Turizm menejmenti kafedrasi mudiri Akmaljon Odilov joriy yilning 7-8 dekabr kunlari Gangkongning Gangkong poletexnika universiteti, Mehmonxona va turizm boshqaruvi fakultetida bo‘lib o‘tgan IMPACT2023 xalqaro konferensiyada ishtirok etdi. Konferensiyada 20 dan ortiq davlatdan ishtirokchilar qatnashib, COVID-19 dan keyingi turizm rivojlanishi istiqbollari haqida chiqishlar qilishdi.
A.Odilov “O'zbekiston Markaziy Osiyoda turizm va mehmonxona sohasi uchun markaz” mavzusida ishtirokchilarga taqdimot o‘tkazdi. Ishtirokchilar Samarqand shahrida ochilgan Butun jahon turizm tashkilotining Turizm Akademyasi o‘z faoliyatini boshlanganligini olqishladi.
2023-yilning 25-noyabr sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengashda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti mustaqil izlanuvchisi Samiyev Siroj Saitovichning 08.00.17 –“Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistonda hududiy ishbilarmonlik turizmni rivojlantirish yo‘llari” mavzusida falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi. Bunda tadqiqotchining dissertatsiya ishi yakunlari bo‘yicha muallif tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy yangiliklarini amaliyotga joriy qilinishi va ularning turizm sohasi rivojida tutgan o‘rni tahlil qilindi.
Joriy yilning 7-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining “Chegarasiz dunyo” (Mir bez granis) xalqaro turizm hamkorlik assotsiatsiyasi, XXRning Xitoy sayyohlik xizmatlari assotsiatsiyasi va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan ham hamkorlikda “ShHTga a’zo davlatlar hududlarida transchegaraviy turistik sayohatlar geografiyasini kengaytirish imkoniyatlari” mavzusida gibrid shaklida konferensiyada tashkil etildi. Ushbu konferensiyada oliygohimizdan bir qator professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Konferensiyada “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetidan xalqaro hamkorlik va reyting bo‘limi boshlig‘i Sardorbek Samaridinov “O‘zbekistondan turizm sohasini rivojlantirishda ta'limning o‘rni” mavzusida chiqish qildi. Sardorbek Samaridinov o‘z chiqishida bugungi kunda O‘zbekistonning xususan Samarqandning turizm sohasi bo‘yicha yangidan yangi qirralari mavjud ekanligi xususida gapirdi.
Bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashish, muammolarini hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng-ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.
2023-yilning 4-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov boshchiligidagi universitet xodimlari ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tarbiyalash, to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, kasbga o‘rgatish, o‘qitish va ish bilan ta’minlash maqsadida Samarqand shahridagi “Qo‘shchinor” mahallasida yashovchi fuqaro Xodjayev Mumin Sodiqovich xonadonida bo‘lishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida “Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida “Rektor kubogi” sport musobaqalari tashkil etildi.
“Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostidagi sport tadbir 1-7 dekabr kunlari o‘tkazilib, unda shaxmat, stol tennisi, suzish va futbol sport turlari bo‘yicha jamoalar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazildi. Musobaqalarni oliygohning sport klubi raisi o‘rinbosari Z.Kafiev va boshqalar hakamlar baholab borishdi.
Musobaqa yakunida g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Joriy yilning 6-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova va tyutor P.Islomov bilan birgalikda talaba-qizlarning yashash sharoitlari bilan tanishish, muhitning qay darajada shakllanganligini aniqlash, xonadon egalarining talaba-qizlar to‘g‘risidagi fiklarini o‘rganish maqsadida, talabalarning yashash manzillariga navbatdagi tashrifini uyushtirishdi.
Mas’ullar “Ijarada yashovchi talaba-qizlarga hammamiz mas’ulmiz” shiori ostida Samarqand shahar Gagarin ko‘chasi 38-uy 20-xonadonda yashovchi to‘rtinchi bosqich talabasi Gulnoza Esonova va Shoxnigorbegim Jurayeva bilan hamda 9 davlat xususiy sherikchilik asosidagi talabalar turar-joyida ijarada istiqomat qiladiganlar bilan yaqindan suhbat o‘tkazilib, ularning sog‘ligi, yashash xonadonining issiqligi ko‘zdan kechirildi. Bundan tashqari ushbu ijara xonadonlari egalari va yotoqxona mas’ullari bilan ham talaba-qizlarimizning o‘zini tutishi va yaratilgan sharoitlari xususida yaqindan suhbatlar o‘tkazildi. Shuningdek muloqot chog‘ida talaba-qizlarga milliy qadriyatlar, urf-odatlar va bulajak oila bekalarini sharqona tarbiyaviy ahamiyati xususida maslahat va ijara xonadonlarida tozalik va ozodalikka rioya qilishi uqtirilib, birlamchi yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik masalalari bo‘yicha yetarli tushuntirishlar berildi.
Ijarada yashovchi talabalar manzillariga tashriflar davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 4-dekabrdagi “2023-2024 o‘quv yili uchun Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”gi 516-son buyrug‘iga muvofiq , “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Mustafaqulova Sabina Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.
Talabamizni ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 4-dekabrdagi “2023-2024 o‘quv yili uchun Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”gi 516-son buyrug‘iga muvofiq, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Oromjonova Shaxrizoda Oromjon qizi Navoiy nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.
Talabamizni ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz!
Joriy yilning 5-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi F-72-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab “Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida va AQSH Elchixonasining grant loyihasi doirasida “Talabalar drama klubi” a’zolari tomonidan “True West” spektakli ingliz tilida namoyish etildi. Ahamiyatlisi, ushbu sahna asarida universitetimiz talabalari o‘z iqtidorini namoyish etgan holda tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya boshqarmasi tomonidan Samarqand tumanining Oxalik hududida Ot sporti bo‘yicha ko‘pkari, ot ustida kurash, kamondan o‘q otish musobaqalari tashkil etildi.
Bellashuvlar davomida malakali chavandozlar yaxshi tayyorgarlik va yuqori mahoratga ega ekanliklarini amalda namoyon etdilar. Musobaqa g‘olibi va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alar topshirildi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz