Yangiliklar: Aprel 2024

3-aprel kuni “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Samarqand viloyatida faoliyat olib boruvchi turistik korxonalar bilan uchrashuv o'tkazildi. Viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov olib borgan uchrashuvda turizm sohasiga mutasaddi bo‘lgan tashkilotlar, mehmonxona boshqaruvchilari ishtirok etdi. Tadbirda universitetimiz Horika bo‘limi boshlig‘i A.Sultonov oliygohimiz talabalarining turizim sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar bilan uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, amaliyot jarayonlari talabalarning ishtirokini ta’minlash kabi masalalarda o‘z firklarini bildirdi. Uchrashuvda barcha masalalar muhokama etildi hamda ularning taklif va mulohazalari eshitildi.

Malumot uchun hozirgi kunda Universitetimiz 300 dan ortik mehmonxona turfirma va kompanyalar bilan hamkorlik shartnomalari mavjud.

Kategoriya Yangiliklar

Universitetimizning Marketing va rekruting bo'limi mas'ul xodimlari Samarqand shahridagi 17-umumta’lim maktabida bo‘lib bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda o‘quvchilarga turizm va madaniy meros sohalarida  yoshlarni qiziqtirgan mutaxassisliklar bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berildi. Bu esa bitiruvchi sinf o‘quvchilarida katta qiziqish o‘yg‘otdi va oliygohimizning xorijdagi qaysi nufuzli oliy ta’lim muasassalari bilan hamkorlik qilayotganligi, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar xususida so‘rashdi. Ushbu savollarga ham batafsil javob qaytarildi.  

Kategoriya Yangiliklar
Payshanba, 04 Aprel 2024 15:27

Yosh kitobxon talabalar ligasi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari o‘rtasida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi e’lon qilindi. Agar siz kursdoshlaringiz bilan kitob o’qishga qiziqsangiz, unda shoshiling! Zudlik bilan do’stlaringiz bilan olti kishilik jamoa tuzgan holda Yosh kitobxon talabalar ligasi”ning universitet bosqichida ishtirok eting va Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiriting.

Jamoalar ishtirokini ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 1-apreldan,  10-aprelga qadar. Jamoalar ro‘yxatdan o’tishi uchun 235-xonaga murojaat qilishlari so'raladi.

Tanlov shartlari quyidagicha

1-shart “Men yoqtirgan asar”

Ushbu shartda jamoaning bir nafar a’zosi “Men yoqtirgan asar” nomi ostida o‘zi sevib o‘qigan asarini bo‘yicha 3 daqiqa annotatsiya beradi. Hakamlar ushbu shartni 1 balldan 10 ballgacha bo‘lgan tizimda baholashadi.

2-shart “Eng bilimdon kitobxon” savol-javob.

Bunda tanlov ishtirokchilari  o‘rtasida  jadidlar hayoti va ijodidan 30 ta savol-javob o‘tkaziladi. Barcha jamoalarga bir vaqtning o‘zida bir xil savol beriladi. Jamoa a’zolari bergan javoblarini 1 daqiqa ichida qog‘ozga yozib berishlari kerak. Bitta savol uchun 1 balldan 30 ballgacha bo‘lgan tizimda  baholanadi.

Birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rinni kiritgan g‘olib talabalar va ularning ota-onalari universitet ma’muriyati tomonidan munosib taqdirlanadi.

Barcha iqtidorli va kitobsevar talabalarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishini so‘raymiz!

Kategoriya E'lonlar
Payshanba, 04 Aprel 2024 14:44

Talabalar xavfsizlik kuni

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mas’ullari, tyutorlari va Samarqan shahar IIB uchastka-profilaktika noziri Zafar Abdullaev hamkorligida Talabalar turar joyi va universitet hududida “Tig‘” tadbiri o‘tkazildi.  Ushbu tadbir TTJda istiqomat qilayotgan  va ta’lim olayotgan talabalarning hayoti va sog‘lig‘iga nisbatan turli huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, universitetga va TTJga qonunchilikda belgilanmagan turli darajadagi jism va moddalarning noqonuniy olib kelinishining oldini olish maqsadida maxsus o‘tkazilgan tadbirlardan biri hisoblanadi.

 Tadbir davomida mas’ullar tomoindan TTJ va universitet binosidagi kuzatuv kameralari, turniketdan kirib-chiqish vaqtlari, talaba-yoshlarning dars jarayonlarida qatnashishi o‘rganilib monitoringdan o‘tkazildi.

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 03 Aprel 2024 16:36

E’lon!

Joriy yilning 4-aprel kuni soat 15:00 da Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali direktor o'rinbosari Farhod Ahrorov tomonidan “Loyhialarni tayyorlash va topshirish” mavzusida universitetning 229-xonasida seminar tashkil etilmoqda. Ushbu mavzuga barcha professor-o‘qituvchilarni, tadqiqotchilarni va xodimlarni seminarga taklif etamiz.


Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi

Kategoriya E'lonlar

29-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Xitoyning Shinjon inson resurslari guruhining bosh menejeri Janob Mo Weygang boshchiligida delegatsiyasi a’zolari tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitetimiz ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, prof Toni Zou kutib oldi.  Dastlab delegatsiya a’zolari universitetning milliy liboslar galereyasi, kutubxonasi, amaliyot o'quv xonalari va BMT Samarqand turizm Akademiyasi hamda universitet qoshidagi Art rezidensiyada yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Universitetimiz prorektori Toni Zou va bosh menejer Janob Mo Weygang kelajakdagi hamkorlik bo'yicha muloqot o‘tkazdi.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish o‘rinliki, "Xinjiang Talent Group" 2023-yil oktyabr oyida tashkil etilgan. Bu avtonom viloyat Xalq hukumatining iste'dod siyosatini amalga oshirishni o'z zimmasiga oladigan va butun mintaqada iste'dod sanoatining rivojlanishini muvofiqlashtiradigan bozorga yo'naltirilgan va davlat platformasi hisoblanadi.

Kategoriya Yangiliklar

Turizm sohasida gastronomiya turizmi muhim o‘rin egallaydi. Har bir xalqning o‘z milliy taomlari bor. Shu kabi milliy taomlarni targ‘ib qilish orqali gastronomik turizmni rivojlantirish, xalqlarning milliy taomlarini targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 2-aprel kuni universitetimizda “I-xalqaro madaniyatlararo milliy taomlar” ko‘rgazmasi tashkil etildi. O‘tkazilgan milliy taomlar kechasi ishtirokchilar oʻz davlatining madaniyatini aks ettiruvchi milliy taomlari bilan ishtirok etdi.

Ma’lumki, bugungi kunda universitetda Indoneziya, Malayziya, Ozarbayjon, Tojikiston, Gretsiya, Turkiya, Iroq, Rossiya, Xitoy, Bangladesh, Eron, Fransiya, Misr kabi davlatlardan kelgan yoshlar magistratura yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olmoqda. Tadbirda xorijlik va mahalliy talabalar, magistrlar tomonidan o‘z davlati, xalqiga xos bo‘lgan madaniyatga tegishli milliy taomlar va milliy liboslarini namoyish qilishdi. Hech shubhasiz, milliy taomlar ko‘rgazmasini xalqimizning milliy taomi hisoblangan palovxon to‘ra ham tayyorlanib dasturxonga tortildi. Bu kabi tadbirlar mahalliy va xorijlik talaba-yoshlarni yanada hamjihatlikka va inoqlikka chorlashi bilan ahamiyatlidir.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 4-13 mart kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm” kafedrasi o’qituvchisi Elnurjon To'ychiyev Hindiston Respublikasining Nyu-Dehli shahridagi Hindiston tashqi savdo instituti (IIFT), Jahon savdo tashkilotini o’rganish markazi tomonidan tashkil etilgan “Jahon savdo tashkiloti va xalqaro savdoda yuzaga kelgan muammolar” yo’nalishidagi kursda ishtirok etdi. Ushbu kursda Jahon savdo tashkiloti (JST)ning asosiy vazifalari, maqsadlari va dolzarb muammolari yechimining davlatlararo xal etilish tartiblari va qoidalari haqida nazariy va amaliy bilimlar bilan yaqindan tanishdi.

Bu kursda o'rgangan bilimlari va tajribalari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Turizm” kafedrasi o’qituvchisi sifatida uning talabalarga turizm sohasidagi globallashuv jarayonida savdo aloqalarini yaxshilash, JSTning savdo aloqalaridagi mavjud qoidalarni talabalarga taqdim etishdagi yangicha yondashishga asos sifatida xizmat qiladi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 28-mart kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ma'ruzalar zalida sakkizinchi ilmiy seminar bo'lib o'tdi. Seminarda universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, mahalliy hamda xorijlik talabalar, magistrlar ishtirok etishdi.

Seminarni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori, prof. Toni Zou olib bordi. T.Mirzaev o'z taqdimotida O'zbekistonda turizmni rivojlantirishda "Turizm mahsulotlarini diversifikatsiya qilish: mintaqaviy rivojlanish dasturlari, maqsadli brending" mavzusi bilan tanishtirdi. Ma’ruzachi so'nggi yillarda O'zbekistonda turizmni rivojlantirish va turizm brendlarini xalqaro miqyosda qanday targ'ib qilish haqida batafsil ma'lumotlar berdi. Doktor T.Mirzaevning yorqin va batafsil taqdimoti o'qituvchi va talabalarda katta qiziqish o‘yg‘otdi. Seminarda T.Mirzaev ishtirokchilarning savollariga batafsil javob qaytardi. Seminar so‘nggida prof. Toni Zou T. Mirzaevga an'anaviy xitoycha sovg'a berdi.

Kategoriya Yangiliklar

2024-yil 1-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova va unversitet sport klubi rahbari Z.Kafiyev bilan birgalikda unversitet hududiga qarashli Samarqand shahar O‘zbekiston” mahallasi hududidagi aholi xonadonlari farzandlarini oliygohimizda tashkil etilgan fan  va  sport to‘garaklariga jalb qilish ishlari olib borilayapti.

 Mahalla yoshlarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida tashkil qilingan ushbu tashabbusda universitetimiz xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova va unversitet sport klubi rahbari Z.Kafiyev bosh-qosh bo‘lgan holda turli tadbirlar va sport mashg‘ulotlari tashkil etib kelishayapti.

Mashg‘ulotlar oldin M.Abbasova bolajonlarga tenqurlari bo‘ldan qiz bolalarga nisbatan “Gender tarbiya”  mavzusida tushuntirishlar  berib o‘tdi.

Kategoriya Yangiliklar
8 dan 9 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar