Yangiliklar: Yanvar 2024

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihonlarni topshiruvchi talabgorlar uchun hujjatlari qabuli boshlandi. Talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitet Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga taqdim etishlari va Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  elektron pochta manziliga yuborishlari lozim.

  1. Yo‘llanma xat
  2. Pasport nusxasi (2 dona)
  3. Qisqacha biografik ma’lumotnoma
  4. Ariza
  5. Doktorlik dissertatsiyasi e’lon qilingan “OAK Byulleteni” jurnali nusxasi (sanasi, jurnal soni)
  6. Malakaviy imtihon topshiruvchi haqida ma’lumot ( namunaviy jadval ilova qilinadi).

Hujjatlar 2024-yil 1-fevral sanasiga qadar qabul qilinadi.

08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislik fanidan malakaviy imtihon O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 17-fevraldagi 220/2-son Qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan hamda 08.0017-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon dasturiga muvofiq o‘tkaziladi (dastur ilova qilinadi).

Malakaviy imtihonlarni o‘tkazilish sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha e’lon beriladi.
Jadval

Dastur

Kategoriya E'lonlar

Joriy yilda universitetda tahsil olayotgan 200 ga yaqin talabalar xorijiy mamlakatlardan Turkiya davlatiga - 129 nafar, Germaniya Federasiyasiga – 5 nafar, AQSHga - 2 nafar 1-3 kurs talabalari “Work & Travel” dasturi orqali yuborildi. Shuningdek, bitiruvchi talabalardan 2 nafari Janubiy Koreya va 2 nafari Italiya davlatlarida magistratura bosqichida ta’lim olmoqda.

Xalqaro va respublika miqyosidagi ma’naviy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovlarda, olimpiadalarda, sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallagan talabalarimiz;

“Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni 3-bosqich talabasi Bahromqulova Fotima universitet bosqichida egalladi.

 “Yil talabasi” tanlovinining  universitet bosqichida “Yilning eng faol bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni Oromjonova Shahrizoda egalladi.

 “Yil talabasi” tanlovinining  universitet bosqichida “Yilning eng faol bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha  2-o'rinni 3-bosqich talabasi Bahromqulova Zuhra egalladi.

Besh Tashabbus doirasida;

Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’at ga qiziqishlarini oshirishga bag‘ishlab 2023-yilning o‘tgan davrida jami 25 ta tadbir tashkil etildi va 350 yaqin talaba-yoshlar jalb qilindi.

Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlariga bag‘ishlab 37 ta ommaviy sport tadbirlari o‘tkazilib, ularga 700 dan ortiq talabalar va yoshlar jalb etilgan, ulardan 360 nafardan ortig‘ini xotin-qizlar tashkil etadi.

Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha 1 ta IT-klubi tashkil etildi.     

To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilib, 2 ta Yosh kitobxonlar to‘garagi va “Book lovers club” tashkil etilgan.

Ushbu tashkil etilgan to‘garaklarga universitetning 250 nafar talabasi jalb etilgan. Universitet talabalari o‘rtasida “Mening yaxshi ko‘rgan asarim” mavzusida 5 marta kitobxonlik tanlovlari, “Yosh kitobxon” va “Zukko kutubxon” mavzusida 7 marta kitobxonlik uchrashuvlari o‘tkazilgan.

Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi. 2023-yil dekabr oyi holatiga ko‘ra, kunduzgi bakalavr darajasida ta’lim olayotgan jami 570  nafar 1-3 kurs talabalaridan 180 nafari ish bilan bandligi aniqlandi hamda so‘rovnoma natijasida - 270 nafar talabaning ishlash ehtiyoji aniqlandi. Talabalarning davlat idoralarida haq to‘lanadigan stajirovka (amaliyot) o‘tashi tartibi tasdiqlandi hamda 28 ta korxona-tashkilotlar bilan shartnomalar tuzildi.

Universitetda tahsil olayotgan talabalarni teatr san’atiga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo‘naltirish hamda iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini, iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadida 2022-yildan boshlab har yili doimiy ravishda “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovlari o‘tkazilishi byelgilangan. SHu munosabat bilan Turizm menejmenti fakulteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi.

2022-yil universitet AQSH Elchixonasining “Talabalar drama klubi”ni tashkil etish uchun granti sovrindori bo‘ldi. Grant koordinatori - universitet professori Kamol Mustayev hisoblanadi.

2023 yil 4-martda Samarqand shahridagi “Qo‘g‘irchoq teatri”da Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasasalari o‘rtasida “Teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining Samarqand viloyati bosqichida universitet “Talabalar teatr studiyasi” jamoasi ham ishtirok etishdi va faxrli 3-o‘rinni egalladi va mintaqaviy bosqichga yo‘llanma oldi.

2024 yilda bu kabi ishlar yanada jonlantirilishi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olingan.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta’minlash maqsadida 2024 o‘quv yili davomida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining professor-o‘qituvchilari va talabalari Samarqand viloyatidagi barcha tarixiy va madaniy-meros yodgorliklariga bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ushbu ajoyib imkoniyatdan barcha professor-o‘qituvchilar hamda talabalarimiz unumli foydalanib o‘z bilim va tajribasini orttirishga harakat qiladi.

Kategoriya E'lonlar

     Ziyorat turizmini rivojlantirish, turistik infratuzilmani takomillashtirish, aholining madaniy dam olishi qulayliklarini yaratish maqsadida, 6-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahridagi tarixiy obidalarida bo‘lishdi. Dastlab ziyorat Temuriylar mangu qo‘nim topgan Amir Temur maqbarasidan boshlandi. Shundan so‘ng universitetimiz jamoasi Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi va Shohi Zinda masjid majumasida bo‘lib, yana bir bor ushbu tarixiy obidalarning kecha va buguni haqidagi ma’lumotlarni tinglab o‘tgan ulug‘ ajdodlarimiz haqqiga duo qilishdi.

     Bu kabi ziyoratlar yil davomida nafaqat shahrimiz balki yurtimizning barcha tarixiy obidalari va so‘lim go‘shalari bo‘ylab tashkil qilinadi.

Kategoriya Yangiliklar

Ma’lumki, har yili universitetimiz professor-o‘qituvchilari dunyoning ko‘plab davlatlaridagi universitetlarda turizm sohasida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda, seminarlarda ishtirok etib o‘z bilim va mahoratlarini oshirib kelishmoqda.

Joriy yilning 4-yanvarida oliygohimiz professori Nargiz Nurulla Xo‘jaeva ham Gonkong Politexnika Universiteti mehmonxona va turizm menejmenti maktabi tomonidan tashkil etilgan “Buyuk Ipak yo‘li savdogarlari: Qadimgi Ipak yo‘lining turizm durdonalari” mavzuidagi seminarda ishtirok etdi. Ushbu seminarda Buyuk Ipak yo‘li tarixi, undagi savdogarlar hayoti, eramizdan avvalgi 6-asrdan Chingiziylar davrigacha bo‘lgan boylik va integratsiya haqidagi qiziqarli ma’lumotlar o‘rtaga tashlandi. Ushbu seminar o‘sha davrdayoq xalqaro savdo aloqalarining yuksalganligi, shaharlar hayotining nechog‘lik qizg‘in bo‘lib, turizmning ilk ko‘rinishlari paydo bo‘la boshlaganligini aks ettirganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Seminarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professorining faol ishtiroki e’tirof etildi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 5-yanvar kuni universitetning faollar zalida universitet jamoasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni universitetning Birinchi prorektori J.Eltazarov olib bordi. Birinchi prorektor J.Eltazarov yig‘ilish ishtirokchilarini hisobot yilida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan attestatsiya va davlat akkreditatsiyasi bo‘yicha “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini tashqi baholash xulosasi” bilan tanishtirdi.

Majlis kun tartibidagi masala bo‘yicha universitetning “Ta’lim sifatini ta’minlash va akkreditatsiya” bo‘limi boshlig‘i A.To‘xtamishov so‘zga chiqib, Tashqi baholash jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarini bayon qildi. Shundan so‘ng yig‘ilish jarayonida Tashqi baholash jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Tanqidiy ruhda o‘tgan mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 2023-yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarining bajarilish holati ham tahlil qilindi. Tahlil natijasida hisobot yilida universitet jamoasi tomonidan erishilgan yutuqlar e’tirof etilishi bilan bir qatorda belgilangan ko‘rsatkichlar yetarli darajada bajarilmagan bandlar bo‘yicha mas’ullarning hisobotlari ham tinglandi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Yig‘ilishda Konsepsiya doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 2024-yil uchun maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqildi. Shuningdek, yig‘ilishda universitet jamoasining 2024-yilda amalga oshiradigan ustivor vazifalari ham muhokama etilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar va ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston-2030 strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni asosida oliy ta’lim bilan qamrovni yanada kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish hamda ta’lim muassasasining xalqaro jozibadorligini ta’minlash maqsadida universitetning mavjud ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha nazorat rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 4 yanvar kuni universitetimiz Tarix va madaniy meros kafedrasi o‘qituvchisi, professor Muxsin Xidirov “Yangi shahar va Evropacha uslubda barpo etilgan binolar”- ning arxitekturaviy tuzilishi va innovatsiyalarga asoslan dizayn xususiyatlari mavzuida ma’ruza qildi. Ushbu ochiq ma’ruzada 19 asr oxiri – 20 asr boshlarida Samarqand shahri tarkibida rus arxitektorlari tomonidan loyihalangan “Yangi shahar va Evropacha uslubda barpo etilgan binolar”- ning arxitekturaviy tuzilishi va innovatsiyalarga asoslan dizayn xususiyatlari ochib berilgan. Ahamiyatlisi, ushbu tadqiqotlar yaponiyalik mutaxassislar bilan birgalikda o’tkazilgan xalqaro ekspeditsiya xulosalariga asoslangan.   

Kategoriya Yangiliklar
6 dan 6 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar