“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova, universitet psixologi D.Turdiyeva, “Tillar va globallashuv tadqiqotlar" kafedrasining katta o’qituvchisi T.Abdullaev, "Lider qizlar va Qizlarjon klublarining" sardorlari Baxramkulova Fotima va Baxramkulova Zuxro, Prezident stipendianti Mustafakulova Sabina birgalikda 20-may kuni Samarqand shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bolimi tasarrufidagi 20-umumtalim maktabining bitiruvchilari bilan hamkorlikda mamlakatimizda xotin-qizlar taʼlimini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha berilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida targʻibot tadbirlarini tashkil qilishdi.
O’tkazilgan tadbirda unversitet vakillari tomonidan yoshlar uchun, ayniqsa xotin-qizlarni oliy ta’lim muassasalariga qamrab olish yuzasidan qabul qilingan islohatlar to’g’risida to’liq statistik ma’lumotlar berildi.
Tadbir qizg‘in munozaralarga boy bo‘ldi.
Bugungi kunda yurtimizda turizm yo‘nalishida ta’lim olishga bo‘lgan qiziqish kun sayin oshib bormoqda. Kuniga, kun ora oliygohimizga umumta’lim maktabi bitiruvchilarining tashrifi ham ushbu fikrimizga yaqqol misol bo‘la oladi.
O‘tgan haftalar davomida universitetimizga Samarqand shahridagi 1 IDUM, 29, 47, 33, 14, 63, 64, 71 umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari tashrif buyurdi va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. O‘quvchilarga universitetimizdagi imkoniyatlar, kelajakda turizm va madaniy meros sohalarida yetuk mutaxassis bo‘lishi haqidagi ma’lumotlar bilan Qabul va marketing bo‘limi boshlig‘i O. Rustamov batafsil ma’lumotlar berdi. Shundan so‘ng maktab bitiruvchilari va universitetimizda ta’lim berayotgan xorijlik o‘qituvchilar o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Sport klubi qoshida maktab o‘quvchilarini shaxmat, stol tennisi va suzish sport turlari bo‘yicha o‘z iste’dodlarini yuzaga chiqarish, ular orasidan sport sohasida alohida iqtidor egalarini saralab olish maqsadida shaxmat sport turi bo‘yicha haftada 2 marta mashg‘ulotlar tashkil etilgan.
Ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun shahrimizdagi barcha maktab o‘quvchilarini taklif etamiz. Mashg‘ulotlarni yuqori malakali sport murabbiylari olib borishadi. Imkoniyatni boy bermang! Mashg‘ulotlar bepul amalga oshiriladi!
Mashg‘ulotlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan maktab o‘quvchilari ushbu raqamga +99890224-02-22 qo‘ng‘iroq qilishi va mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin!
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Turizm kafedrasi assistent-o'qituvchisi va universitetning doktoranti R.Ruhshona QS World University Rankings – 2024 xalqaro agentligi reytingida 478-o‘rinda turuvchi HTWG Konstanz amaliy fanlar universitetida “Barqaror turizm amaliyotlari” mavzusida ma’ruza o‘qidi. Ma'ruza davomida O'zbekistonda barqaror turizmni rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan ishlar, yashil iqtisodiyot va uning barqaror turizm bilan uzviy bog'liqligi haqida ma'lumotlar berildi. Ahamiyatli tomoni ushbu ma'ruza tinglovchilarda juda katta qiziqishlarga, qizg'in bahs va munozaralarga sabab bo'ldi.
Talaba-yoshlarni teatr san’atiga muhabbat ruhida tarbiyalash va ularni ma’naviy kamolotga yo‘naltirish orqali universitetda madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Talabalar teatr studiyasi” jamoasi rahbari Odil Boynazarov rahbarligida Abu Tohirxo‘janing “Samariya” asari tarixiy faktlariga asoslangan “Samariya” spektakli sahnalashtirilib, Samarqand shahridagi “Registon” maydonida yig‘ilgan mahalliy va xorijiy mehmonlarga namoyish qilindi. Talabalar ushbu asardagi personajlarni zo‘r mahorat bilan ijro etib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
17-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-kizlar kengashi tomonidan sevgi-muxabbat va mexr-muruvvat kuychisi Xalima Xudayberdieva tavalludining 77-yilligiga bag‘ishlangan “Sen baribir muqaddassan - muqaddas Ayol” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir mehmoni shoir, yozuvchi, jurnalist, dramaturg Karimberdi To‘ramurodov shoiraning “She’riyatdan baxt topgan ayol” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etib, talaba yoshlarga Halimaxonim Xudayberdievaning hayot va ijod yo‘li haqida gapirib berdi.
Shuningdek tadbir so‘nggida talaba-yoshlar tomonidan shoira she’rlari va asarlaridan namunalar o‘qilib, savollarga javob berildi. Ahamiyatlisi she’riyat tadbiri ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Bugungi globallashuv davrida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tshkil etish hamda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Besh muhim tashabbusining birinchi tashabbusi - yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atining boshqa turlariga qiziqishlarini yanada oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarish borasidagi sa’yi-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida universitetimizda faoliyat yuritayotgan tyutorlar guruh talabalari bilan Universitet xiyoboniga tashrif buyirishdi va talaba-yoshlar ishtirokida she’r va qo‘shiqlar kuylash bilan birgalikda tabiat qoynida madaniy hordiq chiqarishdi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Talabalar xavfsizligi kuni” yuzasidan universitet tyutorlariga ertalabki yo‘riqnoma berildi. Yo‘riqnoma bo‘yicha tyutorlar Talabalar turar joyida mustaqil ta’lim olish bilan bog‘liq sharoitlar va ijtimoiy, psixologik va maishiy muammolarini o‘rganishdi, ularni hal qilishga ko‘maklashishdi. Talabalarning TTJda ichki odob-axloq va sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilinish holatini yaqindan o‘rgandilar.
Shuningdek, tyutorlar tomonidan navbatchilik asosida universitet hududi videokuzatuv moslamalari orqali nazorat qilinmoqda. Targ‘ibot tadbirlari doirasida davomat tadbirlari o‘tkazildi.
Joriy yilning 16-17-may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Ipak yo‘lida madaniyatlar aks-sadosi: tarixiy merosning zamonaviy turizm bilan tutashuvi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya universitetining Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori prof. D.Nasimovning nutqi bilan boshlandi. Shuningdek, tadbirda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti prorektori Dr.Amir Singx,“Ipak yo‘li” tadqiqot instituti direktori prof. Mavlyuda Yusupova, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari boʻyicha prorektori prof. Tony Zou, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Joseph Hoffmann, Biznes va menejment maktabi rahbari Asghar Mehmud Sufyan, shuningdek, mahalliy va xorijiy ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar Ipak yo‘li xalqlarining bugungi kundagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy vа madaniy aloqalarini tatbiq etish, respublikamizda hamda dunyoda olib borilayotgan tadqiqotlar bilan fikr almashish, hamda yosh olim, magistrant, doktorant vа mutaxassislarning ilmiy tadqiqot ishlarining sifati vа samaradorligini oshirish haqida fikr yuritishdi.
Ilmiy jamoatchilik e’tibori tarixiy meros va zamonaviy turizm o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning muhim masalalariga qaratilgan konferensiya o‘z ishini davom ettirmoqda.
Yaqinda viloyatimizdagi oliy ta’lim muasassalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining viloyat bosiqichida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib respublika bosqichiga yo‘lannmani qo‘lga kiritdi. Bilimga chanqoq talaba-yoshlarimizni ushbu muvaffaqiyati bilan muborakbod etamiz va respublika bosqichida ham omad tilaymiz.
Quyidagi jamoalar toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi:
1. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
2. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
3. O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
4. Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz