Yangiliklar: Iyun 2023

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institute tomonidan 2023-yilning 23-iyun kuni “Yangi O‘zbekistonda Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshitish strategiyasi: mavjud vaziyat va rivojlantirish istiqbolari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Anjumanga maqola yuborishining so‘nggi muddati: 2023-yil 15-iyun, manzil: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.

e-mail: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

App.pdf

Kategoriya E'lonlar
Payshanba, 08 Iyun 2023 12:36

Turkiylar tarixi olimlar muhokamasida

“Afrosiyob” muzeyida mehmonlarga o‘zbek tarixchi va adabiyotshunos olimlari tomonidan turkiy davlatlarda yashayotgan xalqlarning o‘zaro tarixiy va badiiy o‘xshashliklari haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirib o‘tildi. Maxsus yig‘ilish doirasida o‘tkazilgan tadbirda M.Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘ati turk” asaridan keltirilgan parchalardan namunalar o‘qib berildi.  Bu esa barcha turkiy olimlarning qiziqishini yanada oshirdi.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keying ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomning 6-bobida izlanuvchilar faoliyatini samaradorligining monitoringini bir yilda kamida 1 marta amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

Ushbu Nizom ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2023-yilning 4-iyul kuni monitoring jarayonlari tashkil etiladi. Monitoring jarayonlari universitet Birinchi prorektori J.D. Eltazarovning 2023-yil 5-iyundagi № 86-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan komissiya a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 304-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi” Nizomning 53-54-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Kategoriya E'lonlar
Chorshanba, 07 Iyun 2023 18:10

Hindiston o‘quv xonasi ochilish marosimi

2023-yil 6-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Hindiston o‘quv xonasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Hindistonning O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Manish Prabxat, elchixona xodimlari, Samarqandda istiqomat qilayotgan Hindiston fuqorolari hamda universitetimizning Hindistonlik talabalari ishtirok etishdi. Ochilish marosimidan so‘ng “Hindiston oziq-ovqat turizm” tashkiloti hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hindiston o‘quv xonasining ochilishi ikki davlat o‘rtasidagi nafaqat iqtisodiy, siyosiy, balki, madaniy va ta’lim yo‘nalishlardagi hamkorlikning yangi bosqichga ko‘tarilganini namoyon etadi. Endilikda mazkur Hindiston o‘quv xonasi ikki davlat yoshlarining o‘zbek va hind tillarini o‘rganishida, madaniy bilimlarini boyitishlarida o‘ziga xos akselerator bo‘lib xizmat qiladi.

Kelgusida Hindistonning nufuzli universitetlari va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolanishi va oliy ta’lim sohasida tizimli aloqalar yo‘lga qo‘yilishi, albatta, har ikki tomon yoshlari uchun manfaatlidir. Samimiy va ochiq muloqot ruhida olib borilgan muloqotda aynan ushbu rejalar xususida so‘z bordi.

Kategoriya Yangiliklar

        “Turkiy davlatlari tashkilotining Turk Dunyosi Universitetlari Ittifoqi”ning Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘tkazilayotgan maxsus yig‘ilishida universitet rektori Aziz Abduhakimov ishtirok etib, bugungi kunda asriy orzular ushalib, turkiy davlatlar o‘zaro hamkorlikka kirishganligi va bu yo‘lda oliy ta’lim muasassalari rektorlari ham amaliy jarayonlarda faol ekanligi xususida gapirib, tadbir ishiga omad tiladi.

   2013-yilda tashkil etilgan Turk Dunyosi Universitetlari Ittifoqi kengashining      Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘tayotgan maxsus yig‘ilishida Qozog‘iston, Turkiya, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, O‘zbekiston davlatlaridan 50 ga yaqin a’zo universitet vakillari va ekspertlar ishtirok etdi.

     Maxsus yig‘ilishda a’zo yetakchi universitetlar rektorlari tomonidan akademik hamkorlikni rivojlantirish natijasida Turk Dunyosi universitetlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, tajriba va bilimlarni almashish hamda qo‘shma ta’lim va tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish imkoniyatlari muhokama qilinish bilan birga, oliygohlar o‘rtasida talabalar almashinuvi tashabbuslari, amaliyot dasturlarini yaratish va yuqori sifatli ta’limni ta’minlash uchun o‘quv standartlarini takomillashtirish bo‘yicha fikrlar almashildi. Maxsus yig‘ilish sessiyalarga bo‘lingan holda o‘z ishini davom ettirdi.

Kategoriya Yangiliklar

   “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining birinchi рrorektori, taniqli turkolog-olim, filologiya fanlari doktori, profеssor Jo‘liboy Eltazarov shu kunlarda Turkiya Respublikasining Anqara shahrida bo‘lib turibdi. 6-iyun kuni olimga Turkiy Davlatlar Tashkiloti huzuridagi Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti -TurkSOY tomonidan ta’sis etilgan Chingiz Aytmatov medali topshirildi. Professor Jo‘liboy Eltazarov dunyo va turkiy adabiyotning buyuk namoyandasi Chingiz Aytmatov nomi bilan ataluvchi ushbu medal bilan turkiy til, madaniyat va san’atni uzoq yillar davomida chet ellarda targ‘ib qilishdagi hamda turkiy xalqlar o‘rtasida qardoshlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

     TurkSOYning Anqaradagi markaziy ofisidagi yig‘inda tashkilot Boshqaruvi raisi o‘rinbosari professor Bilal Chakiji gulduros qarsaklar ostida ushbu medalni  professor J.Eltazarovning  ko‘ksiga taqib qo‘ydi. Olim o‘zining mukofotga javoban so‘zlagan qisqa nutqida TurkSOY Boshqaruviga kamtarona mehnatlarini yuqori baholangani uchun tashakkur aytdi va bundan buyon ham turkiy til madaniyatlarni o‘rganish va targ‘ib qilishga bor kuchini sarflashini ta’kidladi. Universitet jamoasi, professor, o‘qituvchilari ham ustozimizning ushbu ulkan yutug‘i bilan muborakbod etadi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros

 xalqaro universiteti matbuot xizmati

Kategoriya Yuksak e'tirof

6-iyun kuni Turkiy Davlatlari Tashkilotining Turk Dunyosi Universitetlari Ittifoqining maxsus yig‘ilishiga tashrif buyurgan mehmonlar dastlab universitetda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, yoshlar bilan yaqindan muloqotda bo‘lishdi. Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari maxsus yig‘ilish doirasida tashkil qilingan konsert dasturini tomosha qilishdi. Maxsus yig‘ilishga Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlari oliy ta’lim muassasasi rektorlari va prorektorlari tashrif buyurishgan.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 06 Iyun 2023 12:34

Vatan ravnaqida mening o‘rnim

Talaba-qizlar ishtirokida motivatsion uchrashuv tashkil etildi.

     Universitetda talaba yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor tufayli ular har bir sohada ulkan yutuq va muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda. Buning natijasini Samarqand shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Boshqaruvchilar kengashining 32 yillik Yig‘ilishiga tashrif buyurgan oliy martabali mehmonlar tomonidan tarjimon-volontyor talaba qizlarimizga o‘z faoliyatlarini yuqori saviyada olib borganliklari uchun yuborilgan minnatdorchilik xatlaridan ham ko‘rishimiz mumkin.

       Shu munosabat bilan 2023-yil 5-iyun sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar Kengashi raisi M.Abbasova va universitet psixologi D.Turdiyeva SamDCHTIga qarashli 4-son xususiy Talabalar turar-joyida ijarada istiqomat qiluvchi qizlar bilan “Vatan ravnaqida mening o‘rnim” mavzusida motivatsion uchrashuv tashkil etildi.

      Unda universitet Xotin-qizlar Kengashi raisi tomonidan talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga yo’naltirish, dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ijodiy salohiyatini oshirish, ma’naviy barkamol shaxs bo‘lib yetishishlarida va o‘z aql-zakovatini namoyon etishiga ko‘maklashish maqsadida bir qator nomdor stipendiant talabalar, “Lider qizlar” klubi a‘zolari hamda Yoshlar ittifoqi boshlangich tashkiloti talaba qizlar koordinatorlari ishtirokida fikrlar almashinildi va maslahatlar berildi.

       Universitet psixologi D.Turdiyeva tomonidan esa qizlarning psixologik holatini yaxshilash, ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida motivatsion trening tashkil etildi. O‘quv yili oxiriga kelib, barcha talabalarning ruhiy zo‘riqish, emotsional “yonish” ahvoliga tushishi tabiiy hol. Dildora Turdieva ularni bu vaziyatdan chiqarishga yordam beruvchi bir qator proektiv metodika va mashqlar o‘tkazildi. Ushbu tadbir ishtirokchilarda pozitiv his-tuyg‘ular uyg‘otib, xushkayfiyat ulashdi.

Kategoriya Talabalar hayoti

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti turizm sohasida yuqori malakali gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha 5 oylik maxsus kurslarni taklif qiladi.

Kurslarimizda ishtirok etishning afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • Turizm va madaniy meros bo‘yicha tajribali o‘qituvchilar va mutaxassislardan iborat yuqori malakali tarkib;
  • Har bir talabaga individual yondashuv, materialni maksimal darajada o‘zlashtirish va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishni ta’minlash;
  • Ekskursiyalarni boshqarish, tarjima qilish va boshqarishning turli jihatlarini qamrab oluvchi turli xil mavzular;
  • Turli mamlakatlar va madaniyatlardagi hamkasblar bilan muloqot qilish va tajriba almashish imkoniyati;
  • Kursni muvaffaqiyatli yakunlanganligi va malaka oshirilganligini tasdiqlovchi rasmiy sertifikat olish.

Iltimos, arizalarni qabul qilishning oxirgi kuni 30-iyun ekanligini unutmang. Kursdagi joylar soni cheklangan, shuning uchun ro‘yxatdan o‘tishni kechiktirmaslikni tavsiya qilamiz. Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagilar orqali bog‘laning:

Telefon: +998937299004 (Erkulov Muhammadmurod)

Elektron pochta: @univ-silkroad.uz

Turizm va madaniy meros bo‘yicha professional bilim va ko‘nikmalaringizni boyitish imkoniyatini boy bermang. Bizning maxsus kurslarimizga qo‘shiling va karyerangizda yangi marralarni zabt eting!

Kategoriya E'lonlar

2023-yilning  6-8-iyun kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga o‘tkaziladigan anjuman ishtirokchilari Samarqand xalqaro aeroportida oliygoh mutasaddilari tomonidan  kutib olindi. Мaxsus yig‘ilishga Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlari oliy ta’lim muassasasi rektorlari va prorektorlari tashrif buyurishdi. Tadbirga Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibining oʻrinbosari janob Sadi Jafarov hamda Turkiy davlatlar tashkiloti xalqaro loyihalar direktori Bobur Togaevning ham kelishi anjumanning nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros
 xalqaro universiteti matbuot xizmati

Kategoriya Yangiliklar
5 dan 7 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar