×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Dushanba, 18 Yanvar 2021 16:54

“Restoranni ochish va xatolar ustida ishlash” - mutaxassisdan mahorat darsi

Bilamizki, restoran biznesini ochish juda mas’uliyatli ish. “Menejment: restoran biznesini boshqarish” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning ushbu jarayonda asosiy tushunchaga ega bo‘lishlari muhimdir. Shubhasiz, ular o‘zlarining restoran biznesini yuritishni orzu qiladilar. Lekin har bir kishining bu maqsadga erishish yo‘lida aniq qadamlar tashlashga ikkilanishi turgan gap. Restoranning ochilishi ko‘p vaqt, kuch va, ayniqsa, moliyaviy xarajatlar talab qiladi. Ushbu xarajatlarni kamaytirish uchun restoran biznesi haqida ko‘p narsalarni bilib olish juda muhim.

2021-yil 18-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida restoran biznesining yetakchi mutaxassisi va “Sophia” restorani boshqaruvchisi – Adamanov Kemal Rustemovich tomonidan “Restoranni ochish va xatolar ustida ishlash” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. Tashkilotchi: universitetning O‘quv-ishlab chiqarish markazi.

Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, postpandemik sharoitda o‘zbek turistik bozorida gastronomik segmentning rivojlanishi yuqori ko‘rsatkishlarni ko‘rsatmoqda, bu esa restoran biznesi uchun eng istiqbolli omil hisoblanadi. Shunday qilib, restoran biznesi o‘zini oqlash muddati 1-3 yillik davrni o‘z ichiga oladi, va bu ajoyib ko‘rsatkich.

Mahorat darsi yakunlangach, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassisga murojaat qilishdi, batafsil javoblar va sharhlar olindi.

Universitet rahbariyati Adamanov Kemal Rustemovichga o‘tkazilgan mahorat darsi uchun minnatdorchilik bildiradi va kelgusida hamkorlikni davom ettirishga umid bog‘laydi.

O'qilgan 3908 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}605{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar