Yangiliklar: Aprel 2024

Seshanba, 23 Aprel 2024 10:42

E’LON

Doimo yosh va sog‘lom bo‘lishning birinchi qoidasi jismoniy tayyorgarlik hisoblanadi. Talabalarimizning jismoniy tayyorgarligini yanada yaxshilash maqsadida 2024-yil 22-apreldan 22-maygacha “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari oʻtkazilishi belgilandi.

Kategoriya E'lonlar
Seshanba, 23 Aprel 2024 10:27

“Olima ayollar” tanloviga marhamat!

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Olima ayollar” tanlovining 86-turi e'lon qilindi.

Ushbu tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘IIab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoniga asosan ilmiy-tadqiqot ishlarining ustuvor yo‘naIishIari doirasida tashkil etilmoqda. Tanlov doirasida ilmiy ekspertiza natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan ilmiy loyihalar fan yo‘nalishari kesimida ajratiladigan kvotalar asosida saralab olinadi. Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar www.grant.mininnovation.uz — davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali 2024-yiIning 1-mayga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

Kategoriya E'lonlar

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tarix va madaniy meros” kafedrasi oʻqituvchisi Nodir Xushvaqtov Germaniyaning Gyottingen universitetida ilmiy amaliyot oʻtadi. Mazkur ilmiy amaliyot DAAD dasturi (Germaniya akademik almashuv xizmati) ning “Yevropa istiqbollari dialogda: Markaziy Osiyo va G’arb tadqiqotlari” (“European Perspectives in Dialogue: Central Asia and Western Research”) xalqaro granti doirasida tashkil etildi. Amaliyot davomida Germaniyaning Gyottingen universitetida olib borilayotgan Markaziy Osiyo tarixiga oid tadqiqotlar tahlil qilindi. Shuningdek, Berlin shahrida joylashgan Germaniya davlat kutubxonasida saqlanayotgan O’zbekiston tarixiga oid bo’lgan noyob manbalar va muzeylarda saqlanayotgan Ipak yo’li shaharlari tarixiga oid ma’lumotlar bilan yaqindan tanishildi. O‘qituvchi tomonidan amaliyot davomida o’rganilgan zamonaviy ilmiy-amaliy ko’nikmalar dars jarayonlarida samarali tarzda foydalanib kelinmoqda.

Kategoriya Yangiliklar

Talaba-yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etish maqsadida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari o‘rtasida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov natijalari quyidagicha:

1-oʻrin “Ibrat” jamoasi

2- oʻrin “Intellekt” jamoasi

3- oʻrin “Content” jamoasi

Kategoriya Yangiliklar

Eron Milliy muzeyi direktori doktor Jebrail Nokandeh va muzeyning madaniyat masalalari boʻyicha oʻrinbosari doktor Fereydun Biglar Eron arxeologiyasi va tarixiga oid 16 jildlik kitoblarni universitetimizga taqdim etishdi. Ushbu kitoblarning 14 jildi Eron arxeologiyasi va tarixiga oid bo‘lsa, yana bir jildi Eron milliy muzeyidagi Niderlandiya ko'rgazmasiga oid kitob va yana bir jildi Eron Milliy muzeyidagi Luvr muzeyi ko‘rgazmasida haqidagi kitoblar haqida.

 Ushbu kitoblarni universitetimizning "Tarix va madaniy meros" kafedrasi assistent-professori Morteza Khanipur va Sepideh Jamshidi Yeganeh yetkazib berishdi. Yuqoridagi kitoblar Eronning paleolit ​​davridan to hozirgi davrgacha bo‘lgan arxeologik topilmalari haqida tanishtirishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ushbu kitoblar Eronning asosiy arxeologik topilmalari haqida malumotlar beradi, ularning ba'zilari O'rta Osiyo arxeologik topilmalari bilan taqqoslanadi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 10 nafar bitiruvchilari Samarqand shahridagi Hilton Garden INN mehmonxonasida o‘z amaliyotlarini yakunlab maxsus sertifikatga ega bo'lishdi. Bitiruvchilarimiz bir oy mobaynida universitetda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Quvonarlisi, mehmonxona ma’muriyati bitiruvchi talabalarimizdan 3 nafarini bilan mehnat shartnomasi imzoladi.

Kategoriya Yangiliklar

Bugun 22-aprel kuni Koreyaning Kvanju shahri, Kvansan-gu tumani mahalliy Kengashi raisi Pak Byun Kyu va ushbu hududda joylashgan Honam universiteti rektori janob Park Sang Cheol boshchiligidagi rasmiy delegatsiya universitetimizga tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlarni oliygohimiz Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori, prof. D.Nasimov kutib oldi and delegatsiya a’zolari bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida universitet tarixi, yo‘lga qo‘yilgan o‘quv tizimi va xorij bilan o‘rnatilgan hamkorlik xususida ma’lumot berib o‘tildi. Shuningdek Kvansan-gu tumani mahalliy Kengashi raisi janob Pak Byung Kyu tumanda yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy hayot, oliy ta’lim muassasalari xususan Honam universitetida mavjud ta’lim yo‘nalishlari haqida ishtirokchilarga  ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Koreyaning Honam universiteti o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib qilish orqali turistlar oqimini ko‘paytirish hamda mamlakatimiz nufuzini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-19-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan “O‘zbekshunoslik” kafedrasini tashkil qilish yuzasidan anglashuv memorandum imzolandi.

Ma’lumot uchun: Honam universiteti 1978 yilda tashkil qilingan bo‘lib, bugungi kunda 40 dan ortiq ta’lim yo‘nalishida 9200 nafardan ortiq talaba tahsil oladi. Ahamiyatlisi, ushbu universitetda O‘zbekistondan borib ta’lim olayotgan talabalar soni ham anchaginani tashkil qiladi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 20-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda qator hamkor tashkilotlar ishtirokida Samarqand shahridagi umumta’lim maktablari bitiruvchilari, abiturientlar uchun “Ta’lim forumi” o‘tkazildi. Tadbirning ochilish marosimida so‘z olganlar bu kabi tadbirlar yoshlarning oliy ta’lim muasassalariga o‘qishga kirishi uchun qulay imkoniyat ekanligi xususida gapirishdi.  Ta’lim forumi ko‘rgazma shaklida tashkil qilinib unda nafaqat yurtimizdagi oliy ta’lim muasassalari balki Kanada, Rossiya, Polsha, Yaponiya, Bolgariya kabi davlatlardagi nufuzli universitetlar vakillari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi. Ta’lim forumida ko‘plab bitiruvchi o‘quvchilar o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib mahalliy va xorijdagi oliy ta’lim muasassalari haqida to‘liq ma’lumotlar olishdi.   

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 18-19-aprel kunlari Buxoro davlat universitetida “Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati” mavzusida respublika o‘quv-seminari boʻlib oʻtdi.

Mazkur o‘quv-seminarda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarining 150 nafardan ortiq xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirok etishdi. Ushbu seminarning maqsadi O‘zbekistonda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yanada kengaytirish xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishning mustahkam asosini yaratish va bu yoʻlda esa oliy ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalar, huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikni belgilab olish  va o‘zaro tajriba almashishdan iborat.

Ikki kunlik seminar mazmunan boy, tajriba almashishga, samarali ish faoliyatini tashkil etishga katta zamin yaratdi. Anjumanning ikkinchi kunida Buxoroning tarixiy obidalari bo‘ylab tashkil etilgan sayyoxat ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Ushbu seminarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova ham  ishtirok etdi va o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Kategoriya Yangiliklar

Shu kunlarda yurtimizda, xususan ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandda mehmon bo‘lib turgan BAA Sharja amirligi Hukumati ijrochi raisi Shayx Fahim ibn Sulton Ol Qosimiy boshchiligidagi delegatsiya a’zolari 18-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘lishdi. Delegatsiya a’zolariga universitet tarixi va bugun kundagi faoliyati, turizm sohasiga mutaxassislar tayyorlash borasidagi ishlar, Turizm Akademiyasi xususida universitetimiz rektori Aziz Abduhakimov to‘liq ma’lumot berdi. Mehmonlar universitetda ta’lim-tarbiya jarayoni yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Delegatsiya a’zolarida universitetimizda tashkil qilingan turli san’at asarlari, milliy liboslar galeriyasi, turizm sohasidagi laboratoriyalar, kutubxona, sport zal faoliyati juda katta taassurot qoldirdi.

 - Menga Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti juda katta taassurot qoldirdi. Oliygohda ma’naviy qiymati juda yuqori bo‘lgan san’at asarlari borligini ko‘rib hayratga tushdim va qiziqishim yanada ortdi. Zamonaviy kampusdagi xorijlik va mahalliy talabalar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar turizm sohasining kelajagining yanada yorqinligidan dalolat beradi.   

Ma’lumot uchun 18 aprel kuni Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Art-Rezidensiyada Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib va unda  BAA Sharja amirligi Hukumati ijrochi raisi Shayx Fahim ibn Sulton Ol Qosimiy, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, Sharja arxeologiya boshqarmasi bosh direktori Eisa Yusuf, BAA delegatsiyasi vakillari, mahalliy mutaxassislar ishtirok etdi.

Kategoriya Yangiliklar
4 dan 9 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar