×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Seshanba, 27 Sentyabr 2022 10:32

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Orientation Week -2022” tadbiri o‘z faoliyatini boshladi

Joriy yilning 26-sentyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kampusida birinchi kurs talabalari uchun “Orientation Week” (“Talabalarga bag’ishlanish”) tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir doirasida “Ipak yo‘li” universiteti xodimlari va o‘qituvchilari yangi kelgan talabalarni kutib olishdi, universitet hayoti haqida batafsil ma‘lumot berib, ko‘plab savollarga faol javob berishdi.

Tantanali ochilish marosimi universitetning konferensiya zalida bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida universitetning birinchi prorektori professor J.D.Eltazarov nutqining avvalida, talabalarning kundalik kashfiyotlar vaqti, yangi bilim olish, kasb – hunarga ega bo‘lish, hayotiy pozitsiyalarni mustahkamlash vaqti ekanini ta‘kidladi.

Universitet kampusi bilan yaqindan tanishish uchun qiziqarli ekskursiyalar tashkil etildi. Tuzilgan marshrut bo'yicha birinchi kurs talabalari faoliyatning turli jihatlari bilan tanishishga qaratilgan ko'rgazma ekspozitsiyalari namoyish etildi.

Bugungi kun ko‘plab qiziqarli lahzalar bilan ajralib turishi quvonarli. Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, birinchi kurs talabalari talabalik hayotining kichik, ammo juda muhim qismi bilan tanishtirildi. Umid qilamizki, talabalar akademik masalalar, ma’muriy talablar va qoidalar haqida muhim ma’lumotlarni bilish bilan birga, ko‘p qirrali jamiyat ichida bo‘lish orqali umumiy ta’lim tizimi to‘g‘risida ilk tasavvurga ega bo‘ladilar.

« Orientation Week 2022» talabalik olamiga hayajonli hissiyotlarga boy sayohatni boshlashning eng yaxshi usuli hisoblanadi.

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining aziz talabalari, biz sizlarni kutib olishdan mamnunmiz hamda o‘qish va ilmiy faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

O'qilgan 2615 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1276{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar