Yangiliklar: Fevral 2023

Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talaba-yoshlari va universitet o‘qituvchisi Obid Nabiyev rahbarligida

Xitoy bahori bayrami tadbiri tashkil etildi.

Joriy yilning 2 fevral kuni Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faollar zalida tashkil etilgan bayram tadbiri davomida talaba-yoshlari tomonidan Xitoy milliy raqs va qo‘shiqlari, milliy urf-odatlaridan parchalar namoyish etildi.

Xitoy taqvimiga ko‘ra, Xitoyda Yangi yil 22 yanvarda boshlanishini bilasizmi?

- Bilamizki, Xitoy takvimiga ko‘ra, har-bir yilning o‘ziga yarasha talqin etadigan jonivori bor. Xitoyliklarning oy-quyosh taqvimidagi Yangi yil grigoryan taqvimiga ko‘ra kechroq kirib keladi. Albatta, Xitoyda grigoryan taqvimidan ham foydalanishadi, lekin Xitoyda udum bo‘lgan bayramlar sanasi xitoy taqvimiga ko‘ra belgilanadi. Bu bayramlar qatoriga Xitoy Yangi yili ham kiradi, u bahor bayrami deb ham hisoblanadi. Grigoryan taqvimiga kiritilgandan keyin uni YEvropadagi Yangi yildan alohida holda shunday atay boshlashgan. Bilamizki, 1yanvar-Yangi yil boshlanishi bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik xalqlarda Yangi yil aynan bahorda bo‘ladi, tabiatning qishki uyqudan uyg‘onishiga to‘g‘ri keladi. Udumga ko‘ra, Xitoyda Yangi yil - yangi oy chiqishidan to birinchi oy siklining tugashigacha qishki quyosh turishi mavsumiga to‘g‘ri keladi. Grigoryan taqvimiga ko‘ra, Xitoy Yangi yili 21yanvar va 21 fevral oralig‘iga to‘g‘ri keladi. Azaldan Xitoyda Yangi yil asosiy va eng uzoq davom etadigan bayram bo‘lgan. Xitoy Yangi yilini faqatgina Xitoy mintaqasidagina emas, balki Gonkongda, Makaoda, Tayvanda, Bruneyda va Indoneziyada, umuman xitoy aholisi yashaydigan barcha yerlarda nishonlanaydilar. Yangi yilga bag‘ishlangan bayram marosimlari 2 haftaga cho‘ziladi va fonuslar bayrami bilan yakunlanadi. Xitoy Yangi yili birinchidan – oilaviy bayram. Garchand, inson uzoq yillar davomida yolg‘iz yashasada, imkon qadar bu bayramni ota-onasi va oilasi bilan o‘tkazishi shart. Yangi yildan oldin Xitoyda temir yo‘l kassalarida chiptalarga navbat ko‘p bo‘ladi, shuning uchun chiptalarni oldindan olish kerak. Yangi yil kechasida dasturxon bayramona, to‘yimli va mo‘l bo‘ladi. S tolda albatta tovuq, baliq, soyali pishloq bo‘ladi, chunki bu masalliqlarning nomi Xitoy tilidagi “farovonlik” va “baxt” so‘zlariga yaqin uyg‘unlikni bildiradi. Mamlakatning shimoliy qismida bayramda chuchvaralar iste’mol qilishadi. Janubda esa “nyan gao” deb nomlangan taom iste’mol qilinadi. Bu taom yopishqoq guruch bo‘lakchalaridan bo‘lib, ular yildan yilga hayotni yaxshilanishini ramzidir. Xitoy Yangi yilida tuni bilan hech kim uxlamaydi. Bu marosim “shou suy” – “yilni saqlamoq” deb nomlanadi.

Xitoyliklar eshik yondoriga yangi yil tilaklari yozilgan qizil qog‘ozchalar yopishtirib qo‘yishadi. Bundan tashqari, eshikka teskari qilib baxt iyeroglifi yopishtiriladi.Yangi yilning birinchi kunida mushakbozlik va xushbo‘y hidli cho‘pchalar yoqiladi. Yangi yilning birinchi 5 kunida do‘stlar, sinfdoshlar, qarindoshlar,hamkasblar bilan uchrashib, ularni bayram bilan tabriklaydilar, lekin Yangi yilda sovg‘a taqdim qilinmaydi. Biroq,bolalarga “ya-suy-syan”sovg‘a qilinadi - maxsus qizil konvertlarda pul beriladi. Qadimiy an’anaga ko‘ra, Yangi yilning 15 kuni davomida uyga kelgan har bir bolaga pul sovg‘a qilinadi.

Kategoriya Yangiliklar

O‘tmish tariximiz bilan yaqindan tanishmoqchimisiz?

Unda biz bilan muzeyga sayohat qiling!

2023 yilning 2-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 1-kurs talabalari Samarqand viloyat oʻlkashunoslik muzeyiga tashrif buyurdilar.

Talabalar muzeyda tashkil etilgan ekspozitsiyalar bilan tanishdilar. Muzeydagi  tarix, tabiat va mintaqadagi yahudiylar ekspozitsiyasilari va tarixiy san’at asarlar talabalarda boy taassurot qoldirdi.

 Музей хақида қисқача маълумот!

Samarqand viloyat oʻlkashunoslik muzeyi –  Samarqand viloyat oʻlkashunoslik muzeyi - Samarqanddagi tarixiy profilli muzey boʻlib, mahalliy oʻlkaning qadim zamonlardan 20-asr boshlarigacha boʻlgan tarixiga bagʻishlangan. 1982-yildan Samarqand davlat birlashgan tarixiy meʼmorlik va badiiy muzey - qoʻriqxonasi (hozirda Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi) tarkibiga kiritilgan.

Muzey binosi haqida

Muzey 1981-yil dekabr oyida Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi muzeyi toʻplamlari negizida birinchi gildiya savdogari Abram Kalantaroga tegishli boʻlgan me'mor E.O.Nelle loyihasi bo'yicha 1902-yildan 1916-yilgacha tarixiy uslubda qurilgan tarixiy binoda ochilgan. Hovlida 1902—1916-yillar davomida beshta bino qad koʻtargan.

Binoning interyeri har doim tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uygʻotadi. Binoni bezashda tajribali hunarmandlar – Usta Kamol, Usta Sodiq, Usta Hofiz va boshqalar qatnashgan. Saroyning qurilishi uchun 130 ming oltin rubldan koʻproq mablagʻ sarflangan. Bugungi kunda saroy haqli ravishda 20-asr boshidagi me'moriy yodgorlik hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Yorqin rang-barang zal – mehmonxona boshqa xonalar singari oʻzining asl bezaklarini saqlab qolgan.

Ekspozitsiya

Muzeyda tarix, tabiat va mintaqadagi yahudiylar ekspozitsiyasilari faoliyat koʻrsatmoqda.

Bino ichidagi barcha xonalar ketma-ketlikda joylashgan boʻlib, enfiladani hosil qiladi.

Mehmonxona va ayrim xonalar asl holida saqlangan. Mehmonxona chiroyli va xilma-xil ranglar bilan bezatilgan. Shift choʻp ustida oʻymakorlik bilan bezatilgan va moyli boʻyoqlar bilan boʻyalgan, devorlarga ganch ustida oʻymakorlik "pardoz" uslubida ishlangan, ganchdan yasalgan panjaralar bilan birga rang-barang shishali vitrajlar oʻzgacha husn bagʻishlaydi. Mehmonxonaga nafis, yaltiroq billur qandil osilgan.

Binoni qishda isitish uchun 7 ta sirli sopol bezakli “kamin” pechlar oʻrnatilgan, ularning bezaklari xonalarga alohida chiroy bagʻishlagan.

Binoning birinchi qavatiga oʻlkamizning turli hududlaridan topilgan qadimdan to XX asrning boshigacha hikoya qiluvchi ashyolar namoyish etilgan boʻlib, mintaqaning o'ziga xos tarixi, mintaqa xalqlarining urf-odatlari va marosimlari, ibtidoiy madaniyat, Oʻrta Osiyoning eng qadimgi davlatlaridan biri boʻlgan Sogʻdning shakllanishi, erta, rivojlangan va kech oʻrta asrlarning moddiy madaniyati yodgorliklari, an'anaviy milliy madaniyat bilan tanishtiradi.

Mehmonxonada 18-asr oxiri va 19-asr boshlariga oid "ampir" uslubidagi mebellar koʻrgazmaga qoʻyilgan. Ayrim mutaxassislarning farazlariga koʻra, mebel imperator Napoleonga tegishli boʻlishi mumkin va imperator Aleksandr I tomonidan Sankt-Peterburgga olib kelinib saroy amaldorlaridan biriga sovgʻa qilingan.

Muzeyning 2-qavatida joylashgan tabiat ekspozitsiyasida viloyat hayvonot va oʻsimlik dunyosi, shu jumladan, "Qizil kitob"ga kiritilgan yoʻqolib borayotgan hayvonlar va qushlar tulumlari, oʻsimlik turlari va gerbariylar ham namoyish qilinmoqda.

Ayni paytda muzeyda xalqaro Joint tashkiloti koʻmagida tashkil etilgan "oʻtmishdagi va hozirgi mintaqadagi yahudiylar" koʻrgazmasi faoliyat koʻrsatmoqda. Eksponatlar Yahudiyon kvartalining tarixi, mintaqa yahudiylarining hayoti, urf-odatlari, marosimlari haqida hikoya qiladi.

Bugungi kunda muzey ekspozitsiyasida 2000 dan ortiq eksponatlar mavjud.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori Juliboy Eltazarov va Malayziyaning MARA Texnologiya universiteti (UiTM) rektori Roziya Mohd Janor o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Kategoriya Yangiliklar
5 dan 5 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar