“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan Yaponiyaning nufuzli Wakayama Universiteti o‘rtasidagi talabalar almashinuvi dasturi mavjud. Shu dastur asosida, 2024-yilning aprel oyida 2 nafar 2 kurs talabalarimiz, Kadorkin Karim (Hot 122) va Otabekov Diyorbek (Log 122) Wakayama universitetiga o‘qishga yuborildi. Ushbu talabalarimiz 2023-2024 o‘quv yilida Yapon tili va madaniyati fanini tanlab, o‘zlashtirib kelgan. Talabalarimiz 1 yil davomida Wakayama universitetida yapon tili ko’nikmasini chuqurlashtiradi hamda boshqa mutaxassislik fanlarini o‘zlashtiradi. Talabalarimiz o‘qishiga muvaffaqiyat, shuningdek universitetlar o‘rtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlikning istiqbolini tilab qolamiz.
Universitetimiz talaba-yoshlariga turizm va madaniy meros sohalari bo‘yicha mahalliy va xorijlik professor-o‘qituvchilar tomonidan chuqur bilim va ko‘nikmalar berib kelinayapti.
Nazariyani o‘rganish bilan birga, uni o‘z joyida ko‘rish hamda oliygohimiz tyuterlari bilan birga, tarixiy obidalarni va muzeylarni ziyorat qilish maqsadida shahrimizdagi “O‘zbekiston va Xitoy merosi” ekspozitsiyasi hamda “Diniy bag‘rikenglik” muzeyiga sayohat tashkil qilindi. Besh muhim tashabbus doirasidagi ushbu sayohat davomida talaba-yoshlar muzeydagi turli ko‘rgazmalar, qadimiy tangalar, sur’atlar bilan yaqindan tanishdi.
Bahorning iliq kunlarida darsdan keyin sport bilan shug‘ullanish kishi uchun zavq bag‘ishlash bilan birga, salomatlik garovi ham hisoblanadi. Shu kunlarda talabalarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida universitetimizga qarashli Talabalar turar joyidagi sport maydonchalarida qizlar uchun sportning badminton, o‘g‘il bolalar uchun futbol turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib kelinayapti. Musobaqada barcha talabalarimiz faol bo‘lish bilan birga musobaqalarda g‘oliblikka ham erishib kelayapti.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Turizm kafedrasi professor-o‘qituvchilari 26-aprel kuni Sharja Amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi.
Universitet qoshidagi Art-Rezidentsiyada ochilgan Sharja Amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi Arabiston va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi munosabatlar tarixi hamda Sharja Amirligining neolit davridan Islomgacha boʻlgan davriga oid 170 dan ortiq arxeologik topilmalar oʻrin olgan.
Joriy yilning 25-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi hamda uinversitetning Yoshlar bilan ishlash va tadbirlar bo’limi hamkorlikda “Davlat va jamiyat boshqaruvida xotin-qizlarning o’rni va mavqeyini yanada mustahkamlash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirni unversitetning birinchi prorektori D.Nasimov ochib berdi va “Yangi O’zbekistonda xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar” mavzusida ma’ruza qildi.
Bugungi kunda jamiyatda xotin-qizlar o‘rtasidagi huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish dolzarb masala mavzusida ma’ruzasi bilan viloyat IIB Xuquqshunoslik profilaktikasi boshqarmasining muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori N.Sattorova o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.
Joriy yilning 25-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mas’ullari, tyutorlari va Samarqan viloyat IIB huzuridagi “Jinoyat xavfsizlik xizmati” boshqarmasi inspektori Nilufar Sattorova bilan hamkorlikda universitet hududida “Talaba xavfsizlik kuni” munosabati bilan talaba-qizlar uchun profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda so‘z olgan mutasaddilar bugungi murakkab davrda internetdan, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalinish, ma’lumot bilan birga zararli axborotlar ham keng tarqalayotganligini, ayniqsa, iymon-e’tiqodga rahna soluvchi, dinu diyonatga putur yetkazuvchi va insonni zalolatga boshlaydigan xar-xil materiallar avj olayotganligi xususida gapirishdi.
Bundan tashqari ayrim yoshlarimiz bilib, bilmay ayrim ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolayotganligi xususida aytildi. Bugungi kunda yoshlarimizni aqidaparast g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetini mustahkamlash va ularni g‘oyaviy xatarlardan ogoh bo‘lishlari uchun turli tadbirlar olib borilayotganligi haqida so‘z bordi. Tadbir davomida mas’ullar tomonidan universitet binosidagi kuzatuv kameralari, turniketdan kirib-chiqish vaqtlari, davomat tekshirildi va monitoringdan o‘tkazildi.
Ostonov O‘tkir Yangiboyevichning iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilish bo’yicha Ostonov O’tkir Yangiboyevichning 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha «QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISH VA TASHKILIY–IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH» mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 27-aprel kuni soat 10:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
О защите докторской философии (PhD) по экономике диссертации Остонова Уткира Янгибаевича
Остонов Уткир Янгибаевич - защищает PhD диссертацию на тему «РАЗВИТИЕ СЕЛЬСКОГО ТУРИЗМА И СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ОРГАНИЗАЦИОННО – ЭКОНОМИЧЕСКИХ МЕХАНИЗМОВ» по направлению 08.00.17 – «Туризм и гостиничная деятельность» на научном совете DSc.33/01.02 .2022.I.145.01 при международном университете туризма и культурного наследия «Шелковый путь» 27 апреля в 10:30.
2024-yilning 26-aprel soat 15:00 da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Ilmiy faoliyat uchun foydali bo‘lgan kurslar haqida ofline seminar tashkil etiladi.
O’z ilmiy faoliyatini yaxshilash niyatida bo‘lgan professor-o‘qituvchilar doktorontlar, magistr va iqtidorli talabalarni seminarga taklif etamiz.
Seminar o’tkazilish joyi: Universitet binosi 108-xona
Universitetimizda nafaqat kunduzgi ta’lim yo‘nalishida o‘qiyotgan balki sirtqi ta’lim yo‘nalishida ta’lim olayotgan talaba-yoshlar uchun doimiy sport tadbirlari tashkil qilib kelinayapti.
Ushbu hafta davomida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha tahsil oluvchi talabalardan iborat jamoalar o‘rtasida mini-futbol musobaqasi o‘tkazildi. Qiziqarli va bellashuvlarga boy o‘tgan mini futbol musobaqasida kuchli va shiddatkor bo‘lgan jamoalar g‘olib bo‘lishdi va o‘yin yakunlariga ko‘ra, g‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz