Joriy yilning 2-fevral kuni universitetimiz bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari 4-bosqich bitiruvchi talaba-yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Dastlab tadbirda so‘z olgan HORICA bo‘limi boshlig‘i A.Sultonov bitiruvchi bosqichdagi talabalar ushbu yilning 1-mart oyidan boshlab amaliyotga chiqishi, boshqa viloyatlardan kelib ta’lim olayotganlar o‘z hududiga yo‘llanma olishi mumkinligi xususida gapirdi. Shundan so‘ng Ofis registrator bo‘limi boshlig‘i F.Nurov so‘z olib, amaliyotgacha bo‘lgan vaqt mobaynida dasrlarni to‘liq o‘zlashtirishi lozimligi xususida gapirdi va o‘z tavsiyalarini berdi. Yig‘ilishda o‘quv bo‘limi boshlig‘i M.Yorqulov, kafedra mudiri A.Odilov va boshqalar ham kun tartibidagi masala yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Yig‘ilishda bitiruvchi bosqich talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Kecha, 1-fevral kuni Yaponiyaning Nara prefekturasi ma’muriyatining Xalqaro aloqalar Departamenti rahbari TASUYA HITOMI janoblari boshchiligidagi delegatsiya universitetimizga tashrif buyurdi. Unda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Nara prefekturasi oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida fikr almashildi. Samarqand bilan birodarlashgan Nara shahri OTMlari talabalari va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros universitesi talabalari ishtirokida oktabr oyida do‘stlik va hamkorlik festivali tashkil etishga kelishildi.
Shuningdek, Nara shahridagi OTMlar bilan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, yapon va o‘zbek tillarini o‘qitishda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika tanlovini e’lon qiladi.
Ma’lumot uchun: Mazkur tanlovda o‘zining ilmiy g‘oyalari, innovatsion ishlanmalari hamda ratsionalizatorlik takliflari mavjud 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
Tanlovga arizalar joriy yilning 15-yanvar kunidan 15-fevral kuniga qadar tanlovning rasmiy sayti (www.vorislar.uz)dan ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.
Shu kunlarda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu York shahrida “2024 New York Travel & Adventure Show” xalqaro turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbirga 160 dan ortiq mamlakatdan jami 20 ming nafarga yaqin ishtirokchi tashrif buyurgan bo‘lib shundan ming nafardan ortig‘i turoperatorlar hisoblanadi.
Ahamiyatlisi, ushbu yarmarkada mamlakatimiz turizm salohiyati bilan birga, ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahridagi tarixiy obidalar, turizm obe’ktlari va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyati keng targ‘ib qilinmoqda.
Yarmarkada universitetimiz Horica bo‘limi boshlig‘i Akobir Sultonov faol ishtirok etib, oliygohimizda turizm sohasiga malakali mutaxassislar tayyorlash borasidagi amaliy ishlar keng targ‘ib qilinmoqda. Quvonarlisi, ko‘rgazmada talaba-yoshlarning turizm sohasi rivojlangan davlatlarda tajriba va amaliyot almashishini yo‘l qo‘yish borasida ham manzilli ishlar olib borilishi natijasida oliygohimiz yirik turistik korxonalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bilan birga yetakchi kompaniyalarda talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha ham takliflarni qo‘lga kiritdi.
Shu kunlarda Zulfiyaxonim nomidagi davlat mukofotining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarlisi, ushbu tanlovning respublika bosiqichida universitetimizning eng zukko, bilimdon va dono talaba-qizlaridan to‘rt nafari ishtirok etmoqda. Tanlovga ishtirok etayotgan universitetimiz talaba-qizlariga “Xotin-qizlar kengashi” raisi M.Abbosova bosh-qosh bo‘layapti.
Ma’lumot uchun;
4-bosqich talabasi Shoxnigorbegim Jo‘raeva adabiyot yo‘nalishida
3-bosqich talabalari Sabina Mustafakulova fan yo‘nalishida
3-bosqich talabalari Fotima va Zuxro Baxromkulova jamoatchilik yo‘nalishida ishtirok etmoqda.
Universitetimiz jamoasi Samarqand viloyati va oliygohimiz nomidan ishtirok etayotgan Zulfiyachi talaba-qizlarimizga omad yor bo'lishini tilab qolamiz.
Joriy yilning 30-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalarining darsdan keyingi bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va “Kitob klub” loyihasi loyihasi doirasida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan davra suhbati tashkil qilindi.
Davra suhbatida kitobning yoshlar hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida qimmatli fikrlar aytildi. Shuningdek tadbirda taniqli yozuvchi O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanining mazmun-mohiyati, asardagi voqeliklar so‘zlab berildi. Ayniqsa ushbu romanning ikkinchi jahon urushining boshqa xalqlar qatori o‘zbek xalqi boshiga keltirgan kulfatlari, jangu- jadallaring insoniyatga xavf tug‘dirdirganligi, uning xalqimizga keltirgan mudhish oqibatlari va vatandoshlarimiz siymolari aks etgan badiiy obrazlari haqida gapirib berildi.
Joriy yilning 29-yanvaridan 2-fevraliga qadar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2023-2024 o‘quv yili uchun qishki yakuniy imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda. Imtihon jarayonlari “Tillar” va “Turizm menejmenti”, “Tarix va madaniy meros” kafedralari o‘qituvchilari tomonidan o‘tilgan fanlari bo‘yicha olinayapti. Og‘zaki, yozma va test ko‘rinishlarida bo‘lib o‘tayotgan bu jarayonlar talaba yoshlarning bilimlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazmoqda. Talaba-yoshlarimizning bilimga bo‘lgan chanqoqligi ancha yuqori shu bois ularning imtihonlarga bo‘lgan tayyorgarligi ham qoniqarli bo‘lmoqda,-deydi nemis tili fani o‘qituvchisi Zohid Bektimrov.
Barcha talaba-yoshlarimizga imtihon jarayonlarida omad tilaymiz.
Joriy yilning 13-fevral kuni soat 15:00 da Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi hamda universitetimiz “Tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Yakubova Madina Kutfidinovna tomonidan “Plagiatdan qochish” mavzusida universitetning 108-xonasida seminar tashkil etilmoqda. Ushbu mavzuga qiziquvchilarni seminarga taklif etamiz.
Har bir oliy ta’lim muasassasining ilmiy darajasini jamoada faoliyat ko‘rsatib kelayotgan o‘qituvchilarning fanda erishgan yutuqlari, nufuzli jurnallarda chiqqan maqolalari, ilmdagi unvonlari belgilab beradi. Shu nuqtai nazardan olib qaraydigan bo‘lsak, universitetimiz pedаgogik jamoasining ilmiy salohiyati kun sayin oshib bormoqda. Navbatdagi xushxabar O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kengashining tavsiyasiga ko‘ra, Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Mansurova Nargiza Shamsidinovnaning “Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni tasdiqlandi.
Universitetimiz jamoasi ham Nargiza Shamsidinovnaga ilmiy soha taraqqiyoti yo‘lida yuksak muvaffaqiyatlari muborak bo‘lsin va yutuqlari bardavom bo‘lishini tilaymiz.
Joriy yilning 25-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Senatining 1-son yig‘lishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni universitet Birinchi prorektori J.Eltazarov olib bordi. Dastlab yig‘ilishda kun tartibidagi birinchi masala Prezident Adminstratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va viloyat hokimligining direktiv hujjatlarining oliygohimizdagi ijrosi yuzasidan universitet Birinchi prorektori J.Eltazarovning axboroti tinglandi. Ta’kidlandiki, o‘tgan yilda Prezidentimiz tomonidan turizm, ta’lim, ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirish maqsadida qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilangan holda barcha amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va viloyat hokimligining direktiv hujjatlarida belgilangan vazifalar ham o‘z vaqtida bajarilishga erishilgan.
Shundan so‘ng kun tartibidagi ikkinchi masala universitetning 2024-yil uchun ish rejasini tasdiqlash yuzasidan universitetning Protokol kotibiyati bo‘limi boshlig‘i A.Izbasarova axborot berdi.
Kun tartibidagi uchinchi masala universitet Senati a’zolari tarkibiga o‘zgarishlar kiritish va tasdiqlash to‘g‘risida bo‘lib, unga ko‘ra munosib nomzod bir ovozdan a’zolikka qabul qilindi.
Oliygohning ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i N.Mansurovaning “Tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari va dissertatsiya mavzularini tasdiqlash to‘g‘risida”gi axboroti Senat a’zolari tomonidan tasdiqlanishi bilan birga qizg‘in muhokamalarga ham sabab bo‘ldi va ayrim ilmiy rahbarlar va dissertatsiya mavzulari qaytadan ko‘rib chiqilishi xususida asosli fikrlar bildirildi. Kun tartibidagi yana bir masala oliygohimizning bir guruh professor-o‘qituvchilarini katta o‘qituvchi lavozimiga tavsiya qilish yuzasidan kafedra mudiri T.Sultonovning axboroti eshitildi va nomzodlar tomonidan ta’lim, ilm-fan sohalariga qo‘shib kelayotgan hissalari xususida to‘liq ma’lumotlar berildi. Kun tartibidagi so‘nggi masala “Professor-o‘qituvchi va xodimlarni lavozim vazifalarini tasdiqlash” yuzasidan xodimlar bilan ishlash (HR) bo‘limi boshlig‘i A.Xolboevning axboroti tinglandi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Senatining 1-son yig‘lishi kuni tartibidagi barcha masalalar qizg‘in muhokamalardan so‘ng tasdiqlandi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan universitet progektori, prof. Toni Zou, Senat a’zolaridan A.To‘xtamishev, N.Mansurova, S.Matlabov va boshqalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz