Joriy yilning 2-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo’limi boshlig‘i N.Abduvahidova tomonidan, universitetning birinchi bosqich talabalari uchun “Yangi Oʻzbekiston poydevori” tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida talabalarga, Yangi O‘zbekistonning shakllanishi va rivojlanishida ta’lim-tarbiya hamda ilm-fanning o‘rni va roli, ta’lim tizimini isloh qilishning zamonaviy tendensiyalari, jahon tajribasini o‘rgangan holda ularni amaliyotga tadbiq etish va buning samarasi borasidagi ma’lumotlar berildi. Shuningdek tadbirda Yangi O‘zbekistonda ta’lim, ilm-fan sohasida olib borilayotgan islohotlar xususida gapirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi “Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini oʻrganish, targʻib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish toʻgʻrisida”gi qarorida belgilab berilganidek universitetimizda ham joriy yilning yangi oʻquv yilidan boshlab “Mustaqillik darslari” doirasida qatagʻon qurbonlari, jumladan, jadidlik harakati namoyandalariga bagʻishlangan oʻquv mashgʻulotlari qilinadi.
Bundan tashqari dasturda belgilanganidek “Tarixiy xotira, maʼnaviy va ruhiy tarbiya — Yangi Oʻzbekiston poydevori” shiori ostida uch avlod uchrashuvlari, xotira va qadrlash mavzusidagi tadbirlar tashkil etib boriladi.
№ |
Ixtisoslik shifri va nomi |
Doktorantura |
Tayanch doktorantura |
Maqsadli doktorantura |
Stajor-tadqiqotchi |
|
DSc |
PhD |
DSc |
PhD |
|||
1 |
08.00.05-Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti |
0 |
1 |
0 |
0 |
0 |
2 |
08.00.13-Manejment |
0 |
1 |
0 |
0 |
0 |
3 |
10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik |
0 |
1 |
0 |
0 |
0 |
4 |
17.00.06-Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash |
1 |
1 |
0 |
0 |
0 |
5 |
08.00.17-Turizm va mehmonxona faoliyati |
0 |
2 |
0 |
0 |
0 |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 14-iyundagi 211-sonli 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tiilarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati va ularning darajalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyrig‘iga asosan, Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizomning 3-bob 16, 18 va 19-xatboshlariga ko‘ra, Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligining stajor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:
Magistr darajasiga yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lganlar;
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha - kamida Cl darajasida, gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jumalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha - kamida B2 darajasida, boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha -kamida Bl darajasida xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlaga ega bo‘lganlar;
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lganlar;
Doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:
Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha - kamida Cl darajasida, gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jumalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha - kamida B2 darajasida, boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha -kamida Bl darajasida xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlaga ega bo‘lganlar;
Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish.
Tayanch doktorantura uchun talab qilinadigan hujjatlar: (ishlab chiqarishdan ajratilgan holda o‘qish uchun)
ariza;
xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat;
qisqacha biografik ma’lumotnoma;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar;
Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar.
Doktorantura uchun talab qilinadigan hujjatlar: (ishlab chiqarishdan ajratilgan holda o‘qish uchun)
ariza;
xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat;
qisqacha biografik ma’lumotnoma;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.
Mustaqil izlanuvchilik uchun talab qilinadigan hujjatlar:(ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qish uchun)
qisqacha biografik ma’lumotnoma;
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;
fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
ish joyidan tavsifnoma.
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish har chorakning uchinchi oyigacha bo‘lgan muddatda ixtisoslik bo‘yicha suhbat natijalari va ta’lim muassasasidagi qabul komissiyasining tegishli xulosasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatlar (pdf) shaklida tayyorlanib 2024-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (https://daraja.ilmiy.uz) orqali roʻyxatdan oʻtgan holda qabul qilinadi. Kirish imtihonlari joriy yilning 1-25 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
Ma’lumot uchun telefonlar: +998 66 240 67 85
2024-yil 1-iyuldan 1-avgustga qadar yurtimizda “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun”” tadbiri o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamkorligida 16-25 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun “Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika tanlovi eʼlon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan yoshlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlishi;
Aniq bir gʻoya yoki loyihaga ega boʻlishi;
IQ test natijasi 110 balldan past boʻlmasligi;
Turli tanlovlarda gʻolib boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom, sertifikat yoki tavsiyanomaga ega boʻlishi.
Tanlovda ishtirok etishni istaganlar vorislar.uz sayti yoki @vorislar_tanlovi_bot telegram-bot orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
Endilikda universitetimiz binosining old qismida mo‘jazgina, ajoyib kutubxona tashkil qilindi. Kutubxonada xorijiy va mahalliy ijodkorlar qalamiga mansub turli badiiy adabiyotlar saqlanmoqda. Aholi va yoshlarga bundan keng foydalanish imkoniyati yaratilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad xalqimiz o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishdan iborat. Ushbu kutubxonadan barcha kitobxonlar foydalanishi mumkin. Eslatma: Olingan kitoblarni ro‘yxatdan o‘tkazish va o‘z vaqtida kutubxonaga qaytarishni unutmang.
"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faol va iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash uchun taqdim etiladigan stipendiya dasturlarida ishtirok etish imkoniyatini mamnuniyat bilan e'lon qiladi!
2024-2025-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi va Navoiy nomli Davlat stipendiyasiga hujjatlarni qabul qilish boshlanmoqda.
Talabgorlar:
2- va 3-bosqich bakalavr talabalari.
2- va 3- bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga, Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasiga va Navoiy nomli Davlat stipendiyasiga hujjat topshirishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 % a’lo bo‘lishi shart;
Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi va Navoiy nomli Davlat stipendiyasiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 25 % gacha yaxshi bo‘lishi mumkin.
Tanlovning universitet bosqichiga hujjatlar topshirish muddati 2024-yilning 20-iyun sanasiga qadar.
Qo'shimcha savollar bilan Ilmiy tadqiqotlar bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin +998662406785
Bahorning iliq kunlarida darsdan keyin sport bilan shug‘ullanish kishi uchun zavq bag‘ishlash bilan birga, salomatlik garovi ham hisoblanadi. Shu kunlarda talabalarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida universitetimizga qarashli Talabalar turar joyidagi sport maydonchalarida qizlar uchun sportning badminton, o‘g‘il bolalar uchun futbol turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib kelinayapti. Musobaqada barcha talabalarimiz faol bo‘lish bilan birga musobaqalarda g‘oliblikka ham erishib kelayapti.
Ostonov O‘tkir Yangiboyevichning iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilish bo’yicha Ostonov O’tkir Yangiboyevichning 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha «QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISH VA TASHKILIY–IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH» mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 27-aprel kuni soat 10:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Shu kunlarda yurtimizda, xususan ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandda mehmon bo‘lib turgan BAA Sharja amirligi Hukumati ijrochi raisi Shayx Fahim ibn Sulton Ol Qosimiy boshchiligidagi delegatsiya a’zolari 18-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘lishdi. Delegatsiya a’zolariga universitet tarixi va bugun kundagi faoliyati, turizm sohasiga mutaxassislar tayyorlash borasidagi ishlar, Turizm Akademiyasi xususida universitetimiz rektori Aziz Abduhakimov to‘liq ma’lumot berdi. Mehmonlar universitetda ta’lim-tarbiya jarayoni yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Delegatsiya a’zolarida universitetimizda tashkil qilingan turli san’at asarlari, milliy liboslar galeriyasi, turizm sohasidagi laboratoriyalar, kutubxona, sport zal faoliyati juda katta taassurot qoldirdi.
- Menga Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti juda katta taassurot qoldirdi. Oliygohda ma’naviy qiymati juda yuqori bo‘lgan san’at asarlari borligini ko‘rib hayratga tushdim va qiziqishim yanada ortdi. Zamonaviy kampusdagi xorijlik va mahalliy talabalar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar turizm sohasining kelajagining yanada yorqinligidan dalolat beradi.
Ma’lumot uchun 18 aprel kuni Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Art-Rezidensiyada Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib va unda BAA Sharja amirligi Hukumati ijrochi raisi Shayx Fahim ibn Sulton Ol Qosimiy, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, Sharja arxeologiya boshqarmasi bosh direktori Eisa Yusuf, BAA delegatsiyasi vakillari, mahalliy mutaxassislar ishtirok etdi.
Joriy yilning 18-aprel sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining universitet Kengashi hamda oliygohimiz Sport mashg‘ulotlari bo‘limi tomonidan bilan talabalar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi tashkil etildi.
Tashkil etilgan musobaqa qiziqarli bahslarga boy bo‘ldi va g‘olib ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz