“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti dotsenti, “Tillar” kafedrasi mudiri Sultanov Tulkin Irgashevich 2024-yil 10-yanvarda Toyloq tumanidagi “Adas” mahallasiga borib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni oʻtkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yigʻilishida berilgan topshiriqlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil 28-dekabrdagi 02/5-2826-sonli topshiriq xatiga muvofiq Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq hayotiy misollar va dalillar orqali sodda va tushunarli shakllarda yetkazish, aholining kayfiyatini koʻtarish va daxldorligini oshirish maqsadida mahalla fuqarolari uchun “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” targʻibot tadbirida ma’ruza oʻqidi.
Tadbirda tuman Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari Ziyodulla Avazov, “Adas” mahallasi raisi Abror Xoʻjaqulov, “Adas” mahallasi katta profilaktika inspektori, podpolkovnik Zikriyo Abduraupov, Yastepa jome’ masjidi imom-xatibi Abdunabi Himmatov, 25-maktab direktori Rustam Joʻrayev, tuman madaniyat boʻlimi xodimi Murtazo Usmonov ishtirok etdi hamda Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va erishilayotgan yutuqlar haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Tadbir doirasida dotsent T.Sultanov tomonidan yoshlarning siyosiy savodxonligini oshirish maqsadida viktorina tashkil etildi va gʻoliblarga kitoblar sovgʻa qilindi.
Har bir oliy ta’lim muasassasida ilmiy sohada qilingan ishlar, respublika va xalqaro miqiyosdagi jalb qilingan grantlar, amalga oshirilgan ilmiy-innovatsion loyihalar, ilmiy tadqiqot ishlari juda muhim hisoblanadi. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tgan yilda muayyan amaliy ishlarga qo‘l urildi. Bugungi kunda universitetimizda yuqori salohiyatli ilmiy darajaga ega jami 7 nafar xorijlik va 19 nafar mahalliy (5ta fan doktori DSc, 14 nafar falsafa doktori PhD) professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelishmoqda.
Xorijiy va respublika miqiyosidagi grantlarning jalb qilinishi:
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2022-2023-o‘quv yilida jami 2 878 568 433 (ikki milliard sakkiz yuz yetmish sakkiz million besh yuz oltmish sakkiz ming to‘rt yuz o‘ttiz uch ming) so‘mlik xorijiy va respublika miqiyosidagi grantlar jalb qilinib universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari tadqiqotchilari va talabalari tomonidan ilmiy ishlanma va xizmatlar ko‘rsatildi hamda ilmiy tadqiqot ishlari davomli tarzda amalga oshirib kelinmoqda. Shundan 2023-yil 12-sentabr holatiga ko‘ra, qo‘lga kiritilgan xalqaro va republika miqiyosidagi grantlar hisobidan 1 898 568 433 (bir milliard sakkiz yuz to‘qson sakkiz million besh yuz oltmish sakkiz ming to‘rt yuz o‘ttiz uch ming) so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari o‘zlashtirildi.
Universitetda respublika va xalqaro miqiyosdagi jalb qilingan grantlar, amalga oshirilgan ilmiy-innovatsion loyihalar, ilmiy tadqiqot ishlari to‘g‘risida:
2022-yil 15-noyabr sanasida Xitoy Xalq Respublikasining Northwest universiteti bilan imzolangan “Xitoy-O‘zbekiston arxeologiya va madaniy merosni muhofaza qilish ilmiy-texnikaviy xalqaro qo‘shma laboratoriyasi” ni tashkil etish toʻgʻrisida hamkorlik shartnomasiga muvofiq o‘tgan yili “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Xitoyning “One Belt One Road Foundation” jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan “Xitoy va Markaziy Osiyoning inson resurslari va atrof-muhitni o‘rganish bo‘yicha qo‘shma ilmiy laboratoriyasi”ning muhim tarkibiy qismi hisoblanuvchi umumiy qiymati 1 000 000 RMB (bir million yuan, 151 000 USD bir yuz ellik bir ming AQSh dollari) bo‘lgan labaratoriya jihozlari olib kelindi.
Laboratoriya biokimyoviy tadqiqotlar va hayvon suyaklarini o‘rganishga ixtisoslashgan 2 ta qismdan iborat bo‘lib, ushbu laboratoriyada O‘zbekiston hududida topilgan har qanday arxeologik qazishma materiallarini tadqiq qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
2023-yilda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan tanlovda “O‘zbekiston Respublikasi turizm obyektlarining katalogini raqamlashtirishning turizm rivojlanishiga ta’sirini tadqiq etish” nomli loyiha bilan ishtirok etgan universitet “Turizm menejment” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan umumiy qiymati 980 000 000 (to‘qqiz yuz sakson million) so‘m bo‘lgan grant qo‘lga kiritildi va hozirda loyiha ustida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda hamda kelgusida amaliy ishlanmalar yaratish vazifasi belgilab olingan.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi DSc.33/01.02.2022.1.145.01 raqamli Ilmiy kengash faoliyati to‘g‘risida:
2023-yil yanvar-dekabr oylarida 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha jami 11 nafar tadqiqotchilarning dissertatsiya ishlari himoyasi o‘tkazildi va izlanuvchilar iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy unvonini olishdi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tayanch doktorantlar, mustaqil-izlanuvchilar va stajor-tadqiqotchilar faoliyati:
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim instituti tayanch doktorantura, mustaqil-izlanuvchilik va stajor-tadqiqotchilik shakllarida tashkil etilgan hamda bugungi kunda 25 nafar tayanch doktorantlar, 20 nafar mustaqil izlanuvchilar va 1 nafar stajor-tadqiqotchilar o‘zlarining dissertatsiya ishlari yuzasidan ilmiy tadqiqot faoliyatlarini olib bormoqda.2023-yilda universiitet tadqiqotchilaridan bir nafari iqtitisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi.
2023-yilda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tashkil etilgan xalqaro va republika miqiyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda seminar-treninglarda professor-o‘qituvichlarimiz faol ishtirok etib, dolzarb mavzularda ma’ruzalar qilishdi.
Ilmiy sohadagi ishlarni 2024 yilda yanada rivojlantirilishi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olingan.
Joriy yilning 4 yanvar kuni universitetimiz Tarix va madaniy meros kafedrasi o‘qituvchisi, professor Muxsin Xidirov “Yangi shahar va Evropacha uslubda barpo etilgan binolar”- ning arxitekturaviy tuzilishi va innovatsiyalarga asoslan dizayn xususiyatlari mavzuida ma’ruza qildi. Ushbu ochiq ma’ruzada 19 asr oxiri – 20 asr boshlarida Samarqand shahri tarkibida rus arxitektorlari tomonidan loyihalangan “Yangi shahar va Evropacha uslubda barpo etilgan binolar”- ning arxitekturaviy tuzilishi va innovatsiyalarga asoslan dizayn xususiyatlari ochib berilgan. Ahamiyatlisi, ushbu tadqiqotlar yaponiyalik mutaxassislar bilan birgalikda o’tkazilgan xalqaro ekspeditsiya xulosalariga asoslangan.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihonlarni topshiruvchi talabgorlar uchun hujjatlari qabuli boshlandi. Talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitet Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga taqdim etishlari va Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron pochta manziliga yuborishlari lozim.
Hujjatlar 2024-yil 1-fevral sanasiga qadar qabul qilinadi.
08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislik fanidan malakaviy imtihon O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 17-fevraldagi 220/2-son Qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan hamda 08.0017-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon dasturiga muvofiq o‘tkaziladi (dastur ilova qilinadi).
Malakaviy imtihonlarni o‘tkazilish sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha e’lon beriladi.
Jadval
Joriy yilda universitetda tahsil olayotgan 200 ga yaqin talabalar xorijiy mamlakatlardan Turkiya davlatiga - 129 nafar, Germaniya Federasiyasiga – 5 nafar, AQSHga - 2 nafar 1-3 kurs talabalari “Work & Travel” dasturi orqali yuborildi. Shuningdek, bitiruvchi talabalardan 2 nafari Janubiy Koreya va 2 nafari Italiya davlatlarida magistratura bosqichida ta’lim olmoqda.
Xalqaro va respublika miqyosidagi ma’naviy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovlarda, olimpiadalarda, sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallagan talabalarimiz;
“Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni 3-bosqich talabasi Bahromqulova Fotima universitet bosqichida egalladi.
“Yil talabasi” tanlovinining universitet bosqichida “Yilning eng faol bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni Oromjonova Shahrizoda egalladi.
“Yil talabasi” tanlovinining universitet bosqichida “Yilning eng faol bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 2-o'rinni 3-bosqich talabasi Bahromqulova Zuhra egalladi.
Besh Tashabbus doirasida;
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’at ga qiziqishlarini oshirishga bag‘ishlab 2023-yilning o‘tgan davrida jami 25 ta tadbir tashkil etildi va 350 yaqin talaba-yoshlar jalb qilindi.
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlariga bag‘ishlab 37 ta ommaviy sport tadbirlari o‘tkazilib, ularga 700 dan ortiq talabalar va yoshlar jalb etilgan, ulardan 360 nafardan ortig‘ini xotin-qizlar tashkil etadi.
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha 1 ta IT-klubi tashkil etildi.
To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilib, 2 ta Yosh kitobxonlar to‘garagi va “Book lovers club” tashkil etilgan.
Ushbu tashkil etilgan to‘garaklarga universitetning 250 nafar talabasi jalb etilgan. Universitet talabalari o‘rtasida “Mening yaxshi ko‘rgan asarim” mavzusida 5 marta kitobxonlik tanlovlari, “Yosh kitobxon” va “Zukko kutubxon” mavzusida 7 marta kitobxonlik uchrashuvlari o‘tkazilgan.
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi. 2023-yil dekabr oyi holatiga ko‘ra, kunduzgi bakalavr darajasida ta’lim olayotgan jami 570 nafar 1-3 kurs talabalaridan 180 nafari ish bilan bandligi aniqlandi hamda so‘rovnoma natijasida - 270 nafar talabaning ishlash ehtiyoji aniqlandi. Talabalarning davlat idoralarida haq to‘lanadigan stajirovka (amaliyot) o‘tashi tartibi tasdiqlandi hamda 28 ta korxona-tashkilotlar bilan shartnomalar tuzildi.
Universitetda tahsil olayotgan talabalarni teatr san’atiga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo‘naltirish hamda iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini, iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadida 2022-yildan boshlab har yili doimiy ravishda “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovlari o‘tkazilishi byelgilangan. SHu munosabat bilan Turizm menejmenti fakulteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi.
2022-yil universitet AQSH Elchixonasining “Talabalar drama klubi”ni tashkil etish uchun granti sovrindori bo‘ldi. Grant koordinatori - universitet professori Kamol Mustayev hisoblanadi.
2023 yil 4-martda Samarqand shahridagi “Qo‘g‘irchoq teatri”da Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasasalari o‘rtasida “Teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining Samarqand viloyati bosqichida universitet “Talabalar teatr studiyasi” jamoasi ham ishtirok etishdi va faxrli 3-o‘rinni egalladi va mintaqaviy bosqichga yo‘llanma oldi.
2024 yilda bu kabi ishlar yanada jonlantirilishi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta’minlash maqsadida 2024 o‘quv yili davomida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining professor-o‘qituvchilari va talabalari Samarqand viloyatidagi barcha tarixiy va madaniy-meros yodgorliklariga bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ushbu ajoyib imkoniyatdan barcha professor-o‘qituvchilar hamda talabalarimiz unumli foydalanib o‘z bilim va tajribasini orttirishga harakat qiladi.
Ziyorat turizmini rivojlantirish, turistik infratuzilmani takomillashtirish, aholining madaniy dam olishi qulayliklarini yaratish maqsadida, 6-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahridagi tarixiy obidalarida bo‘lishdi. Dastlab ziyorat Temuriylar mangu qo‘nim topgan Amir Temur maqbarasidan boshlandi. Shundan so‘ng universitetimiz jamoasi Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi va Shohi Zinda masjid majumasida bo‘lib, yana bir bor ushbu tarixiy obidalarning kecha va buguni haqidagi ma’lumotlarni tinglab o‘tgan ulug‘ ajdodlarimiz haqqiga duo qilishdi.
Bu kabi ziyoratlar yil davomida nafaqat shahrimiz balki yurtimizning barcha tarixiy obidalari va so‘lim go‘shalari bo‘ylab tashkil qilinadi.
Ma’lumki, har yili universitetimiz professor-o‘qituvchilari dunyoning ko‘plab davlatlaridagi universitetlarda turizm sohasida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda, seminarlarda ishtirok etib o‘z bilim va mahoratlarini oshirib kelishmoqda.
Joriy yilning 4-yanvarida oliygohimiz professori Nargiz Nurulla Xo‘jaeva ham Gonkong Politexnika Universiteti mehmonxona va turizm menejmenti maktabi tomonidan tashkil etilgan “Buyuk Ipak yo‘li savdogarlari: Qadimgi Ipak yo‘lining turizm durdonalari” mavzuidagi seminarda ishtirok etdi. Ushbu seminarda Buyuk Ipak yo‘li tarixi, undagi savdogarlar hayoti, eramizdan avvalgi 6-asrdan Chingiziylar davrigacha bo‘lgan boylik va integratsiya haqidagi qiziqarli ma’lumotlar o‘rtaga tashlandi. Ushbu seminar o‘sha davrdayoq xalqaro savdo aloqalarining yuksalganligi, shaharlar hayotining nechog‘lik qizg‘in bo‘lib, turizmning ilk ko‘rinishlari paydo bo‘la boshlaganligini aks ettirganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Seminarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professorining faol ishtiroki e’tirof etildi.
Joriy yilning 5-yanvar kuni universitetning faollar zalida universitet jamoasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni universitetning Birinchi prorektori J.Eltazarov olib bordi. Birinchi prorektor J.Eltazarov yig‘ilish ishtirokchilarini hisobot yilida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan attestatsiya va davlat akkreditatsiyasi bo‘yicha “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini tashqi baholash xulosasi” bilan tanishtirdi.
Majlis kun tartibidagi masala bo‘yicha universitetning “Ta’lim sifatini ta’minlash va akkreditatsiya” bo‘limi boshlig‘i A.To‘xtamishov so‘zga chiqib, Tashqi baholash jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarini bayon qildi. Shundan so‘ng yig‘ilish jarayonida Tashqi baholash jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Tanqidiy ruhda o‘tgan mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 2023-yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarining bajarilish holati ham tahlil qilindi. Tahlil natijasida hisobot yilida universitet jamoasi tomonidan erishilgan yutuqlar e’tirof etilishi bilan bir qatorda belgilangan ko‘rsatkichlar yetarli darajada bajarilmagan bandlar bo‘yicha mas’ullarning hisobotlari ham tinglandi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Yig‘ilishda Konsepsiya doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 2024-yil uchun maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqildi. Shuningdek, yig‘ilishda universitet jamoasining 2024-yilda amalga oshiradigan ustivor vazifalari ham muhokama etilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar va ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston-2030 strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni asosida oliy ta’lim bilan qamrovni yanada kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish hamda ta’lim muassasasining xalqaro jozibadorligini ta’minlash maqsadida universitetning mavjud ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha nazorat rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Hurmatli “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari va aziz talabalar! Siz azizlarni kirib kelayotgan 2024-yil bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Oilangizga tinchlik-omonlik, o‘zingizga mustahkam sog‘lik va ilmiy faoliyatingizda yuqori marralarni zabt etishingizni tilab qolaman.
Tan olib aytish kerakki, bugun shiddat bilan rivojlanib borayotgan dunyoda Siz kabi professor-o‘qituvchilar yosh avlodni tarbiyalashda, kundan-kunga yuksalib borayotgan turizm sohasi uchun har tomonlama bilimli va malakali mutaxassislarni tayyorlab berishda jonbozlik ko‘rsatmoqdasiz. Ma’lumki, o‘tayotgan 2023-yil Samarqand shahrida tashkil qilingan xalqaro darajadagi anjumanlarda universitetimiz professor-o‘qituvchilari bilan birga, talabalarimizning faol ishtiroki va qatnashchilar tomonidan e’tirof etilganligi ham yoshlarimizning nechog‘lik bilimli va zukko ekanligidan dalolat beradi. O‘tayotgan yilda Turizm Akademiyasining faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi ham juda katta yangiliklardan biri bo‘ldi. Ushbu Turizm Akademiyasi talaba-yoshlar uchun nazariya bilan amaliyotning uyg‘un ravishda olib borishiga juda katta hissa qo‘shishi bilan ahamiyatli bo‘ladi. Bundan tashqari universitetimiz dunyoning ko‘plab davlatlaridagi nufuzli universitetlari va tashkilotlari bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi. Bu ham kelajakda akademik va talabalar almashinuvida, o‘zaro tajriba oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘tayotgan 2023-yil universitetimiz jamoasining muvaffaqiyatlarining ko‘lami kengligi bilan eng yaxshi yillardan biri sifatida tarixga muhrlanib qoldi. Yangi yilda jamoa bilan birgalikda ulkan rejalarni amalga oshirib Prezidentimiz boshchiligidagi islohatlarga o‘z hissamizni qo‘shamiz, degan umiddaman.
Yana bir bor barchangizni Yangi 2024-yil bilan muborakbod etaman. Yangi yil jamoamiz uchun omadli, xayrli va barokatli bo‘lsin!
Hurmat bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.A.Abduxakimov
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz