Yangiliklar: Sentyabr 2022

Chorshanba, 21 Sentyabr 2022 11:30

Ilmiy seminar

2022 yil 21-sentabr, soat 14-00 da «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 108-xonasida «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarda 08.00.17 – «Turizm va mehmonxona faoliyati» ixtisosligi bo‘yicha SamDU mustaqil-izlanuvchisi Jo‘liboy o‘g‘li Oybekning «Innovatsion rivojlanish sharoitida turizm sohasini malakali kadrlar bilan taʼminlash jarayonlarini takomillashtirish» mavzusida va SamDU tayanch doktoranti Аmirov Аkmal Merojovichning “Аgroturizmni rivojlantirishning hududiy xususiyatlari va istiqbolli yo‘nalishlari (Samarqand viloyati misolida)” mavzusida falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.

Kategoriya E'lonlar

Universitet xodimlari Britaniya Kengashining yetakchi dasturlaridan hisoblangan Change Academyda muvaffaqiyatli ishtirok etganliklari uchun sertifikatlar oldilar. Besh oylik dastur O‘zbekiston bo‘ylab ishtirokchilarni o‘z pedagogik bilimlarini oshirish va loyihalarni boshqarish sohasida professional bo‘lishga taklif qiladi. Ma'ruzalar Oksford universiteti, Said biznes maktabi va boshqalar kabi Buyuk Britaniya universitetlari mutaxassislari tomonidan olib boriladi.

Change Academy O‘zbekistonda Oliy o‘rta va maxsus ta’lim vazirligi (MHSSE) bilan hamkorlikda olib boriladigan hamda Britaniya Kengashi va Advance-HE tomonidan olib boriladigan kengroq Britaniya Kengashining Global hamkorlik dasturining bir qismidir.

 Change Academy oliy ta'lim institutlari (OTM) uchun ta'lim, o'qitish sifati va bitiruv natijalariga qaratilgan moliyaviy, akademik va tashkiliy avtonomiyaga qaratilgan intensiv salohiyatni oshirish dasturidir. Change akademiyasi barcha darajadagi ish staji va professional va akademik xizmatlardan sakkiz kishigacha bo'lgan jamoalar uchun mo'ljallangan. Change Academy dasturi immersiv kiritish va o'rganish seanslarini ishga asoslangan o'zgarishlar loyihalari va boshqa masofaviy yordam va milliy namoyish tadbirlari bilan birlashtiradi; professional tarmoqlar va virtual o'quv muhiti. Siz Buyuk Britaniya oliy taʼlimni qoʻllab-quvvatlash agentligi mutaxassislari, Buyuk Britaniya oliy oʻquv yurtlaridagi keng qamrovli hamkasblaringiz va Oʻzbekistondagi turli sohalardagi mutaxassislar bilan ishlaysiz.

Kategoriya Yangiliklar

KONSTANS AMALIY FANLAR UNIVERSITETI

«IPAK YO‘LI» TURIZM VA MADANIY MEROS XALQARO
UNIVERSITETI
AXBOROT XATI

Qadrli hamkasblar!

2022-yil 23-sentyabr kunlari Samarqand shahrida «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘lib o‘tadigan «O‘zbekistonda turizm imkoniyatlari va madaniy meros» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga qatnashishga taklif etamiz.

Konferensiyadan maqsad global yutuqlar, akademik bilim va tajriba almashish hisoblanadi. Konferensiyada turizm sohasidagi yetakchi mahalliy va xorijiy olimlar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Konferensiya tashkilotchilari:

  • Deutscher Akademischer Austauschdienst German Academic Exchange

Service (DAAD);

  • Konstans amaliy fanlar universiteti
  • «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari:

  • O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollari;
  • Turizm va madaniy meros sohalarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari;
  • Yashil iqtisodiyotga o‘tish davrida turizmni rivojlantirish strategiyalari;
  • Turizm sohasida raqamlashtirishning o‘rni va ahamiyati.

Konferensiyaning rasmiy tili: ingliz.

Maqola va tezislar o‘zbek, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi.

Konferensiya formati: gibrid (oflayn va onlayn tadbir platformasi).

Anjuman qatnashchilari: anjumanda professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, tadqiqotchilar va soha mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.

AXBOROT XATIGA ILOVA

Materiallarni taqdim etish qoidalari

Talablarga muvofiq tuzilgan ishlar konferensiya tashkiliy qo‘mitasining elektron pochtasiga yuborilishi kerak.

Maqola va tezislarni Word formatida - birinchi muallifning ismi, masalan: «Azizov.tezis.doc» nomli fayllarda yuborishingiz talab qilinadi. Xat mavzusi «Konferensiya uchun maqola».

Taqdim etilgan materiallarda formatlash talablari bajarilmasa, tahririyat tomonidan rad etiladi.

Materiallarni qabul qilish 2022-yil 23-sentabrgacha quyidagi elektron pochta orqali qabul qilinadi: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра., nilufar.raximova@univ-> Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Anjuman tili: o‘zbek, rus va ingliz tillari.

Ilmiy-amaliy konferensiyaga taqdim etilgan eng yaxshi beshta maqola «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi «The Journal of Silk Road Tourism Studies» jurnalida bepul chop etiladi.

Ma'ruza matnlarini rasmiylashtirish bo‘yicha talablar:

  • ma'ruza matnlari 14 o‘lchamdagi shriftda 1,5 intervalda, 5-10 varaq hajmda Times New Roman shriftida yozilgan va tahrir qilingan bo‘lishi lozim;
  • ma'ruza mavzusining yuqorisida muallifning ismi, sharifi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi, telefoni va elektron manzili to‘liq ko‘rsatilishi kerak;
  • mavzudan keyin annotatsiyasi, kalit so‘zlari uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz) va mazmuni to‘liq yoziladi;
  • ma'ruzaning oxirida alohida ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga molik taklif va tavsiya berilishi shart;
  • matnni joylashtirishda sahifaning chegaralari: yuqoridan - 2,5 sm, va pastdan - 2,5 sm, o‘ngdan - 2,5 sm, chapdan - 2,5 sm o‘lchamda belgilanadi;
  • ma'ruza matni 1 nusxa qog‘ozda va elektron variantda «Microsoft Word 2003, 2007» formatida taqdim etiladi;
  • ma'ruza matnida mavzuga oid nazariy masalalar bilan birga ularning amaliy yechimlari yoritilgan bo‘lishi lozim.

Mualliflik badali: anjumanni tashkil qilish va to‘plamni nashr qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun maqolaning har bir beti uchun 15 ming so‘m belgilangan.

Muddat: maqola va tezislar 2022-yilning 23-sentabrga qadar qabul qilinadi va to‘plam shaklida chop etiladi.

NAMUNA

TEZISNING NOMI

F.I.Sh. (to‘liq)

Ish joyi

Ilmiy darajasi va mansabi

Telefon raqami va elektron pochtasi

Kirish. Tekst, tekst, tekst.

Maqsad. Tekst, tekst, tekst.

Materiallar va metodlar. Tekst, tekst, tekst. Natijalar. Tekst, tekst, tekst.

Xulosalar. Tekst, tekst, tekst.

Tashkiliy qo‘mita manzili:

140104, O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17 Mas'ul shaxslar:

Mansurova Nargiza Shamsidinovna - Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Raximova Nilufar Aminovna- Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi yetakchi mutaxassisi Murajaat uchun telefonlar; +998901025055, +998906035523

Sizni bo‘lajak konferensiyada ko‘rishdan xursand bo‘lamiz!

Tashkiliy qo‘mita

Kategoriya E'lonlar
Seshanba, 20 Sentyabr 2022 11:13

Ilmiy seminar

2022 yil 20-sentabr, soat 14-00 da «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 108-xonasida «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarda 08.00.17 – «Turizm va mehmonxona faoliyati» ixtisosligi bo‘yicha BuxDU mustaqil-izlanuvchisi Qodirov Azizjon Anvarovichning «Ekologik turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlari» mavzusida va SamDU tayanch doktoranti Qo‘ziboyev Boxodir Azzamboy o‘g‘lining “Hududlarda inklyuziv turizmni samarali rivojlantirishning istiqbollari” mavzusida falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.

Kategoriya E'lonlar

Joriy yilning 16-sentabr kuni ShHT sammiti doirasida Hindiston delegatsiyasi “Ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya OTM faoliyati bilan tanishdi, shuningdek, universitet kutubxonasiga Hindiston Bosh vaziri nomidan siyosat, iqtisodiyot, turizm, madaniyat, tarix, meʼmorchilik va boshqa sohadagi mamlakatning turli jihatlarini qamrab oluvchi Hindiston haqidagi 200 dan ortiq kitoblarni taqdim etdi.

Qayd etish joiz, kitoblarning taqdim etilishi madaniy diplomatiyani rivojlantirishga yorqin misol boʻlib xizmat qiladi, shuningdek, taʼlim va turizm sohasida oʻzbek-hind munosabatlarini mustahkamlashga katta hissa qoʻshadi.

Hozirda universitet kutubxonasida madaniy merosni saqlab qolish uchun kitoblarning noyob toʻplami yigʻilgan. Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri va “Ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti rektori Aziz Abduhakimov boshchiligida kutubxonaga qisqa muddat ichida turizm, sanʼat, tarix, arxeologiya, etnologiya, geosiyosat, iqtisodiyot, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, rassomlik, haykaltaroshlik, meʼmorchilik, madaniy meros kabi yoʻnalishlar boʻyicha dunyoning turli burchaklarida bosib chiqarilgan 20 mingga yaqin kitoblar yetkazildi. Shuningdek, universitet kutubxonasida 100 mingdan ortiq kitoblar elektron koʻrinishda taqdim etilgan.

Kategoriya Yangiliklar

Grant koordinatori -  universitet professori Kamol Mustayev.

Talabalar drama teatri Samarqand viloyatida faqat ingliz tilida spektakllarni namoyish etadigan yagona teatr bo'ladi. Loyiha talabalarga Amerika (teatr) san'atini, aktyorlik, muloqot qilish, omma oldida chiqish qilish, ravon gapirish mahoratlarini o‘rganish, ingliz tilini mukammal o’rganish va rivojlantirish imkoniyatini beradi. Shunungdek, yoshlar orasida millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish, jamiyatda do‘stlik, o‘zaro hamjihatlik, jipslik, insonparvarlik va bag‘rikenglik madaniyatini mustahkamlashga xizmat qiladi. Loyihada 25 talaba ijrochi sifatida ishtirok etadi va 1000dan  ortiq talaba  loyiha bilan tanishtiriladi.

Loyihaning asosiy maqsadi:

  • Birinchidan, talabalar ingliz tilini rivojlantirish va takomillashtirish;
  • Ikkinchidan, AQSh madaniy merosini o'rganish;
  • Uchinchidan, turli xil muloqot uslublarini assimilyatsiya qilish;
  • To‘rtinchidan, adabiy qahramonlarni o‘rganish;
  • Beshinchidan – “Body language”ni toğirlash.
  • Oltinchidan, Postmodern Amerika dramasini o’rganish.

Mazkur grant orqali jamiyatda ko‘p millatli katta oila his-tuyg‘usini kuchaytirish, respublikamizda yashayotgan turli millat va elat vakillari o‘rtasida do‘stlik va totuvlikni yanada mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash kabi oliy maqsadlarga erishiladi.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 19 Sentyabr 2022 15:51

InnoWeek-2022

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi «2022-2026 yillarda O'zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boʼyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi PQ-307-son Qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan «2022-2026 yillarda O'zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2022-2023 yillarda amalga oshirish boʼyicha «Yo'l xaritasi»ning 1.15.1-bandida keltirilgan «InnoWeek-2022» innovatsion g'oyalar haftaligida «Kuzgi tijoratlashtirish forumi»ni o'tkazilishini eʼlon qiladi. Аgarda sizda innovatsion loyiha mavjud bo'lsa, ilmiy boʼlimga 28 sentabrgacha taqdim etishingiz so'raladi.

Kategoriya E'lonlar
Dushanba, 19 Sentyabr 2022 15:44

E'lon

2022-yilning 7-oktyabr kuni “EkoTexnopark-Volma” resurs markazi”da (Belarus Respublikasi) “Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida fan, ta’lim va ishlab chiqarishni rivojlantirishning dolzarb muammolari va tendensiyalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Konferensiya quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

  • BIM texnologiyari;
  • qurilish;
  • energiyatejamkor qurilish;
  • intellektual energiya;
  • suvni tozalash.

Konferensiyaga maqola va tezislar 2022-yilning 23-sentyabr kuniga qadar (Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.) qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon: +375(17)37430066

Kategoriya E'lonlar

Ushbu dastur Buyuk Britaniya oliy ta’lim muassasasining magistratura bosqichiga o‘qishga kirgan nomzodlar uchun o‘qish va o‘qish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni (har oylik stipendiya, viza, aviachipta, yashash va h.k.) qoplab berishni nazarda tutadi. Tanlovda qatnashish uchun kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish talab etiladi.

Hujjatlar joriy yil 1-noyabrga qadar www.chevening.org/apply sayti orqali qabul qilinadi.

Kategoriya E'lonlar

2022-yilda “Clarivate” kompaniyasi ta’lim dasturlari doirasida “Webex” platformasi orqali “Clarivate Essentials” va “Research Smarter” kurslari taqdim etiladi. Ushbu munosabatda “Essentials” va “Research Smarter” kurslari bo‘yicha vebinarlar sentyabrning ikkinchi yarmida o‘tkaziladi.

Vebinar asosiy vaqtining kamida 90 foizida ishtirok etgan ishtirokchilar uchun sertifikatlar taqdim etiladi. Ulanish bo‘licha ko‘rsatmalar undefined saytida berilgan.

Kategoriya E'lonlar
2 dan 4 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar