Joriy yilning 18-aprel sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining universitet Kengashi hamda oliygohimiz Sport mashg‘ulotlari bo‘limi tomonidan bilan talabalar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi tashkil etildi.
Tashkil etilgan musobaqa qiziqarli bahslarga boy bo‘ldi va g‘olib ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.
Alimardonova Zebuniso Mamarajabovnaning 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha «SURXONDARYO VILOYATINING TURIZM RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH» mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 27-aprel kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Koreya Respublikasining Chuncheongbuk-do provinsiyasining gubernatori Kim Yong Xvan boshchiligidagi delegatsiya bugun 18-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlarni universitetimiz birinchi prorektor D. Nasimov kutib oldi va universitet faoliyati, ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, muvaffaqiyatlar xususida gapirdi. Ma’lumki bugungi kunda oliygohimiz Koreya Respublikasining qator universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Uchrashuvda delegatsiya rahbari, gubernator Kim Yong Xvan Chuncheongbuk-do provinsiyasidagi talabalar uchun imkoniyatlar, hududdagi oliy ta’lim muasassalari, ularning faoliyati xususida to‘liq ma’lumot berdi. Ahamiyatlisi, delegatsiya tarkibida Chuncheongbuk-do provinsiyasining ta'lim sohasida hamkorlik bo'yicha maxsus maslahatchisi Li Young Eun xonim, Jungwon universiteti rektori janob Xvan Yun Von, Semyung universiteti, Chungbuk provinsial universiteti va Chungbuk sog’liqni saqlash va fanlar universiteti vakillari tomonidan qator taqdimotlar o‘tkazildi.
“Men ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandga, xususan turizm sohasi bo‘yicha mutaxassis tayyorlab beradigan universitetga kelganimdan juda xursandman. O‘zbekistonda bunda zamonaviy universitetning faoliyat yuritishi oliy ta’lim sohasining ulkan muavaffaqiyatidan dalolat beradi, biz ham kelajakda oliygohingiz bilan hamkorlik qilishdan benihoya xursandmiz,” - deydi Jungwon universiteti rektori janob Xvan Yun Von.
O‘zaro muloqotdan so‘ng “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Koreyaning Jungwon universiteti rektori janob Xvan Yun Von va Semyung universitetlari o‘rtasida hamkorlik Memorandumlari imzolandi.
18-aprel kuni Samarqanddagi «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Art-Rezidensiyada Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi.
Ochilish marosimida BAA Sharja amirligi Hukumati ijrochi raisi Shayx Fahim ibn Sulton Ol Qosimiy, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, Sharja arxeologiya boshqarmasi bosh direktori Eisa Yusuf, BAA delegatsiyasi vakillari, mahalliy mutaxassislar ishtirok etdi.
Tadbirda nutq so‘zlagan Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov ko‘rgazmaning ochilishi ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
«Sharja qadimiy tarixga ega. Bu hududda ko‘plab eksponatlar topilgan. Ahamiyatli tomoni shundaki, bu topilmalarning 80 foizi ilk bor O‘zbekistonda ko‘rgazmaga qo‘yildi, — dedi vazir. — Ko‘rgazmadan Arabiston va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlar tarixi hamda Sharja Amirligining neolit davridan Islomgacha bo‘lgan davriga oid 170 dan ortiq arxeologik topilmalar o‘rin olgan».
Ochilish marosimida nutq so‘zlagan Shayx Fahim ibn Sulton Ol Qosimiy esa O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklarining tarixi, madaniyati bir-biriga juda yaqin ekanligini qayd etdi.
«Sharja amirligi arxeologik topilmalari ko‘rgazmasining aynan O‘zbekistonda ochilgani o‘ziga xos ahamiyatga ega. Negaki ikki davlatning madaniyati, tarixi, e’tiqodi mushtarak», — dedi Shayx Fahim ibn Sulton Ol Qosimiy.
Ma’lumot uchun, Sharjadagi Mleyxa arxeologik yodgorligida saroy, istehkomlar, uylar va insonlar hamda hayvonlar qabrlari topilgan. Topilmalarning umumiy maydoni 3 kmga cho‘zilgan. Mleyxadan uzoq bo‘lmagan hududda esa arxeologlar oltin, kumush, bronza, temir, fil suyagi, alebastr, shisha va boshqalardan yasalgan, bezatilgan buyumlar ham topilgan. Bu buyumlarda qadimgi Misr, Yunon, Rim, Parfiya, O‘rta Osiyo, Hindiston madaniyati izlarini ko‘rish mumkin. Ko‘rgazma 22 maygacha davom etadi.
2024-yil 22-aprel kuni respublikamizda “Xalqaro yer kuni” nishonlanadi. Shu munosabati bilan, joriy yilning 18-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi tomonidan “Yer sayyorasini asrash”ga qaratilgan talabalar bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Tadbir davomida oliygoh Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova talabalarga Butunjahon Yer kuni dunyodagi eng yirik dunyoviy bayram sifatida e’tirof etilishi, bu sananing ahamiyati, toza atrof-muhit uchun kurashish ishtiyoqi dunyoda kundan-kunga ortib borayotgani to’grisida gapirdi. Shuningdek, talabalarni Butunjahon Yer kunida daraxt ko‘chatlarini ekishga va ona tabiatimizni asrab avaylashda o‘z hissalarini qo‘shishini va turli belgilanmagan joylarga turli chiqindilarni tashlab ketmaslikka chaqirdi.
Joriy yilning 15-aprel sanasida Toshkent shahrida O’zbekiston va Tojikiston Respublikalari oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi tashkil etildi. Forumda ishtirok etish uchun Tojikiston Respublikasi Ta'lim va fan vaziri boshchiligidagi Tojikiston Respublikasi Prezidentining Ijro apparati hamda Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi mas'ul xodimlari, 18 ta Tojikiston OTMlari rektor va rrorektoglaridan ibogat delegatsiya O'zbekistonga tashrif buyurdi.
“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti forum doirasida Tojikiston Respublikasining Tojiskiston milliy universiteti, Tojikiston davlat savdo universiteti hamda Mirzo Tursunzoda nomidagi Tojikiston davlat madaniyat va san’at instituti bilan anglashuv memorandumlari imzoladi. Memorandumlardan ko’zlangan asosiy maqsad hamkor universitetlardan ko’proq almashinuv asosida xorijiy talabalar ulushini oshirish, universitetlar o’rtasida professor-o’qituvchilar amaliyotini xalqaro grantlarga qatnashish orqali oshirish hamda ikki davlat OTMlari o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada boyitishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasi tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitet dotsenti Mustaev Kamol Turonovich professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi. Universitetimiz jamaosi fidokor va jonkuyar hamkasbimiz, professor Kamol Turonovichni ushbu ulkan muvaffaqiyati bilan muborak etamiz va kelgusidagi ilmiy va ijodiy ishlarida omad yor bo‘lishini tilaymiz. Kamol Turonovich universitetimiz Siz bilan faxrlanadi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) o‘qishga hujjatlar qabuli boshlanganini e’lon qiladi:
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida o‘qishga kirishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitetning Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga taqdim etishlari va http://phd.mininnovation.uz veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari talab qilinadi:
1) Ariza;
2) Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka)
3) Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
4) Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi, ilovalari bilan birgalikda;
5) Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (pdf);
6) Pasport nusxasi;
7) Taxminiy dissertatsiya mavzusi va asosnomasi;
9) Ish joyidan tavsifnoma
10) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (agar mavjud bo‘lsa).
Barcha hujjatlar pdf shaklda tayyorlanib Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizim http://phd.mininnovation.uz orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.
Qabul: 2024-yil 15-apreldan 15-maygacha
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga (mustaqil izlanuvchilik PhD) хujjat topshirgan talabgorlar uchun o‘qishga kirish uchun suhbat mutaxassislik fanidan bo‘lib o‘tadi. Imtihon kunlari to‘g‘risida qo‘shimcha e’lon beriladi.
Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 17, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi.
Murojaat uchun telefon: +998 66 240 67 85
Elektron manzil: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.; Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
XALQARO KONFERENSIYAGA MARHAMAT!
Mavzu: O‘ZBEKISTONDA INKLYUZIV O‘SISh VA ISTIQBOLLI RIVOJLANISH PERSPEKTIVLARI: IJTIMOIY-IQTISODIY SOHADA STRATEGIYA YАRATISh.
Biz bilan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga qo‘shiling, O‘zbekistonda inklyuziv o‘sish va istiqboli rivojlanishning imkoniyatlarini o‘rganamiz.
Sana: 2024 yil 3-may
O‘tkaziladigan joy: Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali va Zoom platformasida onlayn.
Ariza berish muddati: 2024-yil 20-aprel
Konferensiya haqida: Konferensiyani maqsadi O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy sohasini rivojlantirishga qiziquvchi ilm-fan xodimlari, siyosatchilar, amaliyotchilar va murojaat qiluvchilar o‘rtasida munosabat va hamkorlikni rivojlantirishdir.
Inklyuziv o‘sishga va istiqbolli rivojlanish mavzusiga qiziqish bilan, biz O‘zbekistonni yorqin kelajakka olib boradigan strategiyalarni ishlab chiqishni maqsad qilamiz.
Mavzular: • insoniyat martabasini oshirish va erkin fuqarolik jamiyati rivojlanishini rivojlantirish; • mamlakatimizda adolat va qonuniylikni ta’minlash; • milliy iqtisodiyot va mintaqalar iqtisodiyoti rivojlanishining dinamikasi; • adolatli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish; • ma’naviy rivojlanishni ta’minlash; • milliy qiziqishlarning global muammolari; • milliy xavfsizlikni ta’minlash; • faol xorijiy siyosat; • inklyuziv ta’lim tizimini yaxshilash; • raqamli infrastruktura mustaqil rivojlanishi; • innovatsion faoliyatning rivojlanishi va tibbiyot sohasini qo‘llab-quvvatlash; • yangi O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish uchun jahon standartlaridan foydalanish.
Ariza berish uchun qo‘yidagilar lozim bo‘ladi:
maqolalar ro‘yxati. Bizga qo‘shiling: O‘zbekistonni istiqbolli rivojlanishi yo‘lida faol bo‘ling. Konferensiyaga qatnashish uchun hozir ro‘yxatdan o‘ting va davlatning o‘zining kelajagini rivojlantirishga xizmat qilishga qatring. So‘rovlarni va ko‘proq ma’lumot olish uchun, iltimos, elektron manzil orqali murojaat qiling: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. (+998 91 423 09 90). Hamkorlikda inklyuziv o‘smonga va istiqboli rivojlanish yo‘lidagi yo‘l yo‘qotamiz!
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti dunyoning barcha davlatlaridagi nufuzli universitetlari, ilm, fan, turizm sohasidagi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelmoqda.
Bugun 16-aprel kuni universitetimizga Germaniya Federativ Respublikasi sotsial-demokratik partiyasining tashqi siyosat masalalari bo'yicha spikeri Janob Nils Shmid boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov kutib oldi. Dastlab mehmonlarga “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tarixi, buguni va kelajagi xususida to‘liq ma’lumot berilishi bilan birga, ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilayotgan ishlar, turizm va madaniy meros sohalariga mutaxassis tayyorlashdagi vazifalar xususida ma’lumot berildi. Ta’kidlash joizki delegatsiya rahbari janob Nils Shmid juda katta qiziqish bilan universitet faoliyati bilan birga turizm sohasidagi yangiliklar, turizm qishloqlariga xorijlik mehmonlarning tashriflari xususida so‘radi. Universitetimiz xalqaro bo‘lim boshlig‘i S.Samariddinov keyingi yillarda sohadagi amaliy ishlar, Sintop, Tersak kabi turizm qishloqlariga turistlarning qiziqishlari haqida batafsil gapirib berdi.
Shuningdek mehmonlar universitetimizdagi milliy liboslar galeriyasi hamda kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi va o‘z taassurotlari haqida janob Nils Shmid universitetimiz sayti uchun intervyu berdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz