Yangiliklar: Yanvar 2021

Senat Majlisi kun tartibida o‘quv jarayoni, ilmiy faoliyat bilan bog‘liq, shuningdek, universitetning xalqaro reytinglardagi mavqeini yuksalishga doir muhim masalalar ilgari surildi. Majlis 2020-yil 30-noyabrdagi Universitet Vasiylik Kengashi Majlisining 3-son bayonnomasida bayon qilingan vazifalar yuzasidan bajarilgan ishlar to‘g‘risida Xalqarolashtirish va strategik rivojlantirish bo‘yicha Birinchi prorektor J.Eltazarov va Akkreditatsiya va reyting bo‘limi boshlig‘i U.Gulyamovlarning axboroti bilan boshlandi. Bundan tashqari, universitetni xalqaro universitetlar reyting tizimiga kiritish va shu jarayonga bag‘ishlangan “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish jarayonida hozirgi vaziyat haqida ma’lumotlar e’lon qilindi.

O‘quv jarayonini monitoring qilish va tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i F.Nurov yig‘ilganlarni yakuniy imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish jarayoni bilan tanishtirdi. Shuningdek, F.Nurov yangi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini yaratishga o‘z hissasini qo‘shgan universitet professor-o‘qituvchilarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash taklifi bilan chiqdi.

Ilmiy bo‘lim boshlig‘i F.Abdurahmonov joriy o‘quv yilida olib borilayotgan ilmiy ishlar to‘g‘risida hisobot berdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1030-sonli Qarorining bajarilishi yuzasidan ishchi komissiya hisoboti va universitetning ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilariga har oylik hamda bir martalik ustama belgilash taklifini ilgari surdi. Bundan tashqari, 2021-yilda o‘qishga qabul qilingan tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va stajor-tadqiqotchilarning dissertatsion ishlari mavzusi va ilmiy rahbarlari ro‘yxati e’lon qilindi.

Yuqorida keltirilgan masalalardan tashqari, Senat ishtirokchilari tomonidan yosh olimlar Kengashining yangi Nizomi loyihasi hamda joriy o‘quv yili oxirida magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish jarayonining rejasi muhokama qilindi.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-iyundagi PQ-3815-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida universitet talabalarining Samarqand shahridagi tarixiy joylarga amaliyot o‘tashlarini tashkil qilish maqsadida joriy yilning 29-yanvar kuni edvayzer U.Tuygunov tashabbusi bilan “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining Guid-219 guruhi talabalari uchun Samarqand shahrida joylashgan Go‘ri Amir maqbarasida gid-hamrohlik kasbini o‘zlashtirish va mukammalashtirish uchun amaliyot darsi tashkil etildi.

Amaliyot mashg‘uloti davomida O‘zbekistonda Italiyalik sayyohlar uchun ko‘p yillardan beri gid-tarjimon sifatida faoliyatini olib borgan va tajribaga ega bo‘lgan U.Tuygunov tarixiy obidaning tarixi hamda arxitekturasi haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tdi. Bundan tashqari gidlarning zamon talabiga javob berishi uchun ish jarayonini olib borish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berildi.

U. Tuygunovning taklifiga binoan, gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati sohasida tahsil olayotgan bo‘lajak mutaxassislar uchun ushbu turdagi amaliy mashg‘ulotlarni har hafta o‘tkazish muhimdir.

Kategoriya Yangiliklar

2021-yil 28-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining majlislar zalida maishiy chiqindilar va atrof-muhitni muhofaza qilish madaniyatini shakllantirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Samarqandda shahar infratuzilmasi va xizmatlarini yaxshilashga, chiqindilarni kompleks boshqarishga qaratilgan loyihasi amalga oshirilayotgani haqida aytib o‘tildi. Xususan, ushbu tadbir texnik maishiy chiqindilarni yig‘ish, olib chiqish va joylashtirish tizimini takomillashtirish, shaharning sanitariya va ekologik holatini yaxshilash, atmosferaga zararli moddalar emissiyasini kamaytirish, chiqindilarni boshqarish masalalariga jamoatchilikni jalb etishga qaratilgan.

“Maroqand Obod” davlat unitar korxonasi direktori Nasimov Sherxon universitet talabalariga so‘nggi yillarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, korxona sifatini oshirish bo‘yicha qanday ishlar olib borilayotganligi to‘g‘risida gapirib berdi, yoshlarni atrof-muhitni muhofaza qilishda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Bunday tadbirlarni nafaqat universitetlarda, balki bolalar bog‘chalarida, maktablarda, mahallalarda ham o‘tkazish rejalashtirilgan.

Kategoriya Yangiliklar
Payshanba, 28 Yanvar 2021 09:49

Tarixiy joylarda amaliyot darsi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-iyundagi PQ-3815-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida universitet talabalarining Samarqand shahridagi tarixiy joylarga amaliyot o‘tashlarini tashkil qilish maqsadida “Business Uzbek” fani o‘qituvchisi PhD T.Sultanov tashabbusi bilan joriy yilning 25-26-yanvar kunlari “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining 101 va 102-guruh talabalari uchun Samarqand shahrida joylashgan Registon majmuasi va Go‘ri Amir maqbaralariga amaliyot darsi tashkil etildi.

Bunday loyihalar turizm sohasida bo‘lg‘usi xodimlarning o‘z sohasi bo‘yicha chuqur amaliy bilimlarga ega bo‘lishlarida muhim ahamiyatga ega.

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 27 Yanvar 2021 16:34

Kelajak kasbini tanlash yo‘lida

Joriy yilning 27-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga Samarqand shahridagi 33-umumta’lim maktab o‘quvchilari tashrif buyurishdi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, tashrif buyurgan maktab o‘quvchilari bu yil maktabni bitiradilar. Shuning uchun bu bosqichda qaysi oliygohda o‘qishni davom ettirishga qaror qilish muhimdir. Universitetning Birinchi prorektori Eltazarov Juliboy Danabayevich 33-umumta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilarini shaxsan kutib oldi va “Ipak yo‘li” universiteti O‘zbekiston tarixida birinchi bo‘lib xalqaro maqomga ega bo‘lgan, shuningdek, turizm sohasida to‘liq ixtisoslashgan yagona universitet ekanligini o‘z nutqida ta’kidladi.

Ekskursiya davomida ularga o‘quv-ishlab chiqarish kompleksiga kiruvchi mehmonxona xonalari, bar-restoran; ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan va 250 kishiga mo‘ljallangan konferens-zal; kafeteriy usulida qayta ta’mirlangan oshxona; universal sport zali; shuningdek, kutubxona va suv havzasi namoyish etilib, batafsil ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari, mehmonlar eski yo‘qlama jurnallari o‘rnini bosuvchi, talaba va o‘qituvchilarni kuzatuvchi texnologiya bilan jihozlangan o‘quv xonalar va lektsion zallarni ham ko‘zdan kechirishdi.

Eslatib utamiz, bundan oldin universitetimizga Samarqand shahridagi 39-umumta’lim maktabi bitiruvchi sinf o‘quvchilari ham tashrif buyurgandi.

Kategoriya Yangiliklar

26-yanvar kuni, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi M.Abbasova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning o‘rni va mavqeini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilish maqsadida katta yig‘ilish chaqirildi. “Davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning o‘rni va mavqeini yanada mustahkamlash – islohotlarimizning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir” shiori ostida bo‘lib o‘tgan Xotin-qizlar maslahat kengashining 5-son majlisining kun tartibiga dolzarb masalalar quyildi. Bular:

Ma’ruzachi: “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti Internatsionalizatsiya va strategik rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi prorektori prof. J.D. Eltazarov.

Ma’ruzachi: Universitet xotin-qizlar kengashi maslahatchisi M.S.Abbasova.

Ma’ruzachi: “Turizm menejmenti” fakulteti “O‘zbek tili va adabiyoti hamda ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi t.f.d. (PhD) M. Siddiqova.

Ma’ruzachi: Kadrlar bo‘limi boshlig‘i A.Xolbayev

Ma’ruzachilar: Universitet huquqshunosi O.Abdusamiyev, Xo‘jalik ishlari bo‘yicha prorektor – A.Gadoyev, Kasaba uyushmasi raisi – S.Matlabov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari – S.Haydarov.

Kategoriya Yangiliklar

2021-yil Turkiya grantlari uchun arizalar yilda bir marotaba qabul qilinadi. 10-yanvardan 20-fevralgacha bo’lgan muddat oralig’ida barcha mamlakat talabgorlariga arizalar qabuli davom etadi.

Turkiya grantlari universitetga joylashtirish, oylik stipendiya, universitet to’lovi, tibbiy sug’urta, talabalar yotoqxonasi, turar joy, bepul kasbiy va ilmiy-akademik ta’lim dasturlari hamda bir martalik kelish-qaytish aviachipta imkoniyatlarini taqdim qilishi orqali dunyoning eng qamrovli grant loyihasi sifatida olg’a bormoqda.

Murojaatlar bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlaridan birida ta’lim olish istagida bo’lgan nomzodlarga ochiqdir.

Hoziroq ariza topshiring: turkiyeburslari.gov.tr

 

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 25 Yanvar 2021 16:53

Bo‘lg‘usi kadrlarga amaliy ko‘mak

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-iyundagi PQ-3815-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida universitet talabalarini zamonaviy mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalarida amaliyot o‘tashlarini tashkil qilish maqsadida joriy yilning 23-yanvar sanasida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining Restoran biznesi va Mehmonxona biznesi ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun Toshkent shahrida joylashgan Hilton mehmonxonasida amaliyot darsi tashkil etildi.

Shu kabi loyihalar turizm sohasida bo‘lg‘usi xodimlarning o‘z sohasi bo‘yicha chuqur amaliy bilimlarga ega bo‘lishlarida muhim ahamiyatga ega.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 21-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga Samarqand shahridagi 39-maktab o‘quvchilari tashrif buyurishdi. Maktab o‘quvchilari uchun universitetning aqlli kampusi bo‘ylab qiziqarli ekskursiya tashkil etildi.

Maktab o‘quvchilarini yangi bino bilan tanishtirish bo‘yicha kampus-tur o‘tkazildi. Ekskursiya davomida ularga o‘quv-ishlab chiqarish kompleksiga kiruvchi mehmonxona xonalari, bar-restoran; eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan va 250 kishiga mo‘ljallangan konferens-zal; kafeteriy usulida qayta ta’mirlangan oshxona; universal sport zali; shuningdek, kutubxona namoyish etilib, batafsil ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari, mehmonlar eski yo’qlama jurnallari o’rnini bosuvchi, talaba va o’qituvchilarni kuzatuvchi texnologiya bilan jihozlangan o‘quv xonalarini ham ko‘zdan kechirishdi.

Samarqand shahridagi 39-umumta’lim maktab o‘quvchilari universitetga tashrifidan mamnun bo‘ldilar. Shu bilan bir qatorda, ekskursiya tashkilotchilari ham o‘zlarining asosiy vazifasini muvaffaqiyatli bajarishdi – maktab o‘quvchilarini universitet bilan tanishtirishdi va ularga kelgusida qaysi oliy ta’lim dargohini tanlash borasida amaliy yordam berishdi.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston oliy muassasalari jahon ilm-fani maydonida o‘z nufuzini tobora oshirib bormoqda. Universitet muvaffaqiyatining asosiy ko‘rsatkichlarini albatta global reytinglar ko‘rsatadi.

Trendlar bilan bir qatorda, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash markazi asoschisi va universitet rektori maslahatchisi Aliya Ospanova bilan hamkorlikda universitetni QS reytingiga kiritish va taklif qilingan strategiyani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mezonlarni aniqlash vazifasini o‘z zimmasiga oldi.

Joriy yilning 21-yanvar kuni universitetning majlislar zalida strategiyaga kiritilgan rejalarni muhokama qilish maqsadida seminar-trening o‘tkazildi. Asosiy mavzu: “Universitetimiz QS reytinglarida: ko‘rsatkichlar va imkoniyatlar”. Seminarda asosiy e’tibor universitet haqida iste’molchi uchun axborot manbai bo‘lgan reytinglarga qaratildi.

Ma’lumki, “QS World University Ranking” universitetlarining xalqaro reytingi har yili QS tadqiqot markazi tomonidan tayyorlanadi. Reyting mualliflari ta’kidlaganidek, QS World University Ranking maqsadi universitetlarni ko‘p tomonlama tashkilotlar sifatida taqdim etish va ularni rivojlantirish yoki jahon darajasidagi universitetlar sifatida shakllantirish jarayonini o‘rganishdir.

Bundan tashqari, har bir ilmiy soha uchun universitetlar to‘rtta indikator bo‘yicha baholanadi: akademik hamjamiyatning, ish beruvchilarning fikri, maqoladagi iqtiboslar indeksi va universitet/olimning ilm-fanga qo‘shgan hissasini baholaydigan Xirsh indeksi.

Muhim imtiyozlardan biri bo‘lgan va har yili turli reytinglarda ishtirok etish imkoniyati universitetning sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlari bo‘yicha obyektiv baho berishga imkon beradi.

Kategoriya Yangiliklar
1 dan 3 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar