press

press

         “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i, dotsent Nargiza Mansurova tomonidan “Mehnat bozori” va “Mehnat bozori infratuzilmasi” nomli o‘quv qo‘llanmalari nashr qilindi.

         Hozirgi vaqtda dunyo bozori kon’yunkturasida katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda va globallashuv davrida xalqaro raqobat kuchaymoqda. Bu sharoitda, O‘zbekistonning iqtisodiyoti ham jiddiy va sifat jihatidan yangi o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Eskirgan iqtisodiy institutlar va vositalar zamonaviy, innovatsion va samarali boshqaruv usullari bilan almashtirilmoqda. Mamlakatni barqaror va tez sur’atlar bilan rivojlantirish maqsadida 2022-2026-yillar uchun O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu strategiya asosan O‘zbekiston aholisining hayot sifati va darajasini yaxshilashga qaratilgan. Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshirish va milliy iqtisodiyotni rivojlantirish asosan ishlab chiqarish kuchlarining samaradorligiga bog‘liq, bu esa har qanday davlatning asosiy boyligi hisoblanadi. Samarali mehnat nafaqat iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omili bo‘lib qolmay, balki odamlarning farovon hayot kechirishi va ehtiyojlarini qondirish funksiyasini ham bajaradi.

         Xususan, mehnat sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Ishchi kasblar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi № PQ-5140 sonli, 2023 yil 5 sentabrdagi “Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi № PQ-450 sonli Qarorlari hamda 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi № PF-82 sonli Farmoni hamda ish bilan bandlikni ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab qo‘yilgan vazifalarni bajarishda ushbu nashr ilmiy-amaliy tomondan xizmat qiladi.

         Mazkur qo‘llanmalar iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlarining bakalavrlari, magistrlari, ilmiy xodimlari va professor - o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan.

     “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi  DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengashda 2023-yil  25-noyabr kunida 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari)  ixtisosligidan “Hududlarda ishbilarmonlik turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)” mavzusida iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan universitetimizning Axborot-resurs Markazi xodimi  Siroj Samiyevga yaqinda O’zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi Rayosatining qarori bilan tegishli ilmiy daraja berildi.

     Universitetimizning Birinchi Prorektori prof. J.D.Eltazarov 18-yanvar kuni  bizning OTM xodimlari orasidan DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengashda birinchi bo‘lib dissertatsiya himoya qilgan  Siroj Samiyevni rahbariyat nomidan bu muvaffaqiyat bilan qutladi hamda unga iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diplomini topshirdi.

Ma’lumki, keyingi vaqtlarda universitetimizda sportning barcha turlari bo‘yicha turli tadbirlar, musobaqalar tashkil qilinib kelinayapti.  Joriy yilning 16-yanvar kuni universitetimiz professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha o‘tkazilgan tadbir

14-yanvar Vatan ximoyachilari kuniga bag‘ishlandi. Musobaqada universitetimiz professor-o’qituvchilar va xodimlari jamoalarga bo‘lingan holda o‘zaro bellashdi. Qiziqarli o‘tgan sport tadbiri yakuniga ko‘ra, birinchi o‘rin xo‘jalik bo‘limi, ikkinchi o‘rinni rektorat jamoasi va uchinchi o‘rinni buxalteriya jamoasi egalladi.

Joriy yilning 17-yanvar kuni Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi tomonidan  universitetning 108-xonasida oliygohimiz tayanch doktoranti Xashimova Madina Muradxanovna 08.00.17 –“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha PhD ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Hududda ekoturizmni rivojlantirish orqali qo‘shimcha talab va taklif zanjiri sxemasini aniqlash uslubi (Omonqo‘ton hududi misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi yuzasidan seminar tashkil etildi. Unda universitetimiz professor-o‘qituvchilari hamda tadqiqotchilari ishtirok etdi. Seminarda Madina Xashimova tomonidan  mavzu yuzasidan qiziqarli ma’lumotlar berilib Urgut tumanining Omonqo‘ton hududi ekoturizm uchun juda qulay maskan ekanligi va turistlarni jalb qilish orqali qo‘shimcha talab va taklif zanjiri sxemasini aniqlash mumkinligining ilmiy asoslari haqida tushunchalar berildi.

Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar, olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohatlarni hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga keng targ‘ib qilish maqsadida universitetimizning bir guruh ziyolilari Toyloq tumanidagi mahallalarda, qishloqlarda aholi bilan bilan uchrashuvlar o‘tkazib qator tadbirlar va davra suhbatlari o‘tkazib kelmoqda.

Keyingi yillarda Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan amaliy ishlarni hayotiy misollar bilan xalqimizga yetkazish va ushbu jarayonlarda har bir yurtimiz fuqarosi o‘z hissasini qo‘shib kelayotganligini ta’kidlash maqsadida joriy yilning 17-yanvar kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tillar” kafedrasi oʻqituvchilari Iroda Ablakulova va Nilufar Halimova Toyloq tumanidagi “Fayziobod” mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi. Targ‘ibot tadbirida aholi bilan yaqindan muloqot qilinib, “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” targʻibot tadbirida ma’ruza qildi.

Tadbirda tuman hokimligi mutasaddilari va tumandagi qator nodavlat tashkilotlar vakillari, mahalla faollari ishtirok etdi va mavzu yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.  Universitetimiz o‘qituvchilari tomonidan tadbir  ishtirokchilariga kitoblar sovg‘a qilindi.

Joriy yilning 16-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bir guruh talabalari mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi  bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga amaliy sayohati tashkil etildi.

Qashqadaryo viloyatining Shaxrisabz shahridan boshlangan sayohat davomida talabalarimiz Oq saroy, Chubin muzeyi, Jahongir maqbarasi, Koʻk gumbaz majmualari yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Xoʻja Ilgʻor Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanidagi qishloq. Bir necha yuz yillik tarixga ega ushbu zamin Temuriylar saltanati asoschisi Amir Temurni kamolga yetkazgan zamin.

Ushbu hududda milodiy 711-yilda vafot etgan va xalq orasida Xoʻja Ilgʻor nomi bilan tanilgan Xoʻja Muhammad ibn al-Qosim maqbarasi joylashgan. Qishloqdan arxeologik qazish ishlari davomida olti gektar maydonga ega qadimiy qal’a qoldiqlari aniqlanib, hududdan turli toshlar, sopoldan yasalgan idish bo‘laklari va VII asirlik masjid poydevori hamda tut daraxtlari saqlangan. Qiziqarlisi, bu yerda bobomiz yoshliklarida ko‘tarib mashq qilgan 100 kilolik tosh saqlanib qolingan.

Ahamiyatlisi talabalarimiz ushbu ziyoratdan juda katta taassurot bilan qaytishdi. Yil davomida talabalarni tarixiy obidalarga sayohati tashkil qilinadi.  

Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohot va yutuqlarni xalqimizga keng targ‘ib qilish maqsadida universitetimiz professor-o‘qituvchilari Tоyloq tumanidagi qator mahallalarda bo‘lib turli tadbirlar orqali aholi bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazishmoqda.
Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi joriy yilning 16-yanvar kuni oliygohimizning “Tillar” kafedrasi o‘qituvchilari Dilfuza Ma’rupova va Gulrux Yusupova Tayloq tumanidagi “O‘rtoqishloq” mahallasida bo‘lib, Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan amaliy ishlarni aholiga targ‘ib qilishdi. Targ‘ibot tadbirida mahalla fuqarolariga mamlakatimizda ta’lim, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘zlab berildi. Ma’lumki, bugungi kunda Toyloq tumanidagi barcha mahallalar obod va orasta maskanga aylanib bormoqda. Yaratilayotgan barcha shart-sharoit va imkoniyatlar xalqimizning yanada farovon yashashi yo‘lida qilinayotgan sa’yi harakatlar hisoblanadi.
Tadbirda tumandagi va mahalladagi mutasaddi rahbarlar va faollar ishtirok etishdi. Tadbirning yanada jonli va aholi uchun qiziqarli o‘tishi uchun turli savol-javoblar, o‘yinlar tashkil qilindi va faol ishtirok etganlar taqdirlandi.

         Shu kunlarda universitetimizning bir guruh professor-o‘qituvchilari Toyloq tumanidagi barcha mahallalarda bo‘lib aholi bilan keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan muvaffaqiyatlar yuzasidan muloqotlar o‘tkazib kelishayapti. Ushbu uchrashuvlarda aholi ham faol ishtirok etayotganligini ko‘rib bugungi kunda olib borilayotgan islohatlardan xalqimiz mamnun ekanligini va ushbu sa’yi harakatlarda va amaliy ishlarda fuqarolarimiz ham o‘z hissasini qo‘shib kelayotganligini ko‘rish mumkin. Buni 13-yanvar kuni oliygohimiz “Turizm menejmenti” kafedrasi mudiri Odilov Akmaljon va kafedra o‘qituvchisi Suyunov Alijonning Toyloq tumanidagi “Bog‘izag‘on” va “Galabotir” mahallalarida “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” targʻibot tadbirida ham ko‘rish mumkin.

         Tadbir ishtirokchilariga yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohatlar haqida ma’lumotlar berildi va kitoblar tuhfa qilindi.

         Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish tizimi orqali ilm-fan sohalarini rivojlantirish maqsadida Toshkent Moliya instituti huzuridagi moliya-bank xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayorlash instituti hamda Chexiya Respublikasining Praga shahrida joylashgan Yevropa amaliy fanlar va menejment institute hamkorligida, joriy yilning 18-27 mart kunlari “Ta’limdagi sun’iy intellekt texnologiyalari: istiqbollari va oqibatlari” mavzusida Chexiya Respublikasida ilmiy-amaliy seminar tashkil etish rejalartirilgan.

         Mazkur seminarga ishtirok etish istagida bo’lganlar kerakli xujjatlaringizni 5-fevralgacha taqdim etishingiz zarur (xalqaro hamkorlik va reyting bo‘limiga).

         O‘quv kursi yakunida xalqaro sertifikat taqdim etiladi. O‘quv kursi uchun to‘lov 1450 evroni tashkil etadi.

Dastur ilova etilmoqda.
Dastur

Seshanba, 16 Yanvar 2024 15:30

Universitet va mahalla hamkorligi

         Joriy yilning 13-yanvar kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti oʻqituvchilari Kamoliddin Bakobilov va katta o‘qituvchi Dilfuza Mirboboeva Toyloq tumanidagi “Saribozor” mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi. O‘zaro muloqot davomida “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” targʻibot tadbirining ahamiyati xususida gapirdi.  

         Targ‘ibot tadbirida tuman Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari, “Saribozor” mahallasi faollari va hududdagi maktab rahbariyati ishtirok etdi. Uchrashuvda keyingi yillarda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohatlar natijasida hududlarda ulkan bunyodkorlik ishlari olib borilayotganligi, aholining yashash tarzi kun sayin oshayotganligi xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbirda so‘z olganlar yurtimizdagi ushbu o‘zgarishlar aholining shu jumladan saribozorliklarning hayot tarzida sezilayotganligi haqida gapirdi. Bularning barchasi Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar natijasi hisoblanadi.

         Tadbirda universitetimiz o‘qituvchilari faol bo‘lgan bir guruh mahalla ahliga kitoblar sovg‘a qildi.

84 dan 123 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar