Yangiliklar: Yanvar 2024

Joriy yilning 23-yanvar kuni Oliy ta’lim sohasida hamkorlik bo‘yicha o‘tkazilgan Xitoy-O‘zbekiston forumi Xitoyning Tyanszin shahridagi Tiankay Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar bog‘ida bo‘lib o‘tdi. Dastlab Forum ishtirokchilarini Tyanszin ta’lim bo‘yicha ishchi qo‘mitasi kotibining o‘rinbosari Liu imon va O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inomjon Majidov qizg‘in qutladi. Shundan so‘ng shahar sanoat va axborot texnologiyalari byurosi va madaniy turizm byurosining hisoboti tinglandi.  Ahamiyatlisi, forumda O‘zbekiston universitetlari rektorlari tomonidan ta’lim sohasidagi hamkorlik bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

 Tadbirning yakuniy qismida esa O‘zbekiston va Xitoy davlatlari oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlik memorandumlarini imzolash marosimi va  xitoylik va o‘zbekistonlik talabalarning qo‘shma chiqishlari bo‘lib o‘tdi.

Kategoriya Yangiliklar

Xitoy Xalq Respublikasi ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 22-yanvar kuni Xitoyning Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan bo‘lib o‘tgan yuzta universitetning forumi doirasida Chet tillar ikkinchi Pekin universitetida O‘zbekistonning 37 ta ta’lim muassasasi va Xitoyning 110 ta universiteti ishtirokida yalpi majlis o‘tkazildi. Yalpi majlisda ikki mamlakatning tegishli vazirlik va yelchixonalari vakillari, shuningdek, ta’lim muassasalari vakillari so‘zga chiqishdi. Forum doirasida “O‘zbekiston va Xitoy universitetlari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida Pekin Deklaratsiyasi” e’lon qilindi.

Bundan tashqari, asosiy fanlar, muhandislik va IT, gumanitar fanlar va tibbiyot yo‘nalishlarida parallel bo‘limlar tashkil yetildi. “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti proektori Professor Toni Zou gumanitar fanlar bo‘limida taqdimotlar qildi. Forumning yakuniy qismida Xitoy Xalq Respublikasi va O‘zbekiston ta’lim muassasalari o‘rtasida memorandumlarni jamoaviy imzolash va hamkorlik qilish marosimi tashkil etildi.

Kategoriya Yangiliklar

Ma’lumki, mamlakatimizdagi barcha davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda ushbu nizomning 9-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan “Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari” (Adliya vazirligi tomonidan 3214 - son bilan 2020-yil 27-yanvarda davlat ro‘yxatiga olingan) asosida amalga oshiriladi.

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, maktabdan tashqari, oliy, oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi ilmiy va ta’lim tashkilotlari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash davlat ta’lim muassasalarini hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini belgilaydi.

Attestatsiya - lotincha attestātio “guvohlik berish”, “tasdiqlash” so‘zlaridan olingan bo‘lib, bugungi kunda ta’lim tashkilotining faoliyatini baholashda davlat nazoratining asosiy shakli hisoblanadi va ta’lim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat ta’lim standartlari hamda davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.

Akkreditatsiya - lotincha accredo, “ishonmoq”, “ishonch bildirmoq” so‘zlaridan olingan bo‘lib, bu ta’lim muassasalari faoliyati davlat ta’lim standartlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqini beradi.

Mazkur Nizomda “yangi tashkil etilgan ta’lim tashkilotlari ular tashkil etilgan paytdan boshlab 5 yil muddatga akkreditatsiyadan o‘tgan deb hisoblanadi”. “Belgilangan muddatlar tugaganidan so‘ng ta’lim tashkilotlari akkreditatsiyadan o‘tkazilishi shart” ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shunga muvofiq, universitetimiz faoliyatini boshlaganligiga 5 yil to‘lganligi sababli universitetni attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish maqsadida “Ta’lim sifatini ta’minlash va akkreditatsiya” bo‘limi tomonidan 2022-yil 22-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga ariza bilan murojaat qilinib, respublika OTMlarini 2023-yilda attestatsiyadan o‘tkazish rejasiga universitetni kiritish so‘raldi. Mazkur arizaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2022-yil 27-oktabrdagi “Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 306-son buyrug‘i asosida universitetimiz 2023-yilda tashqi baholashdan o‘tkazish bo‘yicha respublika rejasiga kiritildi. Mazkur buyruq asosida universitetning 2022-yil 9-noyabrdagi 264-sonli buyrug‘i tayyorlanib, mazkur buyruq asosida tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha universitetning oxirgi ikki yillik faoliyatini kompleks tahlil qilish asosida ichki baholashdan o‘tkazildi. Ichki baholash jarayonida aniqlangan kamchiliklar ishchi guruhi tomonidan joyida bartaraf etilib, ichki baholash natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlandi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 17-apreldagi “Ta’lim tashkilotlarini tashqi baholashdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 97-son buyrug‘i asosida 2023-yil 22-31-may kunlari universitetimiz faoliyatini Tashqi baholashdan o‘tkazilishi belgilab berildi. Tashqi baholash jarayoni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda ushbu nizomning 9-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan “Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari” asosida o‘tkazildi.

undefined

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 7-noyabrdagi “Talabalarning fan dasturlarini o‘zlashtirish darajasi (bilimi) bo‘yicha nazorat ishlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 492-son buyrug‘i asosida 2023-yil 20-21-noyabr kunlari universitetimiz talabalarining fan dasturlarini o‘zlashtirish darajasi (bilimi)ni aniqlash bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan test sinovi natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan.

 

Talabalarning fan dasturlarini o‘zlashtirish darajasi (bilimi) bo‘yicha

o‘tkazilgan nazorat ishlari

NATIJALARI

Ta’lim yo‘nalishlari va

mutaxassisliklar

Talabalar soni

Test sinovlarida ishtirok etgan talabalar soni

Ijobiy baholanganlar

soni

%

Bakalavr

1

Turizm (xalqaro va ichki turizm)

225

225

204

90,7

2

Turizm faoliyatida logistika

27

27

27

100,0

3

Turizm sohasida marketing

48

48

48

100,0

4

Ommaviy tadbirlar menejmenti

18

18

18

100,0

Magistratura

1

Ijodiy sanoat (Creative Industry)

4

4

4

100,0

2

Turizm (xalqaro va ichki turizm)

4

4

4

100,0

Tashqi baholash komissiyasi xulosasiga ko‘ra, tashqi baholashga jalb etilgan va ijobiy baholangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining umumiy soni 78%ni tashkil qilganligi sababli “Attestatsiyadan o‘tdi” deb e’tirof etildi va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Attestatsiyadan o‘tdi” deb baholandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdim etilgan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini tashqi baholash xulosasi” universitet Senatida ko‘rib chiqildi va universitetni Tashqi baholash natijalari bo‘yicha xulosasida keltirilgan kamchiliklar va muammolarni barataraf etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

undefined

Kategoriya Yangiliklar

2024-yil 10-fevral kuni soat 11:00 da (universitet binosi 108-xona) “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda Buxoro davlat universiteti tadqiqotchisi Qodirov Azizjon Anvarovichning 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Hududlarda ekologik turizm salohiyatini barqaror rivojlantirish mexanizmining metodologik uslubiy asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.

Kategoriya E'lonlar

Shu kunlarda universitetimizning Marketing va rekruting bo'limi mas’ul xodimlari Samarqand shahridagi umumta’lim maktablarida turli uchrashuvlar o‘tkazib, muloqotlar olib bormoqda. Bo‘lim xodimlarining navbatdagi uchrashuvi 23-yanvar kuni shahardagi 37-ingliz tiliga ixtisoslashgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Asosan umumta’lim maktabining bitiruvchilari o‘tkazilgan muloqot davomida oliygohimiz faoliyati, unda yaratilgan shart-sharoitlar xususida atroflicha ma’lumotlar berildi. Maktab o‘quvchilari ham universitetimiz to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlarga ega ekanligi xususida gapirib oliygohimizning xorijdagi qaysi nufuzli oliy ta’lim muasassalari bilan hamkorlik qilayotganligi, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘rashdi. Ushbu savollarga ham batafsil javob berildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerak joriy o‘quv yilida  ushbu umumta’lim maktabini 187 nafar o‘quvchi bitirmoqda.

Kategoriya Yangiliklar

Turizm sohasida malakali, xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlab beradigan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyatini hamda ushbu oliy ta’lim maskanida olib borilayotgan ishlarni keng targ‘ib qilish, sohaga qiziqish bor bilimli va salohiyatli bitiruvchi o‘quvchi yoshlarni oliygohimizga jalb qilish maqsadida ushbu yilning 23-yanvar kuni Marketing va rekruting bo‘limi mas’ul xodimlari Samarqand shahridagi 45-maktabida tahsil olayotgan 110 nafar 11-sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida oliygohimiz faoliyati haqida batafsil tushuntirishlar berib o‘tildi. O‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga ham atroflicha javob qaytarildi. O‘zaro muloqot davomida o‘quvchi yoshlarga universitetimiz faoliyati haqidagi flayer va ma’lumotnomalar tarqatildi.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 23 Yanvar 2024 10:56

Ilmiy yo‘nalishdagi seminarlarga marhamat

2024-yil 3-fevral kuni soat 14:00 da va 16:00 da (universitet binosi 108-xona) “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda:
1.“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchisi To‘xtamishov Aziz Qahramonovichning 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Klaster yondashuvi asosida turizm sohasini innovatsion rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi;
2.Termiz davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi Xamzayeva Dilfuza Samarovnaning 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Turistik mahsulotlarni diversifikatsiyalash va mavsumiylashtirishning ustuvor yoʻnalishlari” mavzusidagi falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi.

Kategoriya E'lonlar

         2024-yilning 19-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiyeva “Men o‘zimni sevaman, menga o‘zim yoqadi!” nomli ajoyib motivatsion trening o‘tkazdi.

         Professor-o‘qituvchi va xodimlar qatnashgan tadbirda insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchi naqadar ulkan kuchga ega ekanligi, shu orqali uning baxtli, omadli bo‘lishi nazariy va amaliy jihatdan yoritib berildi. Maxsus psixologik metodikalar yordamida inson o‘zini boricha qabul qilishni, shu yerda va hozir, ya’ni real holatda bo‘lish va shu orqali energiyamizni ichki dunyoimizga yo‘naltirishga o‘rganish ko‘nikmalari shakllantirildi.

         Relaksatsion mashqlar yordamida qalbga quloq tutish, kayfiyatni ranglarda ko‘rish o‘z-o‘zini nazorat va isloh qilish, ruhiyatni tetiklashtirishga erishildi. Qiziqarli jamoaviy o‘yinlar esa ishtirokchilarga pozitiv emotsiyalar va xushkayfiyat ulashdi.    

Kategoriya Yangiliklar

Har bir umumta’lim maktabi bitiruvchisining oldida qaysi nufuzli oliy ta’lim muasassasida o‘qib tahsil olsam va kelajakda bilimli mutaxassislikka erishsam ekan, degan savol turadi. Ushbu savolga hozirdanoq “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga o‘qishga kirib xalqaro darajada ta’lim-tarbiya olish va turizm va madaniy meros sohasida yetuk mutaxassis bo‘lish imkoni bor ekanligini aytish orqali ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash lozim bo‘ladi. Joriy yilning 19 yanvar kuni Pastdarg'om tumanidagi 2-son ixtisoslashgan maktab bitiruvchilarining universitetimizga tashkil qilingan sayohati ham o‘quvchi yoshlarda juda katta taassurot qoldirdi. Ular oliygohimizdagi xalqaro ta’lim standartlari asosidagi sharoitlarni ko‘rib bu yerda ta’lim olayotganlarga havasi keldi. Men o‘zim ta’lim olayotgan 2-son ixtisoslashgan maktabni tugatib aynan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim olishni reja qildim, - deydi xalqaro sertifikatga ega o‘quvchilardan biri.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora tadbirlari to‘g‘risidagi F-79-sonli Farmoyishiga asosan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 1-kurs talabalari 2024-yilning 22-yanvar kuni  Kattaqurg‘on shahrida joylashgan harbiy qismda bo‘lib, u yerdagi kutubxona bilan yaqindan tanishishdi.

Kategoriya Yangiliklar
2 dan 6 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar