press

press

15-16 sentabr kunlari mamlakatimizga xususan Samarqandga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Shols “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi xalqaro Turizm Akademiyasiga faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ma’lumki bugungi kunda O‘zbekiston-Germaniya davlatlari o‘rtasidagi xamkorlik aloqalari kun sayin yaxshilanib borayotganligi turizmda o‘z natijasini ko‘rsatmoqda.  Markaziy Osimyoda yagona bo‘lgan Turizm Akademiyasi yuqori martabali mehmonda juda katta taassurot qoldirdi. Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Shols Turizm Akademiyasida universitetimizning bir guruh talabalari bilan O‘zbekistonda yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar, yoshlarning bilimga chanqoqligi kabi masalalarda muloqot o‘tkazdi. 

19-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Boshqaruvchilari Kengashining “Barcha uchun barqaror infratuzilmani yaratish” mavzusida 9-yillik anjumanini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Investitsiya sanoat va savdo vazirligi Xalqaro xamkorlik departamenti boshlig’i Ruhillo Zikrillayev, Investitsiya sanoat va savdo vazirligi XXR bilan xamkorlik bo‘limi boshlig‘i Begzod Egamov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar Milliy offisi бosh mutaxassisi Shahnoza Pulatova hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki tashkilotchilari vakillari Kai Cheng, Monimita Sarkar, Alessio Maneslar ishtirokida o‘quv-seminari tashkil etildi.

O‘quv seminarida Samarqand davlat universiteti, Samarqand chet tillar instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitining bir guruh volontyor-tarjimon talaba-yoshlari ishtirok etishdi. Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib tarjimon-volontyorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.  

21-sentyabr kuni Indoneziya Respublikasining 5-Prezidenti Megavati Sukarnoputrining universitetimizga tashrifi xususida tayyorlangan videorolik.

Fransiyaning Parij shahrida joylashgan O'zbekiston Respublikasi elchixonasida diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilot vakillari ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda O'zbekiston Respublikasining Fransiyadagi favqulodda va muxtor elchisi N.G'aniev hamda Ekologiya, atrof muhitni muhofaza va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo'mitasi raisi U.Shadiyev O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlar,  turizm sohasida yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida gapirib o'tishdi. 

Shuningdek tadbirlar davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-martdagi "2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o'tkazilishiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha chora tadbirlar to'g'risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida universitetimizning xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i S.Samaridinov Samarqand shahrining uch ming yillik tarixi, boy madaniy merosi,  qadriyatlari hamda "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyati, oliygoh huzurida tashkil etilgan UNWTO Turizm Akademiyasi haqida taqdimot o‘tkazib zarur ma'lumotlarni berib o'tdi.

Joriy yilning 19­-22-sentyabr kunlari Indoneziya  Respublikasining 5-Prezidenti  Megavati  Sukarnoputri boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari koʻhna Samarqandga shahriga tashrif buyurdi.

Mehmonlar tashrif davomida 21-sentyabr kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida boʻlishdi. Delegatsiyani Ekologiya,  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  va  iqlim  oʻzgarishi  vaziri va oliygoh rektori Aziz Abduxakimov kutib oldi. Dastlab mehmonlar universitet kampusida talabalar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, madaniy meros namunalarini koʻzdan kechirdi. Shundan soʻng Megavati  Sukarnoputri xonim va Aziz Abduxakimov oʻrtasida muloqot oʻtkazilib, unda ikki tomonlama hamkorlik borasidagi amaliy ishlarni yanada yaxshilash borasida fikr almashildi. Tadbirning asosiy qismi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti magistratura yoʻnalishini bitirgan 45 nafar xorijlik va 74 nafar mahalliy talabaga tantanali diplom topshirish marosimi oʻtkazildi. Shu bilan birga, universitet rektori Aziz Abduxakimov tomonidan Indoneziya  Respublikasining  5-Prezidenti  Megavati Sukarnoputriga turizmni rivojlantirish va madaniy merosni asrash borasidagi yuksak natijalarini yuqori e’tirof etish maqsadida, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Faxriy professori” diplomi tantanali ravishda topshirildi.

Oliygoh hududida Megavati Sukarnoputri hamda Aziz Abduxakimov, Indoneziyaning birinchi Prezidenti Sukarnoning O‘zbekistonda diniy va madaniy turizmni rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasini e’tirof etib “Sukarno bog‘i”ni ochishdi.

Kuning ikkinchi yarmida mehmonlar BMT Turizm bilan hamkorlikda tashkil etilgan Xalqaro Turizm Akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi va Megavati Sukarnoputri tomonidan Akademiyaga 200dan ortiq kitoblar hadya qilindi.

Juma, 20 Sentyabr 2024 16:56

20-sentabr “Xalqaro tozalik kuni”

20-sentabr “Xalqaro tozalik kuni”

Joriy yilning 17-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida joriy yilning
25-26-sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Boshqaruvchilar Kengashi”ning yillik yig‘ilishida valontyor talabalar ishtirokini ta’minlash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Samarqand davlat universiteti, Samarqand chet tillar instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis institutlari ma’sullari ishtirok etishdi. Ahamiyatlisi yig‘ilishda  mutasaddilar tomonidan ushbu yirik tadbirning sifatli va samarali o‘tishida

Universitetimizda 22-sentabr  “Xalqaro  avtomobilsiz  kun” munosabati bilan videochelenj o‘tkazildi.

Universitetimizda #Stop korrupsiya heshtigi ostida chellenj o‘tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-martdagi "2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o'tkazilishiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha chora tadbirlar to'g'risida” gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bo‘lim boshliqlari S.Samariddinov hamda A.Sultonovlar Fransiyada bo'lib o'tayotgan IFTM Top Resa xalqaro turizm ko'rgazmasida ishtirok etishmoqda.

Mazkur ko'rgazma 1978-yildan beri muntazam ravishda o'tkazilib kelinadi. Ushbu yilgi ko‘rgazmaga jami 30 mingdan ziyod ishtirokchilar tashrif buyurgan.

Ko'rgazmaning O'zbekiston pavilionida “Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti burchagi tashkil etilib, universitet faoliyati, xorijiy talabalar uchun ajratilgan grant dasturlari hamda Samarqand shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan YUNESKO bosh konferensiyasi targ'iboti keng ko'lamda tashkil etildi.

Ko‘rgazma tafsilotlari xususida keyingi yangiliklarimizda berib boramiz.

39 dan 123 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar