Joriy yilning 19-22-aprel kunlari Xitoyning Quanzhou shahrida dunyonning turizm va madaniy meros sohasida ta’lim beradigan 120 dan ortiq oliy ta’lim muasassalarining professor olimlari ishtirokida yirik ilmiy forum o‘tkazildi. Forum "Tuya qo'ng'iroqlari va yelkan soyalari o'rtasidagi ikkinchi muloqot, Ipak yo'li turizmini rivojlantirish va sivilizatsiyalarni o'zaro o'rganish" mavzuiga bag‘ishlandi. Ilmiy forum Huaqiao universitetida o‘tkazilib, unda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Toni Zou ham ishtirok etdi va ma’ruza qildi. Universitetimiz professori o‘z nutqida "Ipak yo'li" tushunchasining kelib chiqishi va uning tarixi xususida gapirib anjumanning yevropalik, hindistonlik va xitoylik olimlarning bu haqidagi fikrlarini umumlashtirgan holda ayrim tushunmovchiliklariga oydinlik kiritganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Shu kunlarda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus doiarasida oliygohimiz talaba-yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda ularni tariximizni yanada chuqurroq o‘rganishini tashkil qilish maqsadida shahrimizdagi tarixiy obidalarga sayohati tashkil qilindi.
Asosan bir guruh birinchi bosqich talabalari Amir Temur maqbarasiga tashrif buyurib ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan asori atiqalar bilan yaqindan tanishdi.
Universitetimizning Talabalar turar joyida turli tadbirlar, davra suhbatlari tashkil qilib kelinayapti. Ana shunday davra suhbatlaridan biri yaqinda birinchi bosqich talabalari uchun tashkil qilindi. Uchrashuvda Samarqand shahridagi “Gedeon Rixtor” mas’uliyati cheklangan jamiyati shifokori, endikrinolog Zilola Adizova talaba-qizlar bilan yaqindan muloqot qildi. Muloqot jarayonida mutaxassis talaba-qizlarga o‘z tavsiyalarini berish bilan birga, qiziqtirgan savollariga javob qaytardi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Turizm kafedrasi mudiri Akmaljon Odilov hamda kafedra dotsenti Saodat Jalolova “O‘zbekiston Respublikasi turizm obyektlarining katalogini raqamlashtirishning turizm rivojlanishiga ta’sirini tadqiq etish” dasturi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining guvohnomasiga ega bo‘ldi.
Universitetimizning “Tillar va global tadqiqotlar kafedrasi” katta o‘qituvchisi O.Nabiyev “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumi o‘qituvchi va o‘quvchilariga “Chet tillarini o‘qitishning zamonaviy metodlari” va “O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish” mavzusida seminar hamda davra suhbati o‘tkazdi. Ushbu tadbirlarda o‘qituvchimiz tomonidan xorijiy tillarni o‘qitishda ko‘proq nimalarga e’tibor qaratish lozimligi xususida o‘z tavsiyalarini berdi va o‘qituvchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi. Ahamiyatlisi, o‘qituvchimiz Marg’ilon turizm va madaniy meros texnikumi kutubxonasiga mualliflar T.Sultanov va Z.Eshmurodovalarning “Turistlar uchun fransuzcha-o‘zbekcha va o‘zbekcha fransuzcha so‘zlashgich” kitobini taqdim etdi.
“Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining yosh va faol o'qituvchisi Xusen Ibragimov Portugaliyaning Aveiro universitetida o‘tkazilgan O'zgarmas energiya va barqaror turizm bo'yicha II xalqaro seminarda 1995-2023-yillar davomida dunyoning 200 ta mamlakatida barqaror turizmning asoslarini aniqlash bo'yicha ilmiy tadqiqoti bilan faol ishtirok etdi.
Bundan tashqari o‘qituvchimiz Ispaniyaning Alikante universitetida tashkil qilingan seminarlarda ham ishtirok etdi. Quvonarlisi, o‘qituvchimizning ushbu xalqaro seminarlardagi faol ishtiroki hamda olib borgan ilmiy tadqiqotli natijasida Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib, Aveiro universiteti tomonidan moliyalashtiriladigan doktorlik tadqiqot loyihasiga ilmiy tadqiqochi sifatida qabul qilindi.
O‘qituvchimiz Xusen Ibragimovni ushbu muvaffaqiyati bilan qutlab ilmiy ishlarida omad tilaymiz.
Prezidentimizning 2024-yil 21-fevral kuni “O’zbekiston - 2030” strategiyasida belgilab berilgan vazifalar hamda Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili davlat dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 23-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov Samarqand shahar “Semurg‘” mahallasida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda universitetimiz birinchi prorektori yoshlarning turmush tarzi, qiziqishlari va kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi. Shu o‘rinda mahalla yoshlari ham rejalari, ularni qiynab kelayotgan muammolari xususida gapirdi.
Masalan, ushbu mahallada yashovchi N.Musaev umumta’lim maktabining 11-sinfida o‘qishi, san’atning doira chalish turi bilan shug‘ullanishi xususida gapirib bu bo‘yicha mahoratini oshirish maqsadida to‘garakka qatnashish istagi borligini bildirdi. Mahallaning Yoshlar daftarida ro‘yxatda turuvchi M.Isroilova bir nafar farzandi borligi va ayollar sartaroshlik kasbini egallamoqchi ekanligi xususida gapirdi. Uchrashuvda barcha yoshlar o‘z orzu, istaklari, rejalari xususida gapirib berdi.
Universitetimiz mutasaddilari ushbu mahalla yoshlarining muammolarini hal qilishda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlgan holda amaliy yordam ko‘rsatilishini bildirib zarur chora-tadbirlarni belgilab olishdi.
Ushbu o‘quv yilida universitetimizda 64 nafar xorijlik talabadan 59 nafari magistratura yo‘nalishida, 5 nafari bakalavriatning kunduzgi sirtqi bo‘limlarida tahsil olmoqda.
Xorijlik talabalar bilan universitetimiz rahbariyati doimiy ravishda muloqotlar o‘tkazish orqali ularning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish hamda taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan. Shu munosabat bilan bugun 23 aprel kuni universitetimiz Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori, professor D.Nasimov bilan oliygohimizda magistratura yo‘nalishida tahsil olayotgan xorijlik talabalar bilan uchrashuvi tashkil qilindi.
Uchrashuvda universitetda amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar xususida ma’lumotlar berildi. Ochiq va samimiy o‘tgan muloqotda xorijlik talabalarning fikrlari, savollari tinglanib zaruriy choralar ko‘rilishi yuzasidan mas’ullarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Joriy yilning 19-aprel sanasida Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti Turkologiya ilmiy-tadqiqotlar instituti direktori professor doktor Bulent Bayram boshchiligidagi delegatsiya universitetga tashrif buyurdi.
Universitetning Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori professor Dilmurod Nasimov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida ikki tomonlama o‘rnatilgan hamkorlik yo’nalishlarini yanada rivojlantirish va Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti qoshida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib qilish orqali turistlar oqimini ko‘paytirish hamda mamlakatimiz nufuzini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-19-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan dastlabki “O‘zbekshunoslik” kafedrasini tashkil qilish yuzasidan kelishuvga erishildi. Uchrashuvda Prof. Bulent Bayram Turkiya OTMlarida ham mazkur kafedrani tashkil qilinishida o‘zining amaliy yordamini ko‘rsatishini ta’kidladi.
Joriy yilning 22-aprel kuni Xiva turizm va madaniy meros texnikumida Samarqand "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘qituvchisi Mahmoud Emam tomonidan "Ipak yo‘li bo‘ylab madaniy meros almashinuvi va uning Xitoy va O‘zbekiston arxitekturasida aks ettirish" mavzusi bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz