13-14 may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro univeristetida bo‘lib o‘tayotgan seminarga Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Charlotte Adriaen xonim tashrif buyurdi.
Ekspertlar bilan bo‘lib o‘tayotgan seminar yig‘ilishda O‘zbekistonda Oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan amaliy ishlar, bu borada Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikdagi loyihalar xususida gapirdi. Charlotte xonim o‘z nutqida bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta’lim sohasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotganligi va Yevropa Ittifoqi ham ta’lim sohasining rivojlanishida o‘z yordamini ayamasliklarini bildirdi.
Joriy yilning 13-14-may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oliy ta’lim tashkilotlarini islohatlashtirish ekspertlarini qo‘llab-quvvatlash uyushmasi mutaxassislari ishtirokidagi seminar bo‘lib o‘tmoqda.
OBREAL, ERASMUS+ Milliy ofisi, Yevropa Komissiyasi, SPHERE tashkiloti hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamkorligida O‘zbekistonda ilk bor Oliy ta’lim tashkilotlarini islohatlashtirish ekspertlari yig’ilishi seminari tashkil qilindi. Seminarda 22 davlatdan 70ga yaqin mutaxassislar ishtirok etishmoqda.
Bugungi seminar innovatsion uslublarni ta’lim jarayoniga kengroq jalb qilish, universitet faoliyatini jamiyat bilan uyg’unlashtirish, hamkorlik asosida ilmiy-tadqiqotlar ishlarini olib borish, barqaror rivojlanish dasturilarini yo‘lga qo‘yish va boshqa masalalar yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.
Avval xabar berganimizdek, 13-14 may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘lib o‘tayotgan Erasmus+ Yevropa Ittifoqining ta'lim, o'qitish, yoshlar va sport sohalarida loyihalar, hamkorlik, tadbirlar va mobillikni qo'llab-quvvatlash dasturi ekspertlari 12-may kuni universitetimiz faoliyati bilan hamda olyigohimiz qoshidagi Art Rezidensiyada bo‘lib o‘tayotgan Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishishdi.
22 ta davlatdan kelgan 70 nafarga yaqin ekspertlarga universitetimiz o‘qituvchilari hamrohlik qilgan holda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetidagi ta’lim-tarbiya jarayonlari, milliy kiyimlar galeriyasi, kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Bundan tashqari mehmonlar universitetimiz qoshidagi Art Rezidensiyada bo‘lib o‘tayotgan Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasiga tashrif buyurib juda katta taassurot ega bo‘lishdi.
Joriy yilning 13-14 may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Erasmus+ Yevropa Ittifoqining ta’lim, o‘qitish, yoshlar va sport sohalarida loyihalar, hamkorlik, tadbirlar va mobillikni qo‘llab-quvvatlash dasturini yo‘lga qo‘yish maqsadida xalqaro seminar o‘z ishini boshladi.
Ushbu Erasmus+ Yevropa Ittifoqining ta’lim dasturi Yevropaning 33 ta davlati (a’zo davlatlar va bog‘langan davlatlar) o‘rtasida ushbu sohalarning barchasida hamkorlikni moliyalashtirish imkoniyatlarini taqdim etadi. Bu 33 mamlakat va butun dunyo uchinchi davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik uchun kuchli xalqaro e’tiborga egaligi alohida ahamiyatga ega. Bugun 13-may kuni dasturning 22 ta davlatidan 70 ga yaqin ekspertlar universitetimizga tashrif buyurdi.
Dastlab seminarda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslaxatchisi Suna Park “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.Abduxakimovning seminar ishtirokchilariga yo‘llagan ma’ruzasini o‘qib eshittirdi.
Shundan so‘ng so‘z olgan ekspertlar ushbu xalqaro dasturning ahamiyatli tomonlariga to‘xatilib o‘tishdi. Seminar davom etmoqda.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 08.00.17- “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon uchun hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihon jarayonlari joriy yilning 25-may kuni soat 14:30da universitet binosi 108-xonada tashkil etiladi.
Talabgorlardan imtihon boshlanadigan vaqtdan yarim soat oldin malakaviy imtihon o‘tkaziladigan joyga o‘zlarining shaxslarini tasdiqlovchi hujjat (passport) hamda tadqiqotchilarning dissertatsiya avtoreferatlari bilan birgalikda kelishlari so‘raladi.
Dastur
Avval xabar berganimizdek, 9-May - "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida qator tadbirlar, tanlovlar o‘tkazildi. Tadbirlar doirasida universitet tyutori G.Husainova hamda talaba-yoshlar birgalikda yakka-yolg‘iz keksa, nuroniylar holidan xabar olishdi. Xayr, saxovat ko‘rsatib, ular bilan dildan suhbat qurishdi.
Bugun 8-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish maqsadida oliygoh “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Halollik yoshlarning hamrohi –rivojlanish mezoni” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Targ‘ibot tadbirida universitetimiz professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirni universitetning Ma’muriy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov kirish so‘zi bilan ochib, korrupsiya jamiyat illati ekanligi unga qarshi kurashishda barcha mas’ul bo‘lishi lozimligi xususida gapirdi. Tadbirda so‘z olgan viloyat Advokatlar palatasi raisi T.Qodirov hamda viloyat hokimligi mas’ul xodimi jamiyat va davlat rivoji uchun eng katta to‘siqlardan biri bu korrupsiya ekanligini ta’kidladi va ushbu illatning ko‘rinishlari, qonun nuqtai nazaridan javobgarligi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berdi.
Shuningdek tadbirda oliygoh “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi I.Negmatov ham universitet faoliyatida bu kabi salbiy holatlarning yuz bermasligi borasidagi amaliy chora-tadbirlar xususida gapirdi.
Shu kunlarda yurtimizning barcha tashkilot va korxonalarida 9-may Xotira va qadrlash kuni tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. 8-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamoasi ham ushbu kunni munosib nishonladi. Tadbir munosabati bilan maxsus orkestr jamoasi taklif qilindi va kishiga xush yoquvchi turli musiqalar yangradi. Dastlab tadbir O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng Xotira va qadrlash kuni tadbirida so‘z olgan universitet Ma’muriy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov har birimiz uchun xotiraning muqaddas ekanligi va o‘tganlarni yod olish, qadrlash insoniy burchimiz ekanligi xususida gapirdi. Kun davomida universitetimizda Xotira va qadrlash kuni tadbirlari davom etdi.
2024-yil 9-may kuni Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga 79 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan 8-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 9-may “Xotira va qadirlash kuni” munosabati bilan oliygoh talabalari tomonidan rasm chizish loyihasi tashkil etilidi.
Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biridir. Fashizmga qarshi urushda mardonavor jang qilgan, og‘ir mashaqqat va musibatlarni boshdan kechirgan qahramonlar va xalqimiz asrlar davomida orzu qilgan erkinlik uchun o‘z jonini qurbon qilganlar xotirasi hamisha yodimizdadir.
Joriy yilning 6-may kuni universitet xotin-qizlar kengashi va uning qoshidagi “Lider qizlar” klubi faol a’zolari hamda Samarqand shahridagi 46-umumta’lim maktabi bitiruvchi o'quvchilari hamkorligida oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona-kitobxon bola” gʻoyasini hududlarda keng targʻib qilish yuzasidan uchrashuv tashkil qilindi. Dastlab uchrashuvda ushbu g‘oya asosida qilinadigan ishlar belgilab olindi. Shundan so‘ng o’quvchi yoshlar tomonidan o’zlari sevib mutolaa qilgan kitob va asar qahramonlari haqida savol-javoblar o‘tkazildi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz