Yangiliklar: Fevral 2023

Unda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi. Tadbir avvalida Alisher Navoiyning ilmiy merosi va uning jahon adabiyotiga ta’siri beqiyosligi ta’kidlandi.

Mir Alisher Navoiy butun umrini nafaqat ijodga, balki xalq farovonligi yo‘lida bunyodkorlik hamda ezgulik va xayr-saxovat ishlariga bag‘ishlagan. Bobokalonimiz faqat Hirotda emas, Xurosonning barcha viloyatlarida ham ko‘plab xayriya uylari, ko‘prik va rabotlar, hovuzlar barpo ettirgani tarixdan bizga ma’lum. Barchamizga yaxshi ayonki, Navoiy o‘z davrida zamondosh shoirlar, olimlar va san’at ahlining moddiy va ma’naviy ko‘makchisi, san’at va adabiyotning haqiqiy homiysi bo‘lganligi yodga olindi.

Talabalar va teatr ijodkorlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar ishtirokchilarga ko‘tarinkilik baxsh etdi.

Kategoriya Yangiliklar

Kонференция будет проходить онлайн через Zoom на английском языке под общей темой: "Обеспечение всеобъемлющей безопасности суверенного государства в глобализированном мире", с участием двух комитетов Палаты представителей: Мировая продовольственная программа (ВПП): Повышение устойчивости государств в рамках глобальной цепочки поставок продовольствия Экономический и Социальный Совет (ЭКОСОС): Переосмысление энергетической безопасности в условиях глобального энергетического кризиса.

Заявка на делегирование открыта до 5 марта 2023 года. Конференция также открыта для публики. Вы можете подать заявку здесь:

https://www.toyo.ac.jp/en/news/international-exchange/MUN2022/

Kategoriya E'lonlar
Seshanba, 07 Fevral 2023 22:05

Qardosh Turk xalqiga hamdardlik

Ma'lumki, shu yil 6-fevral kuni Turkiya Respublikasining sharqiy qismida yuz bergan kuchli yer qimirlash tufayli 10 dan ziyod shaharlar va boshqa aholi punktlari vayron bo'ldi, 4500 dan ortiq kishi halok bo'ldi, 27.000 dan ortiq kishi yaralandi. Shu munosabat bilan Turkiya Respublikasida bir haftalik motam e'lon qilingan. Xorijdagi Turk elchixona va konsulxonalarida ta'ziya daftarlari ochilgan va hamdardlik tadbirlari o'tkazilmoqda. Universitetimizning Birinchi prorektori prof. Jo'liboy Eltazarov 7 fevral kuni Samarqanddagi Turkiya Respublikasi konsulxonasiga tashrif buyurib, konsul Salih Janer janoblariga ''Ipak yo'li' Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti nomidan ta'ziya bildirdi. bu yerdagi hamdardlik daftariga qardosh turk xalqiga tinchlik va omonlik tilaklarini yozib, imzoladi.

Kategoriya Yangiliklar

#“Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz”

#“Youth against drug addiction”

Мымолодежь против наркомании»

Joriy yilning 7 fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti volontyor-talabalari “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” oyligi doirasida, voleybol sport turi bo‘yicha talaba-yoshlar o‘rtasida o’rtoqlik o’yinlari o’tkazildi.

Barcha talabalarimizni sport-aksiyasida faol bo‘lishlarini va sog‘lom turmush tarzi bilan shug‘ullanishlariga chorlab qolamiz!

Kategoriya Yangiliklar

Hurmatli talaba! Is gazidan himoyalanish va is gazidan zaharlanganda uni davolash usullari

Har yili qish oylarida minglab insonlar is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etadi.

Hurmatli talaba, quyida  is gazidan zaharlanishning oldini olishda qanday yo‘l tutish kerakligini eslatib o‘tamiz.

Ma’lumki, is gazi (SO) rangsiz, hidsiz, korxona sharoitida eng ko‘p uchraydigan zaharli birikma bo‘lib, tabiiy gaz, yoqilg‘i, ko‘mir, o‘tin cho‘g‘lari to‘liq yonmasligi oqibatida hosil bo‘ladi.  

Tutun tarkibida 3%, ishlangan gazda 13%, portlovchi gazlar tarkibida esa 50-60% gacha is gazi bo‘ladi.

Is gazi organizmga nafas a’zolari orqali ta’sir etadi. Zaharlanishning eng og‘ir hollarida inson hayotdan ko‘z yumishi mumkin.

Tahlillarga ko‘ra, is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga keladi:

  • Fuqarolar tomonidan gaz va muqobil yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya etmaslik;
  • Nostandart (qo‘lbola yasalgan) yoki sertifikatga ega bo‘lmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish;
  • Isitish pechlarining dudburonlarini noto‘g‘ri o‘rnatish;
  • Gaz yoki boshqa muqobil yoqilg‘iga moslashtirilgan isitish pechlari (anjomlari) ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirish;
  • Havo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olov (ko‘mir va o‘tin cho‘g‘lari) dan foydalanish;
  • Havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (to‘sib) qo‘yish.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sabablarga ko‘ra isitish uchun foydalanilayotgan yoqilg‘i (gaz, ko‘mir, o‘tin va boshqa)ni chala yonishi natijasida is gazi hosil bo‘ladi.

Is gazidan zaharlanganda  quyidagi usullar bilan davolash tavsiya etiladi:

Zaharlangan kishini zudlik bilan toza havoga olib chiqish zarur. Nafas olishi to‘xtab qolganda sun’iy nafas berish lozim. Bu tadbir bemor mustaqil nafas olgunga qadar yoki biologik o‘lim alomatlari paydo bo‘lguncha davom ettiriladi. Badanni ishqalash, oyoqlarga grelka qo‘yish, qisqa vaqt nashatir spirt bug‘larini hidlattirish (nashatir spirti bemor burnidan kamida 1 sm uzoqlikda shimdirilgan paxta yoki marlidan hidlattirish shart. Aks holda spirtning o‘tkir hidi bemorni paralich holatiga olib kelishi mumkin) zaharlanish oqibatlarini tugatishga imkon beradi.

Zaharlanib qolgan kishilar gospitalizatsiya qilinishi kerak. Chunki zaharlanish oqibatida  o‘pka va asab sistemasi tomonidan og‘ir asoratlar vujudga kelishi mumkin. Agar bemor xushida bo‘lsa, tananing yuqori qismini qisib turuvchi kiyimlardan bo‘shatiladi, issiq choy qahva ichiriladi. Is gazidan zaharlanishning barcha darajasida bemorlar shoshilinch holda reanimatsiya yoki toksikologiya bo‘limiga yotqiziladi. Kasalxonadan chiqqan bemorlar umumiy amaliyot shifokori va nevropatolog kuzatuvida bo‘lishi kerak.  

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalariga “Is gazidan zaharlanishning oldini olish”  mavzusida tadbir tashkil etildi.


Joriy yilning 6-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalariga   tashkil etilgan tadbir davomida talaba-yoshlarga is gazidan zaharlanishning oldini olishda qanday yo‘l tutish kerakligini,  isitish pechlari va ularning mo‘rilarini sozligiga, ularni turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida tozalanishiga alohida e’tibor berishlik to‘g‘risida mas’ullar tomonidan

  • qo‘lbola va nosoz gaz isitish moslamalaridan foydalanmaslik;
  • tungi vaqt o‘rnatilgan isitish tizimini nazoratsiz qoldirmaslik;
  • oshxonada o‘rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmaslik;
  • isitish pechlari va ularning mo‘rilarini sozligiga, ularni turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida tozalanishiga alohida e’tibor berish;
  • gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qilish va ularga rezina shlangalar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymaslik;
  • xonani isitish maqsadida ochiq olovdan aslo foydalanmaslik to’g’risida ma’lumot berildi.

  Talaba-yoshlar o‘zlari va yaqinlarini xavfsizligi hamda salomatligini asrash kerakligi to‘g‘risida profilaktik-tushuntirish ishlari olib borildi!

Kategoriya Yangiliklar

Hamkorlikni rivojlantirish va jamoatchilikning oʻzaro munisabatlarini rivojlantirish, shuningdek, Isroil va Oʻzbekiston universitetlari talabalari va oʻqituvchilarining toʻsiqsiz harakatlanishi uchun akademik koʻprikni oʻrnatish maqsadida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Isroildagi Xolon texnologiya instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tomonlar o’rtasida avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan o‘tkazilgan onlayn uchrashuvda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Xolon texnologiya instituti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ma’lumot uchun: 2022-yilda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti negizida Birinchi O‘zbekiston-Isroil akademik forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur forumda “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori – Aziz Abduhakimov, Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi Senati aʼzosi professor Rustam Xolmurodov, Isroilning Oʻzbekiston va Tojikistondagi elchisi M. Ben-Hillel Zexavit, Xolon texnologik instituti prezidenti prof.Eduard Yakubov, shuningdek, Xolon universiteti professorlari ishtirok etishdi.
Ushbu forumdan koʻzlangan maqsad Isroil va Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish surʼatlarini oshirish, bunda talabalar almashinuvi muhim jihati boʻlgan, shuningdek, qoʻshma taʼlim dasturlari va ilmiy tadqiqotlar ustida ishlash boʻlgan. loyihalar.
Marosimda har ikki universitet vakillari ishtirok etdi. O‘z nutqi davomida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros хalqaro universiteti rektori A.A. Abduhakimov Xolon texnologiya instituti prezidenti professor Eduard Yakubovga o‘z minnatdorchiligini bildirib, ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yuksak qadrlashini ta’kidladi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” oyligi doirasida, Sport klubi tomonidan tashkil etilgan sport-aksiyasida voleybol, badminton, shaxmat-shashka, suzish, stol tennisi, lakros sport turlari bo‘yicha talaba-yoshlar o‘rtasida do‘stona-chempionatlar tashkil etildi. Sport tugaraklari haftaning belgilangan kunlarida universitet sport zalida o‘tkaziladi.Barcha talabalarimizni sport-aksiyasida faol bo‘lishlarini va sog‘lom turmush tarzi bilan shug‘ullanishlariga chorlab qolamiz!

Kategoriya E'lonlar

Bolgariyaning SMART TOUR kompaniyasi turism soxasida ta’lim olayotgan talabalar uchun mehmonxona biznesi sohasida mashhur bo’lgan Bolgariyaning Varna shaxri, Qora dengiz bo’yida joylashgan dam olish maskanlarida yozgi amaliyot va ta’til davrida 3 oy va 5 oy muddatga amaliyot o‘tash imkoniyatini beradi!

Quyidagi bo'sh ish o'rinlari taklif etiladi:

  • Resepshen hodimi (Qabul)
  • Ofisiant
  • Honalar tozalo’vchisi
  • Barmen (Bufetchi)
  • Oshxona ishchisi

Amaliyot o’tish uchun 18 yoshdan oshgan talabalar qabul qilinadi

Talabalar bepul turar joy, ovqatlanish, transfer va tibbiy sug'urta bilan ta'minlanadi. Har bir talaba oylik maosh oladi. Talabalar amaliyot davrida Uzbekistonlik amaliyot raxbarlari tamonidan nazorat qilinadilar. Amaliyot yakunida har bir talaba xalqaro sertifikat oladi. Bolgariyada stajirovka - bu yozgi ta'tilni qiziqarli o'tkazish, yangi do'stlar bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat, shuningdek, sayohat qilishning juda tejamli usuli.

Kategoriya E'lonlar
4 dan 5 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar