press

press

Joriy yilning 20-may kuni Ozarbayjon Davlat Iqtisodiyot Universiteti (UNEC) raisligida Turkiy davlatlar universitetlar ittifoqi (TURKUNIB)ning VII Bosh Assambleyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro tadbirda 50 ga yaqin universitet rektorlari, turkiy davlatlarning fan va ta’lim sohasi vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan UNEC rektori, professor Adalat Murodov ishtirokchilarni qutlab, TURKUNIB raisligi davrida UNEC tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida taqdimot qildi. 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan fan, ta’lim va ijtimoiy sohada ko‘plab faoliyat va loyihalarni o‘z ichiga olgan “Yo‘l xaritasi” loyihasi tayyorlanib TÜRKÜNİB Bosh Assambleyasiga taqdim etilganligi aytildi.

Bosh Assambleyada ishtirok etgan Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliev ishtirokchilarni qutlab, tashkilot tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida gapirdi: “60 ta yangi universitetdan TÜRKÜNİBga aʼzo boʻlish uchun berilgan arizalar tashkilotga qiziqish ortib borayotganidan dalolat beradi. Bugun biz TÜRKÜNIBni yanada mustahkamlash yo'llarini muhokama qilamiz. Iyun oyida Shusha shahrida boʻlib oʻtadigan turkiy davlatlar taʼlim vazirlarining sakkizinchi yigʻilishi ushbu takliflarni qabul qilish va TÜRKÜNIBni yanada institutsionallashtirish nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega”,-dedi Bosh kotib. Shuningdek yigʻilishda 60 ta universitetning aʼzolik uchun arizalari koʻrib chiqilishi va ittifoqning kelgusi faoliyati uchun muhim masalalar muhokama qilinishini maʼlum qildi.

Bosh Assambleya ochilish nutqlaridan so‘ng o‘z ishini muhokamalar bilan davom ettirdi. Yig‘ilishda TÜRKÜNİBga a’zo universitetlarning ilmiy va ta’lim dasturlarini uyg‘unlashtirish, almashinuv dasturlari sonini ko‘paytirish, diplomlarning ekvivalentligini e’tirof etish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida millatlararo tushunishni  rivojlantirishni ta’minlash maqsadida AQSH elchixonasi hamkorligida  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi bosqich talabalari uchun 2024-yil 29-may kuni universitet faollar zalida “American Speech Competition” notiqlik musobaqasi tashkil etilmoqda. Qatnashish istagini bildirgan talabalar havola orqali guruhga qushiling va g’olib bo’ling!

Yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga oid tashkil etilayotgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro univeriteti jamoasi  va adiblar  Samarqand  viloyati Tayloq tumanining “Istiqlol” mahallasidagi 8-umumta’lim maktabida o’quvchilar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazishdi.

Shoirlar  mamlakatimizda ta’limga, xususan, oliy ta’limga qaratilayotgan yuksak e’tibor va ushbu sohadagi yangiliklar, O‘zbekiston Yozuvchilar uyshmasi a’zolari bo‘lgan taniqli ijodkorlarning hayoti va ijodi, shuningdek,  universitet ta'lim yo'nalishlari va ushbu o'quv yurtida o'qishning afzalliklari to'g'risida o'quvchilarga batafsil ma'lumotlar berishdi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasida  xalqimiz suygan adiblar Nurulla Choriyev va Sardor Xamrayevlar tashrifiga bag’ishab “Zakovat” intelliktual o‘yinlari tashkil қilindi.

Universitet talabalari o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylangan “Zakovat” intellektual o‘yinida  4 ta jamoa ishtirok etdi. “Zakovat” intellektual o‘yini davomida savollar adiblarimiz ijodiga bag’ishlandi. Qiziqarli tarzda o'tgan ushbu bellashuv yoshlarimizda katta taassurot qoldirdi.

“Zakovat” intellektual o‘yinidan so’ng, adiblarimiz o’z dastxatlarini universitet esdaliklar kitobida qoldirishdi.

Chorshanba, 22 May 2024 12:18

ADIBLAR BILAN IJODIY UCHRASHUV

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqro universitetida  "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida 2024-yil 22-may kuni adabiy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.  O'zbekiston  Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, xalqimiz suygan adiblar Nurulla Choriyev va Sardor Xamrayevlar tashrif buyurishdi. Adiblar va talabalar ishtirokida adabiy-badiiy anjuman  o'tkazildi. Tadbir davomida talabalar she'riyat shavqi, badiiy adabiyot zavqidan bahramand bo'ldilar.

Joriy yilning 21-may sanasida universitet Talabalar turar joyida universitet tyutori Sabina Abbasova tomonidan talaba-qizlarlarni bòsh vaqtini mazmunli òtkazish va o‘zbek milliy taomlarini tayyorlash bo’yicha tadbir o’tkazildi.

Mazkur tadbirning maqsadi, talaba-qizlarni xalqimizning qadimdan tayyorlanib kelinayotgan milliy taomlarini tayyorlashni o’rgatish va talaba-qizlarni mustaqil hayotga tayyorlashdan iborat. Tadbir jarayonida tyutor tomonidan ko‘k somsani tayyorlash texnologyasi, oshxona qoidalari, mahsulotlardan unumli foydalanish, tozalikka rioya qilish kabi qimmatli tavsiya va ma’lumotlar berildi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm” kafedrasi o‘qituvchisi Yelena Salnikova tomonidan  “Madaniyatlar almashinuvi kuni”  tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbirga mahalliy va xorijiy talabalar va o‘qituvchilar, mutaxassislar taklif etildi. Tadbir  doirasida talabalar tomonidan turli millatlar kuy-qo'shiqlari va raqslari namoyish qilindi.

Talabalarimiz va universitet professor-o‘qituvchilarining fidoyiligi, shijoati bilan bugungi kundagi eng sharafli vazifa –  uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ezgu maqsadimiz sari dadil qadam bosyapmiz. 

Chorshanba, 22 May 2024 11:26

DIQQAT E’LON

Hurmatli bakalavriat va magistratura bitiruvchi talabalari,

2023/2024-o’quv yilining Yakuniy Davlat Attestatsiyasi quyida berilgan jadval asosida bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.
Jadval

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Sport klubi qoshida  maktab o‘quvchilarini armrestling sport turi bo‘yicha  o‘z iste’dodlarini yuzaga chiqarish, ular orasidan sport sohasida alohida iqtidor egalarini saralab olish maqsadida 2022-yildan boshlab armrestling sport turi bo‘yicha haftada 2 marta mashg‘ulotlar tashkil etilgan. 2024- yil 20-mayidan esa yangi guruhlarni ochish rejalashtirildi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun shahrimizdagi barcha maktab o‘quvchilarini taklif etamiz. Mashg‘ulotlarni yuqori malakali sport murabbiylari olib borishadi. Imkoniyatni boy bermang! Mashg‘ulotlar bepul amalga oshiriladi!

Mashg‘ulotlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan maktab o‘quvchilari ushbu raqamga +99890224-02-22 qo‘ng‘iroq qilishi va mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin!

21-27 may turk oshxonasi haftaligi doirasida Turkiya Respublikasining Samarqanddagi Bosh konsulxonasi Bosh konsuli  janob Salih JANER universitetimiz talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirni universitet  Yoshlar bilan ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvohidova olib bordi. Ma’lumki, turizm sohasida gastronomik turizm muhim o‘rin egallaydi. Mehmon qaysi davlatda bo‘lishidan qat’iy nazar milliy taomlaridan bahramand bo‘lish istagida bo‘ladi.  Tadbirda janob Salih JANER tomonidan Turkiya Turizm vazirligi tomonidan nashr qilingan Turk oshxonasi kitobidan milliy taomlar, sharbatlar hamda salatlar va shirinliklar taqdimoti o‘tkazilib, uning tarixi, kelib chiqishi, tayyorlanishi xususida batafsil ma’lumotlar berildi. Universitetimiz ma’muriyati o‘zaro hamkorlik aloqalarini yaxshilashga qo‘shgan hissasi uchun Turkiya Respublikasining Samarqanddagi Bosh konsulxonasi Bosh konsuli  janob Salih JANER va uning jamoasiga sertifikat topshirdi. Tadbir so‘nggida ishtirokchilar turk milliy taomlaridan bahramand bo‘lishdi.

51 dan 123 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar