press

press

Joriy yilning 12-mart kuni Toshkent Axborot texnologiyalari Samarqand filialida  “Talabalar ligasi” sport musobaqasi doirasida Samarqand shahridagi oliy o'quv yurtlari o'rtasida shaxmat bo'yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqalarda universitetimizning birinchi bosqich talabalari  Guljaxon Sultonova va Bekzod Jumabayevlar faol ishtirok etishdi.

Joriy yilning 13-mart kuni O'zbekiston oshpazlar uyushmasida  professional ta'lim tizimida  “Umumiy ovqatlanish xizmatlatini tashkil etish” mutaxassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlash  istiqbollari" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminar-treningda “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi kollej-texnikumlar direktorlari hamda ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha direktor o’rinbosarlari ishtirok etdi va sohadagi amalga oshiriladigan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Samarqand Arxeologiya instituti, Samarqand davlat universiteti va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamkorligida 2024 yilning 4-martidan, 6-apreliga qadar "Tosh davri arxeologiyasi" mavzusida o‘quv amaliy seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Ushbu seminarda 11-mart kuni eronlik mutaxassis Dr. Morteza Khanipour o'zining "Eronning Janubiy Zagrosida Epipalaeolitdan neolitga o'tish " nomli ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

2024-yil 7-mart kuni universitetimizda turizm va madaniyat sohasi mutaxassislari uchun beshinchi ilmiy-amaliy seminar tashkil qilindi. Oliygohimiz professor-o‘qituvchilari ishtirok etgan seminarda Pekin Union universiteti turizm maktabi professori, doktor Sun Yehong  ma'ruza qildi. Seminarni universitetimiz ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, prof. Toni Zou olib bordi.

Doktor Sun Yehongning taqdimoti “Madaniy meros turizmini rivojlantirishda chegara nazariyalari va eng yaxshi amaliyotlar" mavzusiga bag‘ishlandi.  

Shuningdek Pekin Union universiteti turizm maktabi professori, doktor Sun Yehong agrar turizmni rivojlantirish xususida o‘z fikrlarini bildirdi. U FAO (Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti) va YUNESKO tomonidan taklif qilingan muhim qishloq xo'jaligi merosi ob'ekti kontseptsiyasini taqdim etish bilan birga, qishloq joylarida qishloq xo'jaligi landshaftlari va nomoddiy madaniy meroslarni ro'yxatga olishga alohida e'tibor qaratish lozimligi xususida gapirdi.  

Doktor Sun Yehongning mavzu yuzasidan qilgan tahliliy ma’ruzasi va taqdimoti universitetimiz professor-o'qituvchilari va talabalarida qiziqish o‘yg‘otdi. Ma'ruzadan so'ng doktor Sun Yehong o'qituvchilar va talabalarning savollariga batafsil javob qaytardi.

Joriy yilning 6-mart kuni Ilmiy tadqiqotlar bo'limi boshlig'i Nargiza Mansurova tomonidan universitet "Tarix va madaniy meros" kafedrasi professor-o'qituvchilari uchun ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirishda amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan seminar trening o‘tkazildi.

 Tadbirda professor-o‘qituvchilarga ilmiy maqolalar yozish va ularni nufuzli xalqaro jurnallarda chop ettirish va bu orqali universitet ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro akkreditatsiyadan o'tish hamda ilmiy salohiyatning yuqori bo'lishini ta’minlash xususida zarur tavsiyalar berildi. Seminar-treningda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob qaytarildi.

73 dan 123 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar