press

press

Payshanba, 22 Avgust 2024 14:16

E’LON

Hurmatli talabalar!

Sizga mamnuniyat bilan shuni xabar qilamizki, Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kunduzgi va masofaviy ta’lim shakllari va magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun 2024/2025-o‘quv yili dars mashg‘ulotlari 2024-yilning 2-oktabrida rasman boshlanadi!

Barchangizga muvaffaqiyatli va samarali o‘quv yilini tilaymiz!

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilari uchun “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Turizm” (faoliyat yo‘nalishlar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

 Jarayonlarda abituriyentlarning bilim va salohiyatini baholash uchun maxsus kommisiya tashkil etilgan bo’lib, komissiya a’zolari texnikum bitiruvchilarini odilona va shaffof tarzda sinovdan o’tkazishmoqda.

Shuningdek, suhbat jarayonlarini bevosita kuzatib borish uchun maxsus ekranlar orqali onlayn translyatsiya ham tashkil etilgan.

Suhbat bo‘yicha yakuniy natijalar shu kunning o‘zida e’lon qilinadi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi professional ta’lim muassasalariga 2024/2025-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda.

Yo‘nalishlar:

  • Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish;
  • Servis va turizm;
  • Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish;
  • Turizm;
  • Madaniy meros ob’ektlarini asrash va ta’mirlash ustasi;
  • Buxgalteriya hisobi va audit.

Talim shakli: kunduzgi, sirtqi va dual;

  • 100% davlat granti asosida o‘qish;
  • har oylik stipendiya olish imkoniyati;
  • bepul chet tili kurslari;
  • tegishli mutaxassislik bo‘yicha 2-kursdan OTMda o‘qishni davom ettirish imkoniyati;
  • Turkiya, Bolgariya va dunyoning boshqa davlatlarida WORK and TRAVEL asosida amaliyot o‘tash imkoniyati.

Hujjatlar 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi

Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi

Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi

Xiva turizm va madaniy meros texnikumi

Shahrisabz turizm va madaniy meros texnikumi

Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumi

Andijon turizm va servis kolleji

Bo‘stonliq turizm va madaniy meros kolleji

Zomin turizm va servis kolleji

Toshkent turizm va biznes kolleji

2024-2025-o‘quv yiliga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Talabalar turar joyi va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi tashkil etildi.

Markaz talabalik davrida turar joy bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgan yoki universitet yotoqxonasiga joylashmoqchi bo‘lgan talabalarni ro‘yxatga olish hamda ularga amaliy yordam berish bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida markaz onlayn faoliyat ham olib bormoqda.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti zamonaviy shart-sharoitlar va qulay joyga ega bo‘lgan talabalar yotoqxonasiga ega.

Qo‘shimcha ma’lumot olish va xonaga joylashish uchun mas’ul xodimlarimizga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishingiz mumkin:

+998662406769 +998662406780

“Bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir Samarqand tumani Shirinoba, Mironqul, Joʻyi Abbos, Mirshikor mahallalarida koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-oʻqituvchilari mustaqillik toʻgʻrisida ma’ruza qilishdi.

Tadbir yakunida sanʼatkorlarning chiqishlari mahalla ahliga kayfiyat bagʻishladi.

Seshanba, 20 Avgust 2024 15:05

Hali ham talaba bo‘lish imkoningiz bor!

Respublikamizning davlat oliy ta’lim muassasalari ichida bir yilda ikki marta talabalikka qabul qiluvchi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2024/2025-oʻquv yili uchun bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga talabalar qabul qilmoqda.

Yo‘nalishlar:

60210300 - Muzeyshunoslik: muzey menejmenti va madaniy turizm
60220400 - Arxeologiya
60730800 - Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi

Abituriyentlarni roʻyxatga olish admissions.univ-silkroad.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

Qo'shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:

+998662406770

+998662408616

+998662406786

+998662408606

Eslatib o'tamiz, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib boriladi, shu sababli qabul jarayonida ingliz tili bo‘yicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, shu jumladan IELTS bo‘yicha kamida 5,0 ball va undan yuqori, CEFR bo‘yicha kamida B1 va undan yuqori ball bilim darajasi ko‘rsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan taqdim etilgan ingliz tilini bilish darajasi (B1 va undan yuqori) to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarning hujjatlari qabul qilinadi.

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti orqali Siz ishonchli kelajakni tanlaysiz!

Seshanba, 20 Avgust 2024 14:33

Hurmatli birinchi kurs talabalari!!!

Universitet qabul komissiyasi nomidan Sizlarni talabalikka tavsiya etilganligingiz bilan chin dildan tabriklaymiz va quyidagi hujjatlarni universitet qabul komissiyasiga taqdim qilishlaringizni so‘raymiz:

1. Pasport nusxasi (3 dona);

2. Attestat yoki diplom (asli);

3. IELTS sertifikati (asli, agar mavjud bo'lsa);

4. 3,5 × 4,5 o‘lchamdagi 12 ta rasm;

5. Bilim va malakalarni baholash agentligi (my.uzbmb.uz) tomonidan berilgan Abituriyent ruxsatnomasi;

6. Bilim va malakalarni baholash agentligi (my.uzbmb.uz) tomonidan berilgan Javoblar varaqasi;

7. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, mavjud bo‘lsa);

8. Konvert (1 dona);

9. Qog‘oz uchun papka.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun universitet qabul komissiyasining quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingizni soʻraymiz:

+998662406770

+998662408616

+998662406786

+998662408606

Seshanba, 20 Avgust 2024 13:36

Hurmatli Birinchi kurs talabalari!

Agar siz qulay va shinam turar joy izlayotgan bo‘lsangiz, unda izlamang, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti zamonaviy shart-sharoitlar va qulay joyga ega bo‘lgan Talabalar Yotoqxonasiga ega.

Yotoqxonamiz nafaqat qulay turar joyni, balki universitetda o‘qish vaqtida shahar bilan yaqindan tanishish imkoniyatini ham beradi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish va xonaga joylashish uchun mas’ul xodimlarimizga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishingiz mumkin: +998662406769 +998662406780

Sizga muvaffaqiyatli o‘quv yili va qulay turar joy tilaymiz!

Joriy yilning 16-avgust kuni “Ipak yoʻli” xalqaro turizm markazida joylashgan Kongress va EXPO markazlarining rahbari Amirov Azat universitetimizga tashrif buyurdi. Faxriy mehmon bilan uchrashuvni universitetimiz birinchi prorektori D.Nasimov olib bordi. Uchrashuvda tomonlar oʻrtasida kelgusidagi hamkorlik istiqbollari, jumladan, talabalarimizni xalqaro turizm markaziga ishga joylashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Ushbu tashrif o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, talabalarimiz uchun yangi imkoniyatlar hisoblanadi.

2024-yil 17-avgust kuni soat 11:00 da (universitet majlislar zalida) “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengashda:

1. Termiz davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi Xamzayeva Dilfuza Samarovnaning  08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Hududlarda turistik mahsulotlarni diversifikatsiyalashning iqtisodiy usullarini takomillashtirish” mavzusidagi falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.

Dissertatsiya ishi himoyasini quyidagi havola orqali universitet ijtimoiy tarmog‘ida jonli efirda kuzatish mumkin. https://youtube.com/@silkroad-internationaluniv577?si=Q6aAkmA1hOUKekH-

42 dan 123 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar