Yangiliklar: Iyun 2023

Seshanba, 20 Iyun 2023 12:23

Sport salomatlik garovi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti yopiq suv havzasida suzish bo‘yicha talaba yoshlar o‘rtasida spоrt musobaqasi o‘tkazilib, g‘oliblar aniqlandi.

Kategoriya Sport tadbirlari
Seshanba, 20 Iyun 2023 10:55

Universitetimiz faxri

Talabamiz Sultonov Shoxrux 2023 yil 17-21 iyul kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tadigan YeXHT tomonidan tashkil etiladigan “Qonun ustuvorligi, yaxlitlik va jinoyatchilikning oldini olish uchun yoshlar” Markaziy Osiyo yoshlar muloqoti forumi ishtirokchisi sifatida tanlandi. Talabamiz to‘liq moliyalashtirilgan grand qo‘lga kiritdi.

Talabamizga bundan katta yutuqlarni tilab qolamiz!

Kategoriya Talabalar hayoti

Gazetaning 2023-yil 15-iyun sonidagi Oliy talim muassassalari rukni ostida berilgan “Turizm ta’limi sohasida yetakchi universitet” sarlavhali maqolada oliygohda o‘qitish sifatini yaxshilash, talabalarning ingliz tilida ta’lim olishi haqida so‘z yuritilishi bilan birgalikda, yaqinda “Tukiy Davlatlar Tashkilotining Turk Dunyosi Ittifoqining” maxsus yig‘ilishi bo‘lib o‘tganligi va oliygohning birinchi prorektori, professor J.Eltazarovning Chingiz Aytmatov medali bilan taqdirlanganligi xususidagi yangiliklar ham gazetxonlarga bayon qilingan.

Samarqand yoshlari 11-son.pdf

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 19 Iyun 2023 14:17

Biz har xilmiz, lekin birgamiz!

Joriy yilning 15-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiyeva tashabbusi bilan “Biz har xilmiz, lekin birgamiz!” nomli motivatsion trening tashkil etildi.

       Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan bayramona tadbir o‘quv yili davomida toliqqan talabalar uchun ayni muddao bo‘ldi. Unda universitet o‘qituvchilari va xodimlari ham qatnashib, pozitiv emotsiyalarni o‘zlariga yuklab olishdi. Jamoaviy ruh, birdamlik hislatlarini shakllantirishga yordam beruvchi timbilding o‘yinlari, turli konkurslar, dillarni yayratuvchi raqs va musiqa barcha ishtirokchilarda olam-olam taassurot qoldirdi.

       Sharqona odob ziynatlaridan biri sanalmish bir piyola choy ustida qilingan do‘stona suhbatlar jamoada ijobiy muhitning shakllanishiga, xodimlarning jipslashuviga olib kelishi, shubhasiz.

Kategoriya Yangiliklar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 6-martdagi “Professional ta’lim muassasalarini metodik va ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 44-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida universitetning bir guruh professor-o‘qituvchilari Toshkent shahridagi Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga amaliy seminar o‘tkazishdi. Seminar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor o‘qituvchilari G.Jurayeva, N.Muhammadiyeva, E.G‘ulomxasanov tomonidan tashkil qilinib, unda bugungi kunda turizm sohasidagi o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy ishlanmalar, shuningdek yangi o‘qitish metodikalarini qo‘llash haqida to‘laqonli tushunchalar berildi.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 19 Iyun 2023 12:34

EBRU o‘z vataniga qaytmoqda

Buyuk tarixga ega Movarounnahrda ilm-fan gullab, yashnagan davrlarda  Buxoroda suv ustiga surat chizish san’at darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, tarixlar silsilasi bilan bu dastlab Eronda, so‘ngra Turkiya davlatida rivojlangan.

Turkiyaning Samarqanddagi konsulligi hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan hamkorlikda EBRU ya’ni suv ustiga rasm chizish san’atini namoyishi o‘tkazildi. Asli qirg‘izlik Alisher Imamov universitet professor, o‘qituvchilariga va talabalariga ushbu san’atning naqadar jozibadorligini ko‘rsatib berdi. Oddiy suvga quyuqlashgan suv aralashtirilib, unga tabiiy buyoqlar va muyqalamlar bilan jilo berilib, turli shakllarning, gullarning rasmi solindi. Tadbirda birinchi suvga chizilgan lola rasmi bo‘ldi. Shundan so‘ng universitetimiz talabalari ham o‘zlari turli rasmlar chizishga urinib ko‘rishdi. Natija esa yomon bo‘lmadi. “Maqsadimiz ushbu san’atni o‘z vataniga qaytargan holda yurtingizda ham EBRU bilan shug‘ullanadigan ustalarni ko‘paytirishdan iborat”, - deydi EBRU san’ati ustasi Alisher Imamov.   

Kategoriya Yangiliklar

Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohatlarni dunyo afgor ommasiga namoyish qilish maqsadida davlatining “Channel News Asia – CNA” media kompaniyasinnig bir guruh ijodkorlari joriy yilning 13-18-iyun kunlari mamlakatimizga kelishdi. Mehmonlar ko‘rsatuv tayyorlash jarayonida Samarqand shahriga ham tashrif buyurib, ko‘hna kentda yuz berayotgan ijobiy ishlar, turizm salohiyati bilan yaqindan tanishib, qator joylarni tasvirga olishdi. Media kompaniya vakillari16-iyun kuni Samarqandagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham bo‘lib, bu yerdagi ta’lim jarayonlarini tasvirga olishdi. Universitet prorektori Toni Zoudan intervyu olib, talaba yoshlarning qiziqish va intilishlari haqida suhbat qurdi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 21-iyun sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Northwest universiteti professori, Salento madaniy meros va san’at maktabi dekan o‘rinbosari, NWU universiteti Madaniy meros maktabi dekan o‘rinbosari, doktorantura bosqichi tadqiqotchilari uchun ilmiy maslahatchi Yang Luning ishtirokida “Madaniy meros yodgorliklarni saqlash va arxeometriyaning ayrim masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tadi.

Seminar tashkil etilishidan maqsad universitetda tahsil olayotgan bakalavriat, magistratura va doktoratura bosqichi talabalarini ilmiy faoliyatga yanada kengroq jalb qilish va ilmiy tadqiqot ishlari sifatini oshirish hamda Northwest Universitetidagi grantlar haqida  ma’lumot berishdan iborat.

Seminar o‘tkazilish vaqti: 21-iyun, soat 14:30

Seminar o‘tkazilish joyi: universitet binosi 229-xona

 

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 16-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Madaniyat chorrahasida” mavzusida konferensiya tashkil etilib, unda Markaziy Osiyo va Kavkaz yahudiylarining milliy qadriyatlari va urf-odatlarining o‘zaro o‘xshashliklari, tarixiy kechinmalari muhokama markazida bo‘ldi.  Tadbir Moskva shahridagi Yahudiy muzeyi va bag‘rikenglik markazi ilmiy-tadqiqot markazi, Quddus shahridagi Ben-Tsvi instituti, Samarqanddagi Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan hamkorlikda tashkil qilindi. Ikki kun davomida bo‘lib o‘tadigan ushbu anjuman doirasida moderatorlar tomonidan anjuman mavzusiga doir qator muhim masalalar yuzasidan ma’ruzalar qilindi.

Kategoriya Yangiliklar

2023-yilning 16-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining HoReCa amaliyot bo‘limi hamda xotin-qizlar Kengashi bilan hamkorlikda milliy va zamonaviy taomlar uyg‘unligi, “Karvin” san’atini talaba-qizlar orasida keng targ‘ib qilish yuzasidan mahorat darslari tashkil etildi. Talabalarga mahorat darslarini Samarqand shahridagi “Gastro ekspert” restoran servis akademiyasining ish yurituvchisi Aziz Akaboyev o‘tib, ovqat tayyorlanish va “Karvin” san’ati jarayonlarida qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi xususida fikrlar bildirilib,  savollarga javob qaytardi. Tadbir so‘ngida faol ishtirokchilarga  sertifakatlar topshirildi.

Kategoriya Yangiliklar
2 dan 7 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar