida logistika, turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha), marketing yo‘nalishlarida tahsil olgan 109 nafar bitiruvchi bakalavrga, hamda “Turizm menejmenti” fakultetining 23 nafar magistr va “Turizm” yo‘nalishida sirtqi ta’lim bo‘limining ikkinchi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan 5 nafar bitiruvchi bakalavrlarga uzoq kutilgan diplomlari universitet rektori Aziz Abduhakimov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir davomida bitiruvchilar va ularning ota-onalari O‘zbekistonda turizmga bo‘lgan talab yuqori ekanligini, o‘quv jarayonida dual ta’limning ahamiyati va har bir talabaga koʻrsatilgan individual yondashish muhimligini ta’kidlab, universitet o‘qituvchilari, bitiruv loyihalari rahbarlari va universitet ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Ta’kidlash joizki, tadbir tashkilotchilari, xususan, universitetning “Mahallabay yoshlar bilan ishlash va tadbirlarni tashkil etish” bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Madaniy meros vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Samarqand viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi ko‘magida bayramona muhit yaratildi: tadbir davomida jonli simfonik musiqa ijro etildi, faol talabalar tantanali chiqishlar, turli teatrlashtirilgan tomoshalar bilan yigʻilganlarni dildan quvontirdi.

“Aziz do‘stlar, esda tutingki, bizning sevimli “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tarixi sizning muvaffaqiyatlaringizdan iborat. Faxr bilan aytaman: Universitetimiz yilnomasidan sizlarning ham oʻz sahifalaringiz mavjud. Kelajak avlodlarga ibrat boʻladigan yutuqlaringiz bilan ushbu sahifalarni toʻldirishni toʻxtamangiz. Biz sizlar bilan faxrlanamiz! Sizlarga omad tilaymiz, aziz bitiruvchilar! – ta’kidladi oʻz tabrik nutqida Universitet rektori Aziz Abduxakimov.

O'qilgan 3999 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1223{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar