press

press

Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohot va yutuqlarni xalqimizga keng targ‘ib qilish maqsadida universitetimiz professor-o‘qituvchilari Tоyloq tumanidagi qator mahallalarda bo‘lib turli tadbirlar orqali aholi bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazishmoqda.
Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi joriy yilning 16-yanvar kuni oliygohimizning “Tillar” kafedrasi o‘qituvchilari Dilfuza Ma’rupova va Gulrux Yusupova Tayloq tumanidagi “O‘rtoqishloq” mahallasida bo‘lib, Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan amaliy ishlarni aholiga targ‘ib qilishdi. Targ‘ibot tadbirida mahalla fuqarolariga mamlakatimizda ta’lim, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘zlab berildi. Ma’lumki, bugungi kunda Toyloq tumanidagi barcha mahallalar obod va orasta maskanga aylanib bormoqda. Yaratilayotgan barcha shart-sharoit va imkoniyatlar xalqimizning yanada farovon yashashi yo‘lida qilinayotgan sa’yi harakatlar hisoblanadi.
Tadbirda tumandagi va mahalladagi mutasaddi rahbarlar va faollar ishtirok etishdi. Tadbirning yanada jonli va aholi uchun qiziqarli o‘tishi uchun turli savol-javoblar, o‘yinlar tashkil qilindi va faol ishtirok etganlar taqdirlandi.

         Shu kunlarda universitetimizning bir guruh professor-o‘qituvchilari Toyloq tumanidagi barcha mahallalarda bo‘lib aholi bilan keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan muvaffaqiyatlar yuzasidan muloqotlar o‘tkazib kelishayapti. Ushbu uchrashuvlarda aholi ham faol ishtirok etayotganligini ko‘rib bugungi kunda olib borilayotgan islohatlardan xalqimiz mamnun ekanligini va ushbu sa’yi harakatlarda va amaliy ishlarda fuqarolarimiz ham o‘z hissasini qo‘shib kelayotganligini ko‘rish mumkin. Buni 13-yanvar kuni oliygohimiz “Turizm menejmenti” kafedrasi mudiri Odilov Akmaljon va kafedra o‘qituvchisi Suyunov Alijonning Toyloq tumanidagi “Bog‘izag‘on” va “Galabotir” mahallalarida “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” targʻibot tadbirida ham ko‘rish mumkin.

         Tadbir ishtirokchilariga yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohatlar haqida ma’lumotlar berildi va kitoblar tuhfa qilindi.

         Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish tizimi orqali ilm-fan sohalarini rivojlantirish maqsadida Toshkent Moliya instituti huzuridagi moliya-bank xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayorlash instituti hamda Chexiya Respublikasining Praga shahrida joylashgan Yevropa amaliy fanlar va menejment institute hamkorligida, joriy yilning 18-27 mart kunlari “Ta’limdagi sun’iy intellekt texnologiyalari: istiqbollari va oqibatlari” mavzusida Chexiya Respublikasida ilmiy-amaliy seminar tashkil etish rejalartirilgan.

         Mazkur seminarga ishtirok etish istagida bo’lganlar kerakli xujjatlaringizni 5-fevralgacha taqdim etishingiz zarur (xalqaro hamkorlik va reyting bo‘limiga).

         O‘quv kursi yakunida xalqaro sertifikat taqdim etiladi. O‘quv kursi uchun to‘lov 1450 evroni tashkil etadi.

Dastur ilova etilmoqda.
Dastur

Seshanba, 16 Yanvar 2024 15:30

Universitet va mahalla hamkorligi

         Joriy yilning 13-yanvar kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti oʻqituvchilari Kamoliddin Bakobilov va katta o‘qituvchi Dilfuza Mirboboeva Toyloq tumanidagi “Saribozor” mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi. O‘zaro muloqot davomida “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” targʻibot tadbirining ahamiyati xususida gapirdi.  

         Targ‘ibot tadbirida tuman Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari, “Saribozor” mahallasi faollari va hududdagi maktab rahbariyati ishtirok etdi. Uchrashuvda keyingi yillarda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohatlar natijasida hududlarda ulkan bunyodkorlik ishlari olib borilayotganligi, aholining yashash tarzi kun sayin oshayotganligi xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbirda so‘z olganlar yurtimizdagi ushbu o‘zgarishlar aholining shu jumladan saribozorliklarning hayot tarzida sezilayotganligi haqida gapirdi. Bularning barchasi Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar natijasi hisoblanadi.

         Tadbirda universitetimiz o‘qituvchilari faol bo‘lgan bir guruh mahalla ahliga kitoblar sovg‘a qildi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) o‘qishga hujjatlar qabuli boshlanganini e’lon qiladi:

  • 08.00.11-Marketing;
  • 08.00.13-Menejment;
  • 08.00.05- Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti;
  • 08.00.17-Turizm va mehmonxona faoliyati ;
  • 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun  mustaqil izlanuvchi sifatida o‘qishga kirishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitetning Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga taqdim etishlari va https://phd.mininnovation.uz/  veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari talab qilinadi:

1) Ariza;

2) Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka)

3) Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

4) Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi,  ilovalari bilan birgalikda;

5) Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (pdf);

6) Pasport nusxasi;

7) Taxminiy dissertatsiya mavzusi va asosnomasi;

9) Ish joyidan tavsifnoma

10) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (agar mavjud bo‘lsa).

Barcha hujjatlar pdf shaklda tayyorlanib Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizim http://phd.mininnovation.uz. orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.

Qabul: 2024-yil  15-yanvardan 15-fevralgacha

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga (mustaqil izlanuvchilik PhD) хujjat topshirgan talabgorlar uchun o‘qishga kirish uchun suhbat mutaxassislik fanidan bo‘lib o‘tadi. Imtihon kunlari to‘g‘risida qo‘shimcha e’lon beriladi.

Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 17, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi.

Murojaat uchun telefon: +998 66 240 67 85

Elektron manzil: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.; Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Dushanba, 15 Yanvar 2024 16:00

E’LON

Joriy yilning 17-yanvar kuni soat 15:00 da Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi tomonidan  universitetning 108-xonasida oliygohimiz tayanch doktoranti Xashimova Madina Muradxanovna 08.00.17 –“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha PhD ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Hududda ekoturizmni rivojlantirish orqali qo'shimcha talab va taklif zanjiri sxemasini aniqlash uslubi (Omonqo‘ton hududi misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi yuzasidan seminar tashkil etilmoqda. Ushbu mavzuga qiziquvchi barchani seminarga taklif etamiz.

Joriy yilning 13-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Marketing va rekruting bo‘limi xodimlari Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 1- IDUM hamda 63- umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad bugungi kunda yoshlarning oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va shu bilan birga, universitetimizda ta’lim-tarbiya sohasidagi ishlarni keng targ‘ib qilishdan iborat. Bo‘lim xodimlari asosan umumta’lim maktablari bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Tadbirlarda umumta’lim maktabi rahbariyati, o‘qituvchilari hamda o‘quvchilar ishtirok etishdi. Unda so‘z olgan Marketing va rekruting bo‘limi boshlig‘i Otabek Akbarov bugungi kunda yurtimizda xususan Samarqandda oliy ta’lim muasassalari ko‘pligi biroq davr talabi turizm sohasi bo‘lganligi bois “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ta’lim olish uchun eng qulay maskan ekanligi xususida gapirdi. Bitiruvchilar ham o‘z qiziqishlarini yashirib o‘tirishmadi va ko‘plab savollariga javob olishdi.

Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar, olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohatlarni hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga keng targ‘ib qilish maqsadida universitetimizning bir guruh ziyolilari Toyloq tumanidagi mahallalarda, qishloqlarda aholi bilan bilan uchrashuvlar o‘tkazib qator tadbirlar va davra suhbatlari o‘tkazib kelmoqda.

Keyingi yillarda Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan amaliy ishlarni hayotiy misollar bilan xalqimizga yetkazish va ushbu jarayonlarda har bir yurtimiz fuqarosi o‘z hissasini qo‘shib kelayotganligini ta’kidlash maqsadida joriy yilning 12-yanvar kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tillar” kafedrasi oʻqituvchilari Munira Baymatova va Timur Abdulloyev Toyloq tumanidagi “Navzandak” mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi. Targ‘ibot tadbirida aholi bilan yaqindan muloqot qilinib, ularga Samarqandda xususan Toyloq tumanida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib berishdi va “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” targʻibot tadbirida ma’ruza qildi.

Tadbirda tuman hokimligi mutasaddilari va tumandagi qator nodavlat tashkilotlar vakillari, mahalla faollari ishtirok etdi va mavzu yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.  Universitetimiz o‘qituvchilari tomonidan tadbir  ishtirokchilariga turli qiziqarli mavzularda viktorina tashkil etildi va gʻolib bo‘lganlarga kitoblar sovg‘a qilindi.

Dushanba, 15 Yanvar 2024 14:45

E’LON

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bo‘limlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga munosib nomzodlarni ishga taklif qiladi

E’LON!

Lavozim nomi: Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis.

Ma’lumot: Oliy (bakalavr yoki magistr).
Mutaxassislik: Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati, Buxgalteriya hisobi va audit, moliya va iqtisodiyot yo‘nalishlari
(TOP-500, TOP-1000 ro‘yxatidagi OTMlarni tugatgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi.)

Mehnat staji: Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va uning tizim tashkilotlarida kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lishi lozim.

Xorijiy tilni bilish darajasi: Rus va ingliz tillarini bilishi, ingliz tili (IELTS 6,0 yoki davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikat-CEFR B2 darajasida bilishi).


Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilishi, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olishi
hamda Kompyuterda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.


Lavozim majburiyatlari: Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisining asosiy maqsadi tashkilotda, shuningdek, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ISO37001:2016 xalqaro standarti talablariga javob beruvchi kompleks tizimni, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish va rivojlantirish, korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, tashkilot tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, tashkilot tizimida korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hujjatlar ijrosini ta’minlashdan iborat.

Lavozim nomi: Yuridik byuro bo‘limi boshlig‘i.

Ma’lumot: Oliy (bakalavr yoki magistr).


Mutaxassislik: huquqshunos
(TOP-500, TOP-1000 ro‘yxatidagi OTMlarni tugatgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi).

Mehnat staji: Yurispendensiya sohasida davlat organlari va uning tizim tashkilotlarida kamida 3-6 yillik yil ish stajiga ega bo‘lishi lozim.

Xorijiy tilni bilish darajasi: Rus va ingliz tillarini bilishi, ingliz tili (IELTS 6,0 yoki davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikat-CEFR B2 darajasida bilishi).

Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilishi, internet tarmoqlaridan foydalana olishi
hamda kompyuterda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.

Lavozim majburiyatlari:

Ta’lim muassasasining barcha huquqiy hujjatlarini, bitimlarni yuridik ekspertizasini o‘tkazish;

ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha malakaga ega bo‘lishi;

iqtisodiy, mehnat, fuqarolik protsessual qonunchilikni yaxshi bilish;

 barcha turdagi protsessual hujjatlar loyihalarini tayyorlash (shartnomalar, arizalar, iltimosnomalar, tushuntirishlar va boshqalar) va ularni huquqiy tahlil qilish;

sud instansiyalari va davlat organlarida ishonchli vakillarning manfaatlarini ifodalash uchun hujjatlarni to‘plash, tahlil qilish va tayyorlash;

tizimli fikrlash, stressga chidamlilik, xushmuomalalik, ziddiyatsizlik, aniqlik, vazifalarni mustaqil va ijodiy bajarish qobiliyatiga ega bo‘lish;

Lavozim nomi: Axborot texnologiyalari (IT) bo‘limiga yetakchi mutaxassis.

Ma’lumot: Oliy.


Mutaxassislik: dasturiy injiniring, kompyuter injiniring va turdosh yo‘nalishlar.

Ish staji:  Dasturlash sohasida kamida 2 yillik yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim.

Xorijiy tilni bilish darajasi: Rus va ingliz tillarini bilishi.


Bilishi kerak: Full stack developer (front-end dev, back-end dev, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash va boshqa).

Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti nomzodlarga:

  • barqaror oylik maosh,
  • istiqbolli karyerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyatini,

Ish tartibi: dushanbadan juma kuniga qadar

Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha

Dam olish kuni: shanba, yakshanba.

Hujjatlarni topshirish muddati: 2024-yil 20-fevral (shu kuni soat 18:00 qadar).

Nomzodlar Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga yoki +998 93 523 22 95 telegram raqamiga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi kerak:

  • O‘zbek yoki (rus), ingliz tilidagi KPI.
  • Til bilish sertifikati.
  • Ma’lumotnoma va diplom.

Ma’lumot uchun telefonlar:

+998 66 240-67-73

Juma, 12 Yanvar 2024 12:16

DIQQAT E’LON

Hurmatli universitetimiz professor-oʻquvchilari va aziz talabalar! Universitet ma’muriyati sizlardan,  boʻsh vaqtlaringizda oʻz qishlogʻingiz, mahallangiz va tuman (shahar) boʻylab sayohatlar tashkil qilinishi va turistlar uchun qiziqarli boʻlishi mumkin boʻlgan joylar haqidagi maʼlumotlarni telegramdagi @ichki_turizm havolasiga yoki @turistik_obekt_bot orqali yuborishlaringizni va yurtimizdagi turistik maskanlarimiz to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘ishda faol ishtirok etishlaringizni so‘rab qolamiz!

Birgalikda yurtimizdagi jozibador turistik o‘choqlarini ochamiz va turizmni rivojlantiramiz! 

44 dan 82 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar