press

press

Joriy yilning 20- noyabr kuni universitetimiz “Turizm menejmenti” kafedrasi o’qituvchisi Dilrabo Mardonova va to'rtinchi bosqich Tourism 120-guruh talabalari Samarqand shahridagi "Alexander" mehmonxonasida "Mehmondo'stlikda iste'molchi xizmatlarini boshqarish ” fanidan talabalar bilan birgalikda mehmonxonada ko'rsatiladigan xizmatlar turlari, xonalar soni va turiga qarab narxlarning farqlanishini, ko'rsatiladigan asosiy va qo'shimcha xizmatlar haqida batafsil ma'lumotlar olishdi. Bundan ko‘zlangan maqsad talaba yoshlarimizni turizm sohasida mehmonlarni joylashtirish, ularga yuqori darajada servis xizmatlarini ko‘rsatish amaliyotlari bilan yaqindan tanishish va o‘z ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.

2023-yilning 18-noyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan universitet talabalari o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” hamda Talabalar ligasi saralash musobaqalari tashkil etildi.

Musobaqa murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi. Yakunda to‘rtinchi bosqich talabalaridan iborat “Unity” jamoasi 3-o‘rinni, birinchi bosqich talabalaridan iborat “Counter team” jamoasi 2-o‘rinni, 4-bosqich talabalaridan iborat “Eagles” jamoasi esa birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.  

Dushanba, 20 Noyabr 2023 10:17

Xotin-qizlar huquqlari davlat himoyasida

Joriy yilning 17-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish: oilada, jamiyatda va davlat idoralarida” navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda xotin-qizlardan iborat universitetimiz ishchi, xizmatchilari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda so‘z olgan universitet xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova bugungi kunda Yangi Konstitutsiyada xotin-qizlarni jamiyatda tutgan o‘rnini mustahkamlash maqsadida qabul qilingan qonunlar haqida to‘liq ma’lumot berdi. Bundan tashqari tadbirda universitet yuristi F.Boboyev, Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova, “Turizm menejmenti” fakulteti dekani R.Toshniyozova, oliygoh kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti raisi S.Matlabov va universitet psixologi D.Turdieva tomonidan jamiyatda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish borasida fikrlar bildirildi. Yig‘ilishda mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob qaytarildi.

Hurmatli universitetimiz professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari sizlarni Vatanimizning muhim ramzlaridan biri bo‘lgan Davlatimiz Bayrog‘i qabul qilinganligi munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.

Barchamiz uchun vatanimizning muqaddas ramzi – Davlat bayrog‘i aziz bo‘lib, u erkimizning eng muhim timsolidir. O‘zbekistonliklarning asriy orzu-istaklarini, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni, ajdodlar yodi hamda millat g‘ururini mujassam etgan bayrog‘imiz Vatanimiz ertasini, kuch va qudratini aks ettirishda bardavom bo‘lsin!

Hurmat bilan, Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Seshanba, 14 Noyabr 2023 15:39

Sport salomatlik garovi

2023-yilning 14 - noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti volontyor-talabalari “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” oyligi doirasida voleybol sport turi bo’yicha o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etishdi va va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdi!

Ushbu sport tadbirida talaba-yoshlarimiz sportning voleybol turi bo‘yicha o‘z mahaoratlarini ko‘rsatgan holda o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazdi. Bu kabi sport tadbirlari talaba yoshlarimizning sportga, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi. Shu o‘rinda barcha talabalarimizni sport-aksiyasida faol bo‘lishlarini va sog‘lom turmush tarzi bilan shug‘ullanishlariga chorlab qolamiz!

Universitetimizda oylik doirasida qator tadbirlar o‘tkazilib unda 50  nafardan ziyod talaba jalb etildi.

Davlat bayrogʻi – mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzining shu sarhadlarida mustaqil Oʻzbekiston davlati borligini anglatadi va oʻzida milliy-madaniy anʼanalarimizni mujassamlashtiradi.

Yuksak-yuksaklarda hilpirab, muvaffaqiyat mayog‘i bo‘layotgan O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy merosi universiteti talabalari va tyutorlari  “Hilpiraydi bayrog‘im” shiori ostida fleshmobda ishtirok etishdi.

Shuningdek universitet tyutorlari G.Hasanova, S.Abbasova, M.Raupova, P.Islomov hamda Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar boʻlimi tomonidan  Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan insholar tanlovi oʻtkazildi. “Mening bayrogʻim, mening magʻrur” mavzusida talabalar davlat bayrogʻi millat gʻururi ekani haqida mustaqil fikrlarini bayon qilishdi.

Talabalar ishtirokida tashkil etilayotgan fleshmob hamda tadbirlar ulardagi davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat va ehtiromni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Joriy yilning 15-noyabr kuni “Ipak yo’li turizm xalqaro universiteti” da “O‘zbekiston – bag‘rikenglik, hurmat, muloqot va turli madaniyatlar, sivilizatsiyalar va xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirgan yurtdir” mavzusida tadbir bo’lib  o‘tdi. Tadbirda universitetimiz prorektori, prof. J.Hoffmann va universitetning iqtidorli talabalari ishtirok etishdi. “Bag‘rikenglik haftaligi” ni o‘tkazish yuzasidan J.Hoffman so‘z olib, bugungi kunda O‘zbekistonda umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, xalqlar o‘rtasida samimiy do‘stlik rishtalarini bog‘lash borasida amaliy qadamlar tashlanganligi xususida gapirdi. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, bag‘rikenlik, millatlar o‘rtasidagi o‘zaro totuvlik rishtalarini mustahkamlash mamlakatimiz qonunlarida ham belgilab qo‘yilgan. Bugungi kunda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham dunyoning aksariyat davlatlaridan professor-o‘qituvchilar bilan birga, talaba-yoshlar ham ta’lim olishmoqda. Ularning yurtimizda emin-erkin faoliyat olib borishlari uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratib berilgan.

Shuningdek tadbirda bag‘rikenglik kuni mamlakatimizda istiqomat qilayotgan ko‘pgina millatlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmatning o‘ziga xos ifodasi ekanligi xususida aytildi.

Joriy yilning 15-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Rektor soati o‘tkazildi. Uni universitet rektori A.Abduxakimov ingliz tilida o‘tkazdi. Yig‘ilishda universitet prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasi yangi bosqichga ko‘tarildi. Sohaga malakali mutaxassislar tayyorlab berishda universitetimiz oldida juda katta mas’uliyat va vazifalar turibdi. Shundan kelib chiqib universitetimiz rektori A.Abduxakimov professor-o‘qituvchilarimiz talabalarga ta’lim-tarbiya berishda yuqori pedagogik mahoratlarini ishga solgan holda faoliyat olib borishi lozimligi xususida gapirdi. Bundan tashqari Turizm Akademiyasi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish kerakligi aytildi. Ushbu masalada universitetimiz “Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi Artyom Klikov taqdimot o‘tkazdi. Ingliz tilida o‘tgan taqdimotda Turizm Akademiyasining faoliyati, undagi talabalar uchun yaratilgan gastronomik turizm bo‘yicha laboratoriyalar, kutubxonalar, dars jarayonlari xususida tahliliy fikrlar bildirilib savollarga atroflicha javob berildi.  Shuningdek, Rektor soatining kun tartibidagi mavzu yuzasidan oliygohimiz prorektori J.Hoffman va boshqa professor-o‘qituvchilar o‘z fikrlarini bildirdi.         

Joriy yilning 15-noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining xorijiy tillardagi adabiyotlarni nashr etish va tarqatish boshqarmasi rahbari Du Chjanyuan boshchiligidagi delegatsiya a’zolari universitetimizga tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitetimiz rektori A.Abduxakimov kutib oldi. Ta’kidlandiki, bugungi kunda O‘zbekiston hamda Xitoy davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari kun sayin mustahkamlanib bormoqda. Bu borada universitetimiz ham Xitoyning qator oliy ta’lim muasassalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek o‘zaro muloqot davomida  Xitoy Xalq Respublikasining nashr ishlari boshqarmasi boshlig‘i Du Chjanyuan ham “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va undagi ta’lim-tarbiya jarayonlari xususida iliq fikrlarni bildirdi va o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligini ta’kidladi. Tashrif davomida mehmonlar universitetimizdagi milliy liboslar galeriyasi, talabalar uchun yaratilgan turizm laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishish bilan birga, oliygoh kutubxonasiga kitoblar jamlanmasini taqdim qildi.

56 dan 82 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar