Yangiliklar: Aprel 2024

Seshanba, 09 Aprel 2024 10:07

E’LON

Saidmamatov Olimjon Aminboy o‘g‘lining iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

Saidmamatov Olimjon Aminboy o‘g‘lining 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha «Orolbo‘yi mintaqasida ekoturizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish» mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 13-aprel kuni soat 10:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: 140104, Universitet xiyoboni, 17, Samarqand shahri.

Tel/faks:  (998 66) 240-67-68, faks: (998 66) 240-67-68

E-mail: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Kategoriya E'lonlar

Joriy yilning 8-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining oliygohimizdagi Kengashi hamda Sport mashg‘ulotlari bo‘limi hamkorligida talabalar o‘rtasida “Shaxmat turniri” o‘tkazildi.

Tashkil etilgan shaxmat turniri qiziqarli bahslarga boy bo‘lib unda eng zukko va bilimdonlar g‘olib bo‘lishdi. Musobaqa g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Kategoriya Yangiliklar

Lavozim nomi: Tarbiyachi-pedagog

Ma’lumot: Oliy (magistr).

Mutaxassislik: Pedagogika va psixologiya, Turizm, Tarix, Filologiya (TOP-500, TOP-1000 ro‘yxatidagi OTMlarni tugatgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi)

Mehnat staji: Ta’lim sohasida kamida 3 yil ishlagan bo‘lishi;

- katta hayot tajribasiga hamda talabalarga o‘rnak va namuna bo‘ladigan fazilatlarga ega bo‘lishi;

- pedagogika, psixologiya va tarbiya haqida dastlabki bilimlarni bilishi;

- yoshlarga oid davlat siyosatini, bugungi kundagi ijtimoiy-siyosiy hayotda kechayotgan voqealar hamda O‘zbekiston Respublikasining ta’lim-tarbiyaga oid siyosatini bilishi;

- kitobxonlik madaniyatiga hamda boshqa namunaviy shaxsiy fazilatlarga, intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lish.

Xorijiy tilni bilish darajasi: Rus va ingliz tillarini bilishi.

Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilishi, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olishi hamda Kompyuterda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.

Lavozim majburiyatlari:

Universitetning talabalar turar joyi (keyingi o‘rinlarda - TTJ)da tarbiyachi-pedagog, talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida, shuningdek Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining buyruq va ko‘rsatmalarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Universitet talabalari ongiga milliy g‘oyani singdirish, ularda erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod inson shaxsini shakllantirish masalasi, talaba-yoshlarning siyosiy ongini, xushyorligini yanada oshirish, jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlarga, voqea-xodisalarga, islohotlarga faol munosabatini tarbiyalash, hozirjavobligini oshirish hamda Vatanimiz taraqqiyotiga tahdid solayotgan turli ekstremistik oqimlar ta’siridan muhofaza qilishga qaratilgan ma’naviy-ahloqiy tarbiya ruhini shakllantirish va barkamol shaxsni tarbiyalashdan iborat.

Tarbiyachi-pedagog TTJda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etadi va talabalarning tarbiyaviy ishlari bilan shug‘ullanadi.

TTJdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi hamda quyidagi hamkorlar bilan birgalikda amalga oshiriladi:

Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti kengashi;

OTMni Xotin-qizlar qo‘mitasi;

kasaba uyushmasi qo‘mitasi;

fakultet dekanatlari;

kafedralar;

boshqa jamoat tashkilotlari vakillari.

Hamkor tashkilotlar vakillari TTJga belgilangan reja asosida tashrif buyurishadi.

 TTJdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yillik reja tuzadi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadi;

- TTJdagi talabalarni qiynayotgan muammolar va ularni qiziqtirgan masalalar xususida davra suhbatlari o‘tkazadi, qiziqarli mavzularda bahs-munozara va debatlar, ma’naviy-ma’rifiy mavzudagi kechalar tashkil etadi.

- ishlab chiqilgan reja asosida tyutorlarining talabalar turar joyga tashrifini tashkil etadi;

- talabalarning yashash sharoitlari va ularning dars bilan bog‘liq muammolari haqida tushunchalar hamda yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadi;

- talabaning odob-ahloqi, o‘zini tutishi va kiyinish madaniyatiga qay darajada e’tibor qilinayotganini nazorat qiladi;

- tegishli reja asosida “Kafedra kunlari”ni tashkil etadi;

- talabalar kengashi ishini tashkil etish va mas’uliyatini oshirishga ko‘maklashadi (zarurat tug‘ilganda talabalar hulq-atvorini talabalar kengashi muhokamasiga qo‘yadi);

- qavatlar va xonalar ozodaligini, qavat jihozlari soz yoki nosozligini nazorat qiladi, mavjud muammolarni talabalar turar joyi mudiriga va institut rahbariyati e’tiboriga havola etadi;

- “Namunali xona” ko‘rigini o‘tkazib, g‘olib xona egalarini rag‘batlantirish va talabalarning ijtimoiy ahvolini yaxshilashga doir takliflar kiritadi;

- TTJda pasport va kirish-chiqish tizimi, shuningdek, yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xona jihozlaridan oqilona foydalanish borasida tushuntirish ishlarini  olib boradi;

- TTJda joriy etilgan tartib-intizom va qoidalarni qo‘pol ravishda buzib, ahloq-odob qoidalariga zid ish qilgan talabalarni muhokama qilish, ularni talabalar turar joyidan chetlatish bo‘yicha talabalar turar joyi ma’muriyati va fakultet dekanlari, prorektorlarga ma’lumotlar kiritadi;

- TTJdagi madaniy dam olish xonalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasiga binoan, davlatimiz, xalqimiz bayramlari va tantanali sanalarga bag‘ishlab ko‘zga ko‘ringan jamoat arboblari, olimlar, yozuvchilar, shoirlar va san’at arboblari bilan uchrashuvlar, suhbatlar va savol-javob kechalarini o‘tkazishda faol ishtirok etadi, universitet yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi bilan kelishilgan holda talabalarning muzeylar, teatrlar va ko‘rgazmalarga tashrifini tashkil qiladi;

- TTJni zamonaviy dizayn talablari asosida jihozlash, kerakli shiorlar, rasmlar va devoriy lavhalar qo‘yish uchun takliflar beradi;

- talabalarning huquqiy ongini oshirish, qonunlarga rioya qilish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida yilning har choragida huquq-tartibot organlari - prokuratura, sud va ichki ishlar xodimlarining TTJdagi talabalar bilan uchrashuvlarini yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlaydi;

- talabalarni ta’lim muassasasi hayoti, boy tarixiy an’analari, jamoat tashkilotlari faoliyati, shuningdek, bo‘lajak mutaxassislar sifatida qo‘yilgan talablar bilan tanishtirib boradi;

- TTJda yashovchi talabalarning ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;

- TTJda istiqomat qilayotgan talabalarning ota-onalari bilan muntazam aloqada bo‘lib, ularning so‘rovlari asosida farzandlarining umumiy ahvoli va ta’lim-tarbiyasi haqida ma’lumot beradi;

- turdosh ta’lim muassasalaridagi tajribali tarbiyachi-pedagoglar bilan yaqindan aloqada bo‘lib, ular bilan muntazam tajriba almashib boradi;

- shuningdek, TTJda talabalarning darsdan tashqari vaqtlardagi faoliyati tizimini takomillashtirish, yoshlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning ta’sirchanligini ta’minlash, talabalarni ijtimoiy foydali ishlar, qiziqarli tadbirlar bilan qamrab olish, ularning madaniy dam olishlarini tashkil etish, fanlarni o‘zlashtirish va dars tayyorlash shart-sharoitlarini yaxshilash, talabalar turar joyiga kirish va chiqish tartiblariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash, turli yot g‘oyalarning maqsad va intilishlaridan ogoh etish, giyohvandlik, OITS va boshqa illatlardan saqlash kabi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi.

TTJda tashkil etiladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni Talabalar kengashi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Tarbiyachi-pedagog talabalar turar joylarida o‘tkazilishi belgilangan tadbirlar ijrosini ta’minlamagan professor-o‘qituvchilar va kafedralar faoliyati bo‘yicha ularga ma’muriy-tashkiliy choralar ko‘rish masalalari bo‘yicha rektorga takliflar kiritish huquqlariga ega.

Talabalar turar joylarida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy-tarbiyaviy tadbirlar Universitetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi doirasida amalga oshiriladi.

 

Lavozim nomi: UNESCO chair kafedrasi yetakchi mutaxassisi.

Ma’lumot: Oliy (magistr).

Mutaxassislik: Iqtisodiyot, turizm, tarix, pedagogika va psixologiya (TOP-500, TOP-1000 ro‘yxatidagi OTMlarni tugatgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi.)

Xorijiy tilni bilish darajasi: Rus va ingliz tillarini bilishi, ingliz tili (IELTS 7,0 yoki davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikat-CEFR C1 darajasida bilishi).

Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilishi, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olishi hamda Kompyuterda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.

Lavozim majburiyatlari:

         “Ipak yo‘li” barqaror meros turizmi bo‘yicha tahlil markazini tashkil etish, Ipak yo‘li bo‘ylab turizmni rivojlantirishning nazariy tizimini yaratish va Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab barqaror meros turizmini rivojlantirishda yetakchi rol o‘ynaydigan professional ko‘nikmalarni ishlab chiqish;

         Ipak yo‘li bo‘ylab akademik hamkorlik va almashinuvni kuchaytirish, ta’lim va Ilmiy soha sifatini oshirish orqali yoshlar uchun ochiq bo‘lgan o‘quv materiallarini yaratish, kadrlar tayyorlash bo‘yicha jamoat platformasini tashkil etish;

         Universitet o‘zining elektron jurnalida ilmiy maqolalar va tezislarni joylab borish va ularni monitoringizni olib borishi lozim;

Elekron jurnalda chop etiladigan maqolalar va tezislarni tahrirlash va tahrirlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.

 

Lavozim nomi: Professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limiga yetakchi mutaxassis.

Ma’lumot: Oliy (bakalavr yoki magistr).


Mutaxassislik:, Iqtisodiyot, turizm, tarix, pedagogika va psixologiya
(TOP-500, TOP-1000 ro‘yxatidagi OTMlarni tugatgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi.)

Mehnat staji: Professional ta’lim kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lishi lozim.

Xorijiy tilni bilish darajasi: Rus va ingliz tillarini bilishi, ingliz tili (IELTS 6,0 yoki davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikat-CEFR B2 darajasida bilishi).


Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilishi, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olishi
hamda Kompyuterda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.


Lavozim majburiyatlari:

Universitet huzuridagi kollej va texnikumlarda o‘quv jarayoni tashkil etilishini Оliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga, Оliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining o‘quv jarayoni bo‘yicha o‘rnatilgan talablar va nоrmativ xujjatlariga mоsligini ta’minlash;

O‘quv-me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash, Universitet huzuridagi kollej va texnikumlaring yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini muvоfiqlashtirish;

Universitet va turdоsh оliy ta’lim muassasalarining alоqa va axbоrоtlashtirish sоhasiga dоir ishlab chiqilgan yangi ta’lim texnоlоgiyalariga asоslangan zamоnaviy axbоrоt va pedagоgik texnоlоgiyalarni Universitet huzuridagi kollej va texnikumlar o‘quv jarayoniga tadbiq etish;

Universitet huzuridagi kollej va texnikumlar o‘rtasida o‘quv ishlari, o‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqоt ishlarini takоmillashtirish hamda o‘zarо tajriba almashishlarni rivоjlantirish;

Universitet huzuridagi kollej va texnikumlarning o‘quv jarayoni samaradоrligini оshirish va mоddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

 

Lavozim nomi: Xalqaro hamkorlik bo‘limiga yetakchi mutaxassis.

Ma’lumot: Oliy (bakalavr yoki magistr).


Mutaxassislik: Turizm, iqtisodiyot, tarix, (TOP-500, TOP-1000 ro‘yxatidagi OTMlarni tugatgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi.)

Mehnat staji: Oliy ta’lim muassasasida xalqaro hamkorlik faoliyati bo‘yicha kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lishi lozim.

Xorijiy tilni bilish darajasi: Rus va ingliz tillarini bilishi, ingliz tili (IELTS 7,0 yoki davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikat-CEFR C1 darajasida bilishi).


Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilishi, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olishi
hamda Kompyuterda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.


Lavozim majburiyatlari:

Xorijiy Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim talabalaridan iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish;

O‘qituvchilar almashinuvi uchun xorijiy hamkorlarni izlash, shuningdek, tegishli shartnomalarni tayyorlash va imzolash universitetning tarkibiy bo‘linmalari va xodimlari tomonidan taqdim etilgan loyiha g‘oyalari hamda professor-o‘qituvchilarning xalqaro hamkorlikda ishtirok etish imkoniyatlarini tahlil qilish;

Xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalar va tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish, rivojlantirish hamda shartnomalarni huquqiy rasmiylashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;

Bo’lim faoliyatini takomillashtirish, xorijiy davlatlar bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish va kengaytirish ishlarini olib borish;

Xorijiy davlatlarning vakolatxonalari, elchixonalari, ta’lim muassasalari, fondlar bilan hamkorlikni kengaytirish;

Xorijiy davlatlar delegatsiyalarining uchrashuvlari va muzokaralarini tashkil etish;

Xalqaro ilmiy-ma’rifiy seminarlar, konferensiyalar, kongresslar va boshqa tadbirlarni muvofiqlashtirish.


 

Ipak yoli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

nomzodlarga:

  • barqaror oylik maosh,
  • istiqbolli karyerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyatini,

Ish tartibi: dushanbadan juma kuniga qadar

Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha

Dam olish kuni: shanba, yakshanba.

Hujjatlarni topshirish muddati: 2024- yil 20-aprel (shu kuni soat 18:00 qadar).

Nomzodlar Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga yoki +998 93 523 22 95 telegram raqamiga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi kerak:

  • O‘zbek yoki (rus), ingliz tilidagi KPI.
  • Til bilish sertifikati.
  • Ma’lumotnoma va diplom.

Ma’lumot uchun telefonlar:

+998 66 240-67-73

Kategoriya Vakant lavozimlar

Joriy yilning 2-4-aprel kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori, prof. D.Nasimov, Professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i J.Xolboyev hamda Moddiy qiymatliklar bo‘yicha yetakchi mutaxassis H.Temirov Xorazm viloyatidagi Xiva turizm va madaniy meros texnikumida bo‘lishdi. Dastlab mutasaddilar ta’lim maskanining  moddiy-texnik bazasi va o‘quv amaliyot laboratoriyalari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng texnikum o‘qituvchi va o‘quvchilari bilan yaqindan muloqot o‘tkazdi. Muloqot davomida universitetimiz mutasaddilari va texnikum o‘qituvchilari ta’lim jarayonini yanada yaxshilash, turizm sohasiga malakali mutaxassislar tayyorlashdagi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tdi.  

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 6-aprel kuni Xiva turizm va madaniy meros texnikumi talabalarining Samarqand shahriga sayohati  tashkil etildi. Sayohat davomida Amir Temur, Shohizinda maqbaralari, Ulug'bek rasadxonasi, Bibixonim masjid majmuasi va Registon maydoni kabi tarixiy obidalarga tashrif buyurib va ularning tarixini yanada chuqurroq o'rgandi.

Ahamiyatlisi, Xiva turizm va madaniy meros texnikumidan Samarqandga kelgan sayohatchilar "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham bo‘lib, bu yerda ta’lim va tarbiya uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Kategoriya Yangiliklar
Shanba, 06 Aprel 2024 18:03

E'lon

Joriy yilning 5-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Ohalik-Oqbo‘yro-Mironqul” turistik-rekreatsion zonasi hududida faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun universitet tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturiga muvofiq “Turizm va mehmondo‘stlik sanoatida servis turlari” mavzusida 6 soatlik maxsus o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda turistik-rekreatsion zona hududida joylashgan hudud mahallalar raislari, hokim yordamchilari va tadbirkorlardan iborat jami 15 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Seminarlar universitet “Turizm" kafedrasining yuqori malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun: Ishtirokchilarga o‘quv dasturiga muvofiq 78 soatga mo‘ljallangan jami 13 ta o‘quv seminarlari tashkil etiladi.

Kategoriya E'lonlar
Juma, 05 Aprel 2024 17:42

E'lon

Orxun almashinuv dasturi bo’yicha 2024-2025 oʻquv yilining kuzgi va bahorgi semestrlari uchun arizalar qabuli boshlandi.

Hujjat qabul qilish muddati: 2024 yil 24 aprel

Arizada talab qilinadigan hujjatlar:

Talabalar almashinuvi uchun:

1- Talabalar uchun ma'lumot shakli

2- Ilova (diplomdan)

Akademik xodimlar almashinuvi uchun:

1- Akademik xodimlar haqida ma'lumot shakli

2- Akademik xodimlarning almashinuv dasturi

Hujjatlar  http://turkunib.org/tr/orhun  manzilida mavjud

Arizada ko'rib chiqilishi kerak bo'lgan shartlar:

  • Faqat bitta universitet va bir semestr tanlanishi kerak.
  • Barcha hujjatlar kompyuterda to'ldirilishi kerak.
  • Talabalar ariza topshirish uchun to'rtdan kamida ikki yarim (2,5 / 4,00) GPA ballga ega bo'lishi kerak.

Ayirboshlash dasturida ishtirok etish istagida bo‘lgan akademik xodimlar va talabalar o‘zlari bog‘langan universitetning almashinuv dasturi koordinatorlariga murojaat qilishlari mumkin. Ayirboshlash dasturi haqida batafsil ma'lumotni  http://turkunib.org/tr/orhun manzilidan olishingiz yoki Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  manziliga yozishingiz mumkin.

Kategoriya E'lonlar

Hozirda Qohiradagi Ayn Shams universiteti arxeologiya hamda "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining tarix va madaniy meros kafedrasi o‘qituvchisi bo‘lib ishlayotgan Muhammad Ahmed Mohamed Mohamed (2023-2024) Britaniya muzeyining ITP granti sazovori bo'ldi. Muhammad Ahmadning grant asosidagi ilmiy tadqiqotining asosiy maqsadi Samarqand shahrida birinchi Bolalar muzeyini ishga tushirish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish loyihasi  ustida ish olib borishdan iborat.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 2-aprel kuni universitetimiz xotin-qizlar kengashi tomonidan “Pazandalik sirlari” to‘garagi doirasida “Milliy oshxonamiz nematlarini  tayyorlashni o‘rganamiz” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

 Mahorat darsining mehmoni unversitetimizning faol ayol professor - o’qituvchilari bo‘lishdi.  Mahorat darsida oliygohimiz xotin-qizlar kengash raisi tomonidan har bir millat oshxonasi o’z davlatining madaniyati, tarixi va qadimiy an’analarini o’zida mujassam etganligi ayniqsa o’zbek milliy taomlarining tayyorlanish siri va mazzasi to’g’risida ma’lumot berildi. Shuningdek mahorat darsida ustozlar talaba-qizlarimizga  milliy taomlarimiz va salatlar tarixi, ularning tayyorlanish jarayonlari, shirinliklar pishirish sir-sinoatlari yuzasidan o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 4-aprel sanasida “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida professor-o'qituvchilar, xodimlar va ilmiy izlanuvchilar uchun seminar-trening tashkil etildi. Seminarga Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali direktori o‘rinbosari Farhod Ahrorov taklif etildi.

Seminar davomida iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Farhod Ahrorov tomonidan xorijiy donor tashkilotlar tomonidan e'lon qilinib boriladigan ilmiy-amaliy loyihalarga qo'yiladigan talablar va grant loyihalar uchun takliflarni qanday tayyorlash to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Kategoriya Yangiliklar
7 dan 9 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar