Yangiliklar: Iyun 2023

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining xotin-qizlar kengashi qoshida tashkil etilgan “Lider qizlar” klubi a’zolari  2023-yil 15-iyun kuni Samarqand shahgidagi Yoshlar markazida xotin-qizlarni ilm-fan va innovatsiyalar sohasida jalb qilish, ularning oliy ta’lim olishiga bo‘lgan qiziqishlarini va huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida “Siz yangi qonunni bilasizmi?” mavzusida Samarqand viloyati oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlari o‘rtasida o‘tkazilgan viktorina tadbirida “Qomus” jamosi nomi bilan ishtirok etib, faxrli
III-o‘rinni qo‘lga kiritib diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 13-iyun kuni Malayziya xalqaro islom universiteti rahbariyati “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad – O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan muzokaralar o‘tkazish, muhandislik, ziyorat turizmi, sun’iy intellekt, robototexnika, islom moliyasi, chet tillari kabi mutaxassisliklar bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini (“ikki diplom”, qo‘shma fakultet va boshqalar) yo‘lga qo‘yish, malayziyalik professor, o‘qituvchilarni respublikaga jalb qilish, talabalar almashinuvi dasturlarini ishlab chiqishdan iborat.

Kategoriya Yangiliklar

Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi o‘quvchilari uchun ingliz tili dars mashg‘ulotlari Oliy ta’lim muassasalari xorijiy tili professor-o‘qituvchilari tomonidan muntazam ravishda olib borilmoqda, jumladan, 2023-yil 12-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘qituvchisi Xudayorova Safura To‘lqin qizi texnikum o‘quvchilari uchun dars mashg‘ulotlarini olib bordi.

Kategoriya Talabalar hayoti

Joriy yilning 14-iyun kuni universitetimiz talabalari qiziqarli “Zakovat” intellektual o‘yinida ishtirok etib, o‘z iqtidorlari va intellektual qobiliyatlarini namoyish etdilar. Tadbir yoshlar oyligi doirasida Yoshlar markazida tashkil etilib, turli ta’lim muassasalaridan ko‘plab ishtirokchilar ishtirok etishdi.

“Zakovat” - bu nafaqat ishtirokchilarning bilimini, balki ularning mantiqiy fikrlashi, jamoaviy ishlashi va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatini ham sinovdan o‘tkazadigan o‘yin. Talabalar bilimdonligi va jamoada ishlash qobiliyatlari bilan qiyinchiliklarni yengib, yuqori natijalarga erishdilar.

Kategoriya Talabalar hayoti
Chorshanba, 14 Iyun 2023 21:12

“Men Malalaman” kitobining taqdimoti

2023-yil 14-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar Kengashi raisi M.Abbasova hamda Axbarot resurs markazi yetakchi mutaxassislari A.Izbasarova va S.Samiyevlar tomonidan “Men Malalaman” kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu asar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Asar “23,5 burchak ostida” (https://t.me/burchakostida) loyihasi doirasida ilk bora o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Asar nobel mukofoti laureati, 24 yashar pokistonlik Malala Yusufzoy tomonidan yozilgan bo‘lib, muallif bu asarda o‘z mamlakatidagi qizlar ta’limiga nisbatan to‘sqinliklar, ayollar huquqining poymol bo‘lishi haqida yozadi. Bir qancha qiyinchiliklar tug‘ilishiga qaramay, ilm olish hamda o‘zining va boshqalarning huquqlarini himoya qilishdan chekinmagan Malala ko‘plab yoshlarga o‘rnak bo‘ladi.

Asar talaba yoshlar o‘rtasida muhokamaga sabab bo‘ldi. Bundan xulosa qilish mumkinki, xotin-qizlarimiz yurtimizdagi tinchlik va osoyishta hayotda ta’lim olishi va yashashi uchun qancha imkoniyalar borligini his qilib shukronalik tuyg‘usi bilan yashashni o‘rganadi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari diqqatiga! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun o‘zlarining hujjatlar to‘plamini taqdim qilishlari mumkin.
Talabgorlardan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim qilishlari so‘raladi:
sinov daftarchasidan ko‘chirma;
dekanat va kafedraning tavsiyanomasi;
ilmiy (ijodiy) ish rahbarining tavsiyanomasi;
ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari;
tillar kafedrasi, tarix va madaniy meros kafedrasining suhbat natijalari haqidagi ma’lumotnomalari.
Barcha hujjatlar jildga (papkaga) joylangan holda taqdim etiladi. Muqovada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki nomli davlat stipendiyasi nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, ta’lim yo‘nalishi, kursi, guruhi ko‘rsatiladi.

Kategoriya E'lonlar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti amaliyot bo‘limining ma’lumotlariga qaraganda oliygohning 2022-2023 o‘quv yilida bitirayotgan talabalarining aksariyati turizm sohasining turli tarmoqlarida o‘z mehnat faoliyatlarini olib borishmoqda.

 Quvonarlisi, universitetning ko‘plab talabalari Samarqand tumanidagi Turizm markazida joylashgan mehmonxonalarda faoliyat ko‘rsatishmoqda. Universitetning “Turizm menejment” fakulteti 4-bosqichi talabasi Guli Axmedova, Davlatjon Kamolov kabi talabalarimiz Turizm markazida joylashgan “Samarkand Regency” besh yulduzli mehmonxonasida ustozlaridan olgan nazariyani amaliyotga tadbiq qilib kelayapti.

2019-yilda universitetimiz talabasiga aylangan Shaxzoda Abdullaeva ham Turizm markazining “Sovetskiy” mehmonxonasida o‘z bilim va malakasini hayotga tadbiq qilmoqda. Talabamiz mehmonlarga ingliz, rus tillarida yuqori darajadagi servis xizmatini ko‘rsatib kelayapti.

Hademay “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini tugatib diplom olish arafasida turgan Zarshed Abduraximov ham o‘z karyerasini mehmonxona xizmati sohasi bilan bog‘laganligni ko‘rish mumkin. Zarshed 5ta xorijiy tillarni mukammal bilishi va tashabbuskorligi bilan mehmonxona menejerining yordamchisi sifatida faoliyat olib bormoqda. 

Bu kabi bilimli va tashabbuskor talabalarimiz universitetimiz faxri hisoblanadi.

Kategoriya Yangiliklar
3 dan 7 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar