press

press

Amirsoy mijozlarga xizmat ko‘rsatish menejeri qor kurortini rivojlantirish nutqi bilan chiqish qildi2024-yil 22-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida prorektor professor Tony Zou tomonidan tashkil qilingan “Ipak yo‘li” turizm va madaniyat yetakchilarining 4-seminari bo‘lib o‘tdi. Amirsoy savdo menejeri Intizor Sapaeva qor kurortini rivojlantirishda “Dam olish maskanida mijozlarga xizmat ko‘rsatish va raqamli marketingni yaxshilash” mavzusidagi ma’ruzasi bilan chiqdi. Mijozlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha menejer Amirsoy togʻ kurortining rivojlanish tarixi bilan oʻrtoqlashdi. U “Amirsoy” dam olish maskanining rivojlanish tarixi va istiqboldagi rejalari bilan alohida tanishtirdi, shuningdek, mijozlarning murojaatlari bilan qanday ishlashni ham batafsil tushuntirib berdi. Shuningdek, talabalarimiz Amirsoyda xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha reklama uchun ingliz tilini qo‘llash, sayyohlik shikoyatlarini targ‘ib qilish va ko‘rib chiqish, mahalliy sayyohlarni jalb qilish maqsadida chiptalar narxini pasaytirish, yosh talabalar uchun turar joy bilan ta’minlash kabi yaxshi takliflarni berdilar. Seminarda magistrlar, PhD talabalari va ayrim o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Dushanba, 26 Fevral 2024 14:27

E’LON!!!

Odobi go‘zal, bilimi chuqur, tafakkuri yuksak, mushohadasi keng, mas’uliyatni teran his etadigan, jamiyat ravnaqiga xizmat qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan AZIZ TALABA QIZLARIM!
Sizlarni bahor va muhabbat kuychisi Zulfiyaxonim tavalludining 109 yilligiga bag‘ishlangan “Sadoqat saroyining mangu malikasi yoxud Zulfiyaxonim” nomli she’riyat kechasiga taklif qilamiz.
Kechada Zulfiyaxonim ijodiga mansub she’rlar o‘zbek, ingliz, rus, turk, koreys, yapon, xitoy, fransuz, nemis va ispan tillarida o‘qiladi.
Tashabbusingizni kutamiz!
1-mart 2024-yil       Soat: 11.00    Faollar zali

UNIVERSITET XOTIN-QIZLAR KENGASHI

Bugun 23 fevral kuni Samarqand shahridagi Qo'g'irchoq teatrida “Oliy o'quv yurtlari o'rtasida eng yaxshi teatr spektakli" respublika tanlovi o‘tkazildi. Ushbu tanlovda Samarqanddagi barcha oliy ta’lim muasassalari talabalaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Quvonarlisi, universitetimizda tashkil qilingan  talabalar teatr jamoasining faol ishtiroki barcha tomoshabinlarda juda yaxshi taassurot qoldirdi. Universitetimiz o‘qituvchisi Odiljon Boynazarov rahbarligidagi talabalarimizning teatr jamoasi ushbu tanlovda Alijon Hasanov tomonidan sahnalashtirilgan “Tuzoq” asari bilan ishtirok etdi va olqishlarga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi dasturining 8-bandida yosh xodimlar va talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazish topshirig‘i berilgan.

Shu munosabat bilan joriy yilning 23-fevral kuni Samarqand shahridagi “Movenpik” mehmonxonasida viloyatdagi barcha turizm sohasida faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar hamda shu sohada ta’lim olayotgan talabalar o‘rtasida turizm yo‘nalishida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. 12 ta jamoa ishtirok etgan intellektual o‘yinda turizm sohasida xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq hamda fan, ta’lim yo‘nalishidagi savollarga ham javob berildi. Ahamiyatlisi, ushbu bilimlar bellashuvida universitetimizning iqtidorli talabalaridan tashkil topgan “Ipak yo‘li” jamoasining faolligi va bilimga  chanqoqligi ajralib turdi va umumiy  natijalarga ko‘ra, uchinchi o‘ringa munosib deb topildi.   

Universitetimiz jamoasi zakovatchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan chin yurakdan qutlaydi.  

Shu yilning 4-mart kuni soat 14:30 da universitetimizda mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc), o‘qishga kirish uchun talabgorlar bilan suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tadi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) o‘qishga kirish uchun suhbat o‘tkazish

JADVALI

Ixtisoslik shifri va nomi

Suhbat

o‘tkaziladigan fan nomi

Suhbat o‘tkazilish kuni va vaqti

Suhbat o‘tkaziladigan joy

Mustaqil izlanuvchilik (PhD, DSc)

1

08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi

Mutaxassislik

2024-yil 4-mart, soat 14:30

Universitet binosi, 230-xona

2.

08.00.13-“Menejment” ixtisosligi

Mutaxassislik

2024-yil 4-mart, soat 14:30

Universitet binosi, 230-xona

3.

08.00.11 – “Marketing” ixtisosligi

Mutaxassislik

2024-yil 4-mart, soat 14:30

 

4.

08.00.05-“Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” ixtisosligi

Mutaxassislik

2024-yil 4-mart, soat 14:30

Universitet binosi, 230-xona

5.

10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunaslik” ixtisosligi

Mutaxassislik

2024-yil 4-mart, soat 14:30

Universitet binosi, 230-xona

*“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga o‘qishga hujjat topshirgan talabgorlarga kirish imtihonlari mutaxasislik fanlaridan imtihon dasturlariga asosan o‘tkaziladi (ixtisosliklar bo‘yicha imtihon dasturlari ilova qilinadi).

Talabgorlardan suhbat o‘tkaziladigan vaqtdan yarim soat oldin suhbat o‘tkaziladigan joyga o‘zlarining shaxslarini tasdiqlovchi hujjat (passport) bilan kelishlari so‘raladi.
08.00.13_Dastur

Payshanba, 22 Fevral 2024 16:59

YUKSAK E'TIROF

Ma'lumki,  Samarqand Turkologiya maktabi  vakillari tomonidan fan hamda tadqiqotlarga qo'shilayotgan hissa dunyo turkologiya markazlari tarafidan e'tirof etilmoqda. Yaqinda qardosh Turkiya Respublikasining  Istanbul universiteti huzuridagi mashhur Turkologiya instituti tomonidan taniqli turkolog-olim, universitetimizning Birinchi prorektori prof.Jo'liboy Eltazarovga bu ilmiy markazda 1925 yildan  beri nashr etilib kelinayotgan ''Türkiyat Mecmuası''dan (''Turkologiya Jurnali'')  ushbu obro'li ilmiy nashrning faoliyatiga tahrir hay'ati a'zosi sifatida hamkorlik qilish xususida taklif keldi.

Turkologiya, o'zbek tilshunosligi, Turk Dunyosi tadqiqotlari sohalariga doir 20 ta kitob, darslik va monografiyalar va 200 dan ziyod maqolalarning muallifi, keyingi yillarda turk va jahon ilmiy nashrlarida turkologiyaning dolzarb muammolariga 20 dan oid maqolalari turli tillarda e'lon qilingan samarqandlik olim ana shu xizmatlari uchun ''Türkiyat Mecmuası''ning tahrir hay'ati a'zoligiga munosib ko'rildi.

          ''Ulug' Otaturkning tashabbusi  bilan tashkil etilgan Istanbul Universiteti huzuridagi Turkologiya institutining ''Türkiyat Mecmuası'' jurnali tahrir hay'ati a'zosi bo'lish mamlakatimiz hamda Samarqand davlat universitetidagi turkologiya tadqiqotlariga berilgan yuksak baho sifatida qabul qilaman hamda bu tabarruk ilmiy nashrning faoliyatida faol ishtirok etish uchun butun kuch-g'ayratlarimni sarflayman', deb yozadi olim o'zining javob maktubida.

Eslatib o'tamiz, prof. Jo'liboy Eltazarov 2020-yildan beri Türk Dil Kurumu(''Turkiya Til akademiyasi'') muxbir a'zosidir va olim 2023-yilda TurkSOY tarafıdan xalqaro Chingiz Aytmatov medali bilan taqdirlangan edi.

Prof. Dr. Juliboy ELTAZAROV.pdf

Chorshanba, 21 Fevral 2024 09:30

Ilmiy seminarga marhamat

2024-yil 22-fevral sanasida "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida "Dam olish maskanida mijozlarga xizmat ko'rsatish va raqamli marketingni rivojlantirish-Amirsoy dam olish maskanining rivojlanish tarixi" mavzusida seminar bo'lib o'tadi.

 Seminarga universitet Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori, prof. Tony Zou tomonidan "Amirsoy" dam olish maskanining mijozlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha menejeri Intizor Sapayeva taklif etilgan.

Seminar o'tkazilish vaqti: 14:00-15:00, 22-fevral, 2024-yil (payshanba)

Seminar o'tkaziladigan joy: universitet binosi 230-xona
Onlayn ishtirok etishni istaganlar uchun. Konferentsiya ID: 862 1395 9269 kirish kodi: 676669

Yana bir xushxabar universitetimizning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori, prof. Tony Zou Samarqandda bo‘lib o‘tgan COP14 xalqaro konferensiyasi doirasida "Tabiat himoyachisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.  Mukofotni O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri, rektorimiz Aziz Abduxakimov topshirdi.

Universitetimiz jamoasi prof. Tony Zouni ushbu mukofot bilan chin dildan qutlab,  muvaffaqiyatlar bardavom bo‘lishini tilab qoladi. 

Universitetimizning Marketing va rekruting bo'limi mas'ul xodimlari Samarqanddagi barcha umumta’lim maktablarida turli uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazib kelishayapti. Ushbu tadbirlarda bo‘lim xodimlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining buguni va ertasi xususida gapirib berishdi. Samarqand shahridagi 2-son ixtisoslashgan umumiy o'rta ta'lim maktabi maktabining bitiruvchilari bilan o‘tkazilgan muloqot davomida oliygohimiz faoliyati, unda yaratilgan shart-sharoitlar xususida atroflicha ma’lumotlar berildi. Maktab o‘quvchilari ham universitetimiz to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlarga ega ekanligi xususida gapirib oliygohimizning xorijdagi qaysi nufuzli oliy ta’lim muasassalari bilan hamkorlik qilayotganligi, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘rashdi va savollarga  batafsil javob olishdi.

Universitetimizda “Umringni xazon etma!” nomli aksiya o‘tkazildiXabaringiz bor, shu kunlarda respublikamiz bo‘ylab “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” oyligi doirasida turli tadbirlar tashkil qilib kelinmoqda.

Shu munosabat bilan, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiyeva talabalar bilan birgalikda “Umringni xazon etma!” aksiyasini o‘tkazdi.

77 dan 123 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar