press

press

Dushanba, 09 Sentyabr 2024 09:26

Xitoy bilan hamkorlikni mustahkamlash

Universitetimiz o‘qituvchisi Kobilova Maftuna Xitoyning Sian shahridagi Savdo-sanoat palatasiga maxsus mehmon sifatida tashrif buyurib, MICE turizmi bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Palata vakillari universitetimiz bilan yaqin hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Bundan tashqari, universitetimiz o‘qituvchisi Sian shahridagi “Zhong Si Wei Group” kompaniyasi va “Spring Tour” sayyohlik kompaniyalarida bo‘lib, xitoylik mutaxassislarni O‘zbekiston turizmi imkoniyatlari bilan tanishtib o'tgan.

Juma, 06 Sentyabr 2024 17:19

E'lon

Karimov Anvar Aktam o‘g‘lining 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Turistik destinatsiyalarni samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Navoiy viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 14 sentabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Juma, 06 Sentyabr 2024 17:11

E'lon

Norboyev Allayor Ismoilovichning 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati ixtisosligi bo‘yicha "Hududlarda yoshlar turizmini samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish" mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ish himoyasi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 14-sentabr kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Juma, 06 Sentyabr 2024 17:04

E'lon

Xamdamov Amriddin Xamdam o'g'li 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Turizm sohasida raqamli integratsiya resurslaridan samarali foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 13-sentabr kuni soat 16:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar Kengashi raisi M.Abbasova, Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo’limi xodimasi D.Vastaeva, hamda ta’lim sifatini ta’minlash va akkreditatsiya bo’limining yetakchi mutaxassisi E.Xalilovalar joriy yilning 6-sentabr kuni universitet TTJ da tashrif buyurib joriy yilning 2-oktabridan yangi o’quv yiliga talaba-qizlarni TTJga joylashtirishdagi muammolarning oldini olish maqsadida shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. TTJ yangi o'quv yiliga talaba yoshlarni qabul qilishga tayyor.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm” kafedrasi o‘qituvchilari Amriddinova Muslima va Axrorova Munavvar 2024-yilning 10- avgustdan 1-sentabrga qadar Xitoyning Lanchjou universitetida bo‘lib o‘tgan “Ekologiya” ta’lim dasturida ishtirok etdilar. Ingliz va Xitoy tillarida olib borilgan ushbu dastur atrof-muhitni muhofaza qilish va qizil kitobga kiritilgan noyob o‘simlik turlarini saqlashning eng muhim jihatlariga bag‘ishlangan.

Ushbu dastur bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘qituvchilarimizga nafaqat ekologiya bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish, balki O‘zbekistonning tabiiy boyliklarini saqlab qolish uchun qo‘llaniladigan amaliy usullarni o‘rganish imkonini berdi. O‘zbekistonda sayyohlik oqimining jadal o‘sishi bilan bunday bilimlar barqaror turizmni rivojlantirish uchun juda muhimdir. Bu muhimki, universitetimiz rektori O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri bo‘lib, mamlakatimizda tabiatni muhofaza qilish va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Birgalikda biz kelajak avlodlar uchun sayyoramizning go‘zalligi va boyligini saqlab, turizm va ekologiya yonma-yon yuradigan kelajakni qurmoqdamiz.

2024-yilning 27-avgust kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Turizm Akademiyasida O'zbekistondagi birinchi xalqaro Shandon oynasi hamda Sharqiy kinozal oynasi tantanali ravishda ochildi, bu esa davlarlararo madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ushbu madaniy muassasa orqali tadqiqot, ta'lim, jahon merosi bilan bog'liq tajribani, ma'lumot va bilim almashish sohasida samimiy hamkorlikni rivojlantirishdir. Ushbu loyihaning tashabbuskorlari Shandong viloyati tashqi ishlar boshqarmasi, Qingdao universiteti va “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.

Ishonchimiz komilki, bu oyna nafaqat vizual va madaniy ma'lumotnoma, balki turizm va madaniy merosni yanada rivojlantirishga yordam beradigan yangi g'oyalar va loyihalar paydo bo'ladigan joy bo'lib xizmat qiladi. Ochilish marosimi davomida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining birinchi prorektori Dilmurod Nasimov nutq so'zladi va ushbu marosimida ishtirok etdi:

Vang Suilian-Shandun viloyati Xalq Kongressi doimiy qo'mitasi direktorining o'rinbosari, Shandun sanoat va savdo Federatsiyasi raisi 

She Chunming-Shandun viloyati Xalq Kongressining ta'lim, fan, Madaniyat va Sog'liqni saqlash qo'mitasi raisi 

Liu Feng - viloyat fan va texnologiyalar departamenti partiya etakchilik guruhining a'zosi, viloyat innovatsiyalarni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti partiya etakchilik guruhining kotibi va direktori 

Vang Xao - Shandong viloyat ta'lim boshqarmasi Bosh inspektori 

Guo Haofang-kotib o'rinbosari-darajali xodim, Shandong viloyat Xalq Kongressi doimiy qo'mitasi 

Yang Fan - to'rtinchi darajali asosiy xodim, Evroosiyo bo'limi, viloyat tashqi ishlar idorasi (tarjimon)

XIAO Jiangnan universitet Kengashi raisining o'rinbosari, SHHT Iqtisodiyot va savdo instituti Ijrochi dekani

MA Lingang, ShHT Iqtisodiyot va savdo instituti Devoni direktori, rivojlanishni rejalashtirish departamenti direktori

LIU Fangfang - XIAO Jianhong, turizm va Geografiya fanlari maktabi decani.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 675-son qarori bilan tasdiqlangan “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq, joriy yilning 29-avgustida universitet binosida 2024/2025 o‘quv yili uchun “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari sirtqi ta’lim shakliga o‘qish istagini bildirgan va tegishli ish beruvchi vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining tavsiyanomaga ega bo‘lgan fuqarolarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Universitetning tegishli buyrug‘i asosida universitet qabul komissiyasi tomonidan tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlar bilan suhbat o‘tkazish bo‘yicha alohida Suhbat komissiyasi tashkil etildi. Suhbat komissiyasi tarkibiga universitetning yuqori malakali professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari hamda ish beruvchi tashkilotlar va O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasidan iborat vakillar kiritildi.

Suhbat jarayonida abituriyentlar mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mohiyati va ahamiyati, belgilangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashdan asosiy maqsadi, belgilangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos mehnat faoliyati davomida erishgan yutuq va natijalari, belgilangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi sohasida bilim va kasbiy ko‘nikmalarning mavjudligi bo‘yicha Suhbat komissiyasi tomonidan berilgan savollarga mazmunli javoblar qaytarishdi.

Suhbat komissiyasi abituriyentlarning bergan javoblari asosida ularning bilimini Nizomda ko‘rsatilgan baholash mezonlari asosida baholashdi va suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarni talabalikka tavsiya qilishdi.

Abituriyentlar o‘zlarining bilim va malakalarini adolatli mezonlar asosida baholaganligi uchun Suhbat komissiyasi a’zolariga minnatdorchilik bildirishdi.

Suhbat natijalari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Chorshanba, 28 Avgust 2024 13:14

Diqqat!

“Ipak yo’li”turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ikkinchi mutaxassislikni turizm sohasida  sirtqi ta’lim shaklida olish uchun hujjat topshirgan talabgorlar uchun suhbat sanasini e’lon qiladi!

Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahri. Universitet xiyoboni, 17

Sana: 30-avgust, 2024-yil

Vaqti: 9:00

Joyi: Universitet o’quv binosi, 108-xona

41 dan 123 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar