press

press

Joriy yilning 5-iyun kuni universitetning Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi hamda “Turizm” kafedrasi hamkorlikda universitetda tahsil olayotgan xorijiy hamda mahalliy talabalar uchun Urgut tumanida joylashgan “Teshiktosh”, “Qoratepa suv ombori” hamda “Tersak” turizm qishlog‘ida “Turizm” festival tashkil etildi.

Fesitival davomida talabalar “Qoratepa suv ombori”i atrofida sayohlarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilayotgan mehmonxonalar va shart-sharoyitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Ishtirokchilar tumanning “Tersak” turizm qishlog‘iga tashrif buyirishib, qishloq hayoti bilan yaqindan tanishish bilan birga milliy taomlarimizdan ham bahramand bo‘lib, kuy-qoshiqlar kuylab raqslarga tushishdi.

Universitet talabalari turizmda bu kabi yangiliklar bilan tanishish asnosida o‘z tashabbuslarini ham ilgari surdi. Tadbir so‘nggida “Turizm” festivalni tashkil etishgan mas’ullarga o‘z minnadorchiliklarini bildirishdi.

Payshanba, 06 Iyun 2024 11:04

E’lon!

2024-yil 3-chorak uchun “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga o‘qishga hujjat topshirgan tadqiqotchilar diqqatiga. Shu yilning 7-iyun kuni soat 14:30 da universitetimizda mustaqil izlanuvchilikka (PhD), o‘qishga kirish uchun talabgorlar bilan suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tadi. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchilikka (PhD) o‘qishga kirish uchun talabgorlar bilan o‘tkaziladigan suhbat

JADVALI 

Ixtisoslik shifri va nomi

Suhbat

o‘tkaziladigan fan nomi

Suhbat o‘tkazilish kuni va vaqti

Suhbat o‘tkaziladigan joy

Mustaqil izlanuvchilik (PhD)

1

08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi

Mutaxassislik

2024-yil 7-iyun, soat 14:30

Universitet binosi, 230-xona

2.

08.00.13-“Menejment” ixtisosligi

Mutaxassislik

2024-yil 7-iyun, soat 14:30

Universitet binosi, 230-xona

3.

08.00.11 – “Marketing” ixtisosligi

Mutaxassislik

2024-yil 7-iyun, soat 14:30

 

4.

08.00.05-“Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” ixtisosligi

Mutaxassislik

2024-yil 7-iyun, soat 14:30

Universitet binosi, 230-xona

5.

10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunaslik” ixtisosligi

Mutaxassislik

2024-yil 7-iyun, soat 14:30

Universitet binosi, 230-xona

*“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga o‘qishga hujjat topshirgan talabgorlarga kirish imtihonlari mutaxassislik fanlaridan imtihon dasturlariga asosan o‘tkaziladi (ixtisosliklar bo‘yicha imtihon dasturlari ilova qilinadi).

Talabgorlardan suhbat o‘tkaziladigan vaqtdan yarim soat oldin suhbat o‘tkaziladigan joyga o‘zlarining shaxslarini tasdiqlovchi hujjat (passport) bilan kelishlari so‘raladi.

Chorshanba, 05 Iyun 2024 17:04

Assalomu aleykum barchaga!

❇️❇️❇️ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmonining 2-ilovasi 17-bandida keltirilgan "Scopus", "ScienceDirect", "Web of Science" va boshqa xalqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallardagi maqolalar sonini 2025-yilga kelib yiliga 4000taga yetkazish vazifasi belgilangan. Mazkur farmon ijrosini ta'minlash maqsadida xalqaro ilmiy jurnallar va yetakchi ma'lumotlar bazalaridan biri bo'lgan "Elsevier" kompaniyasi tomonidan ertaga 6-iyun sanasida soat 14:00da webinar tashkil etilmoqda. Mazkur webinar doirasida quyidagi ma'lumotlar va ko'rsatmalar taqdim etiladi:
✅Science Direct va Scopus yordamida ilmiy adabiyotlarni izlash va tanlash
✅Maqolalarni chop etish uchun xalqaro jurnallar tanlovi va ularning reytingini aniqlash
✅ Jurnal muharrirlarining maqolalar tayyorlash bo'yicha ko'rsatmalari va maqola tayyorlash etikasiga oid tavsiyalar beriladi

Hurmatli tadqiqotchilar Sizlardan ?foiz to'liq ushbu vebinarga ishtirok etishlaringiz so'raladi.

Vebinarga ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://elsevier.zoom.us/webinar/register/WN_tPdqayD1QN6R-rx7YvB-cQ#/registration

Приглашение Вебинар Elsevier Июнь 6.pdf

Universitetimizda o‘tkazilgan Ikkinchi "Amerika notiqlik tanlovi" natijalari eʼlon qilindi! “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 1-bosqichida tahsil olayotgan eng iqtidorli 15 nafar talaba zamonamizning dolzarb mavzularida notiqlik bo‘yicha o‘zaro bellashishdi.

Amerikalik hakamlar hay'ati chiqishlarni taqdimot, ravshanlik, mazmun, ishonch va vaqtni boshqarish kabi parametrlar bo'yicha baholab borishdi. Barcha ishtirokchilar o‘z nutqlarining tinglovchiga aniq, ravshan va ta’sirchan yetib borishi uchun harakat qilishdi.

Ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi. Tanlov natijalariga ko‘ra, quyidagi talabalar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi:

1. Sevilya Kantakuzina (Guide-123) jahon hamjamiyatining eng dolzarb muammolaridan biri - ayollar huquqlarini ko'tarib, muammoning yechimi sifatida butun dunyoda feminizmni rivojlantirishni taklif qilib, 1-o'rinni egalladi!

2. Asaliya Saidahmedova (Guide-223) 2-o‘rinni egallab, qizlarga ham xuddi o‘g‘il bolalardek mehr bilan munosabatda bo‘lish, ularga birdek imkoniyat berish kerakligi haqidagi ishonarli nutqi bilan barchaning qalbini to‘lqinlantira oldi!

3. Feruza Abdusaidova (Guide-123) qizlarni yoshligidan mustaqil va hurmatli qilib tarbiyalashga ochiq yondashgani uchun 3-o‘rinni egalladi!

G‘oliblar esdalik sovg‘alari (birinchi o‘rin sohibiga power bank, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblariga quloqchinlar) hamda 1, 2 va 3-o‘rin sohiblari sertifikatlar bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston hamda Fransiya oliy ta’lim muasassalari o‘rtasida imzolangan konsorsiumga asosan YSchools universiteti vakillari xususan xalqaro offis direktori Antoine Guillemet, xalqaro hamkorlik va rekruiting bo‘yicha menejer Wassim Bendimerad va Turizm kafedrasi mudiri Dr. Socrat Ghadbandan iborat degelatsiya universitetimizga tashrif buyurishdi.

Fransuz tomoni universitetimiz bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatishdan mamnun ekanligini bildirib, hamkorlikda Erasmus+ loyihasi doirasida KA171 akademik xodimlar va talabalar mobilligi loyihasiga hamkorlikda hujjat topshirish, yozgi maktab, universitetlar o‘rtasida qisqa va uzoq muddatli talabalar almashinuv kabi dasturlarni yo‘lga qo‘yish, tadqiqotchilarga ilmiy rahbarlar almashish istagida ekanligi, shuningdek universitetimiz qoshida ochilgan UNWTO Akademiyasi faoliyatida ham birgalikda amaliy ishlarni boshlash istagi borligini ta’kidlashdi.

Shuningdek uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-19-sonli qaroriga asosan Fransiya Respublikasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “O‘zbekshunoslik” (“Uzbek Studies”) kafedrasini ochish to‘g‘risida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-aprelda “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-135-sonli qaroriga asosan Samarqand viloyatidagi Payariq, Urgut, Toyloq hamda Samarqand tumanlarida turizmni rivojlantirish va turistlar oqimini yanada oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar xususida kelishib olindi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning Turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-135 son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Tarix va madaniy meros kafedrasining bir guruh professor-o‘qituvchilari Toyloq tumanida bo‘lib, hududda turizm salohiyatini yanada yaxshilash bo‘yicha qator taklif va tavsiyalarini berishdi.

Ishchi guruhi a’zolari tumanning “Muborak” mahallasida hududida joylashgan Ispandiyortepa tepaligi, “Navbahor” mahallasi hududida joylashgan Ad-Doramiy maqbarasi, “Bog‘ichinor” hududida joylashgan “Xo‘jaguzar” tepaliklarini keng targ‘ib qilgan holda turizm  obe’ktlari ro‘yxatiga qo‘shish va turistlarni jalb qilish xususida o‘z takliflarini berdi. Shuningdek kafedra o‘qituvchilari aholi vakillari bilan suhbatlashgan holda ularning bu xususidagi fikrlari bilan ham o‘rtoqlashdi.   

Chorshanba, 05 Iyun 2024 09:52

E’LON

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2024-2025 o‘quv yili Qabuli uchun “Call markazi” faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Qabul bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha ushbu “Call markazi” mutaxassislariga murojaat qilishingiz mumkin.

1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan universitet Sport mashg‘ulotlari bo‘limi tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti suv havzasida oliygohimizda ta’lim olayotgan xorijlik va mahalliy talabalar hamda Samarqand shahridagi to‘rtta mahalla yoshlari o‘rtasida suzish sporti bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi. Musobaqada mahalla yoshlari va universitetimiz talabalari yakkalik va jamoaviy kurash olib borishdi. Musobaqa yakuni bo‘yicha yuqori natijani qayd etgan ishtirokchilar munosib taqdirlandi.

Ushbu yilning 31-may kuni Toshkent shahrida yosh professional amaliyot xalqaro dasturining (YPIP) ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu 3 oylik yozgi amaliyot dasturi talabalar uchun malaka oshirish sessiyalari, tarmoq imkoniyatlari va murabbiylik bilan mashg‘ul bo‘lish va o‘z bilim va tajribasini oshirish uchun qulay imkoniyat hisoblanadi. Tadbirda yurtimizning barcha hududlaridan kelgan talabalar bilan birga “Ipak yo'li”  turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 3-kurs talabalari Abduvoxidova Munisa, Arslonova Go'zal va Albina Xolieva ham kasbiy amaliyot dasturida ishtirok etishdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 10-maydagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarining o‘zi joylashgan shahar hamda tumandagi mavjud bog‘ va xiyobonlarda tadbirlar tashkil etish to‘g‘risida”gi 01-01-100-sonli reja-jadvalining ijrosi hamda talaba-yoshlarda bilim olishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishi maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida faoliyat yuritayotgan tyutorlar guruhi tomonidan talabalar o‘rtasida “Zakovat” o‘yini o‘tkazildi.

Universitet xiyobonida tashkil etilgan Intellektual o‘yin tabiat qo‘ynida bo‘lib o‘tganligi va qizg‘in va murosasiz bo‘lganligi bilan talabalarda katta taasurot qoldirdi. O‘yin yakuni bilan yuqori bilim va zakovatga ega yoshlar o‘yin g‘olibi bo‘lishdi.

48 dan 123 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar