×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Chorshanba, 20 Yanvar 2021 18:07

Ezgulik dunyoni qutqaradi!

Silk Road Volunteers Movement Logo Silk Road Volunteers Movement Logo Copyright © ZDesign

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining qobiliyatli va tashabbuskor talabalari juda ko‘p. Shulardan biri “Ommaviy tadbirlar menejmenti” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 3-bosqich talabasi Mardonov Amir.

Ma’lumki, o‘tgan oylar davomida butun dunyoda kechayotgan pandemiya oqibatlari sababli, bizning davlatimizda ham karantin qoidalari kuchaytirilgan edi va shunday bir paytda talabamiz Mardonov Amir ham bir chekkada qarab turmadi. Insonlarga yaxshilik qilish va yordam berish maqsadida koronavirus infeksiyasini davolash uchun tashkil qilingan Samarqand viloyat maxsus taqsimlash markazida ko‘ngilli sifatida faoliyat olib bordi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, har tomonlama o‘zini ijobiy namoyon etayotgan talabamiz ko‘plab xalqaro konferensiyalarda va forumlarda ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, “II Millennium Festival” (Toshkent, 2019) va 2019-yilda bo‘lib o‘tgan "Sharq Taronalari" festivalida volontyor sifatida ishtirok etgan. Bundan tashqari, o‘zining bilimi va shijoati tufayli universitet talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda yuqori natijalarga erishib grant asosida Indoneziya davlatida ikki haftalik amaliyot o‘tab kelgan.

“Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich odamlarga ko‘rsatayotgan mehr-saxovatlarini ko‘rib, shunday buyuk xalqning farzandi ekanligimdan faxrlandim va men ham shahrimizda koronavirusga qarshi kurashda ozgina bo‘lsa ham o‘z hissamni qo‘shishga qaror qildim. Men Samarqand viloyat maxsus taqsimlash markazida ko‘ngilli sifatida faoliyat olib borganimdan juda xursandman, chunki bu faoliyat men uchun juda katta tajribaga aylandi” - deydi Mardonov Amir.

O'qilgan 3151 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}607{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar