press

press

Joriy yilning 26-fevralidan 15-mart kuniga qadar universitetimiz “Turizm” kafedra o’qituvchisi Maftuna Kobilova Hindistonning Noida shahrida “Yovvoyi tabiat va ekologik turizmda ayollar va yoshlar tadbirkorligi" mavzusida bo`lib o`tgan o`quv kurslari va seminarlarda ishtirok etdi. 

O`quv kurslari va seminarlar Hindiston hukumati tomonidan moliyalashtirilgan bo’lib, uning asosiy maqsadlari atrof-muhitni va madaniy merosni muhofaza qilish, mahalliy iqtisodiyotni qo'llab-quvvatlash asosida barqaror turizmni rivojlantirishga o’z hissasini qo’shishdan iborat.

Bundan tashqari, ayollarning turizm sohasidagi faol ishtiroki va ularning bugungi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot markazida bo`lishi va unga o’z hissalarini qo’shishga undashni maqsad qilgan.

Xulosa qilib aytganda, turizm sohasini rivojlantirish va barqarorligini ta'minlash O'zbekistonda ham, Hindistondagi kabi  muhim masala bo'lib, bu boradagi tadqiqotlar hamda madaniy merosni muhofaza qilish, ekologik barqarorlik va turizm sohasida xotin-qizlarning ishtirokini kengaytirish kabi sohalarda salmoqli yutuqlarga erishilayotgani kuzatilmoqda.

Joriy yilning 14-mart kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining ma'ruzalar zalida seminar bo'lib o'tdi. Seminarda  Remin universiteti atrof-muhit fanlari maktabi dotsenti doktor Su Mingming “Madaniy meros turizmi va jamiyatni rivojlantirish” mavzuida onlayn ma'ruza qildi. Turizm va madaniy meros sohasi mutaxassislari, o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etgan seminarni universitet prorektori, professor Toni Zou olib bordi.

Seminarda Remin universiteti Ekologiya fanlari maktabi professori, doktor Su Mingming madaniy meros turizmi va jamiyatni rivojlantirish - Xitoydan misollar" mavzusida taqdimot o‘tkazdi.

Doktor Su Mingming o'z taqdimotida madaniy merosning ta'rifi va turkumlanishi haqida gapirib, madaniy meros turizmining rivojlanishini uchun butun dunyo bo'ylab YUNESKO tomonidan belgilangan madaniy meros obe’ktlaridan misollar keltirdi. Xususan, Xitoyda madaniy meros va jamoatchilikning faol ishtiroki ta'kidlandi. Doktor Su Mingmingning yorqin va batafsil taqdimoti o'qituvchilar va talabalarga katta taassurot qoldirdi.

 Ma'ruzadan so'ng doktor Su Mingming o'qituvchilar va talabalarning savollariga javob qaytardi.

Ushbu kun munosabati bilan yurtimizda barcha davlat tashkilotlarida respublika aksiyasi o‘tkazilib unga ko‘ra, bir soatga chiroq, kompyuter texnikasi, sovutish va isitish uskunalari hamda boshqa elektr energiyasi orqali foydalanish vositalarini tarmoqdan uzish, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalarni ixtiyoriy ravishda bir soat muddatda ko‘chaga chiqib sayr qilishi belgilangan.

Ushbu aksiya “Ipak yo‘li”  turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham o‘tkazildi. Aksiyada universitet binosi 14:00 dan 15:00ga qadar elektr tarmog‘idan uzildi va oliygoh professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari bir soat mobaynida sportning  shaxmat-shashka, badminton, stol tennisi kabi o‘yinlari va  rasm chizish, maroqli suhbat qurish, sayr qilish kabilar bilan mashg‘ul bo‘ldi.

Dushanba, 25 Mart 2024 15:06

E’LON

Spiker:

Kristina SMORODINA, Cross Travel Agency direktori, mehmonxona inspektori, Uzbekistan Hospitality Awards hakamlar hay’ati a’zosi.

Mavzu: “Har biringiz O‘zbekiston turizmini rivojlantirishga mas’ulsiz”

Moderator: Turizm kafedrasi mudiri, Dr. Akmaljon Odilov.

O‘tkazilish joyi: 229-ma’ruza zali.

Vaqt: 11:00 - 12:00, 2024-yil 28-mart (payshanba)

Payshanba, 21 Mart 2024 14:06

NAVRO‘ZI OLAM MUBORAK!

Bugun diyorimizda xususan ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandda sharqona yangi yil-Navro‘z bayrami shukuhi kezib yuribdi.

Mana shunday urf-odatlarimizni, qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan bahoriy bayram Navro‘zi olam bilan barcha universitetimiz professor-o‘qituvchilarini, xodimlarini hamda talaba-yoshlarni muborakbod etaman.

Qishning izg‘irinli kunlaridan so‘ng bahorning yoqimli havosi va ona tabiatning o‘yg‘onishi kishi qalbiga o‘zgacha kayfiyat baxsh etadi. Biz Navro‘zi olamni hamisha orziqib, intizorlik bilan kutamiz.

 Bejizga aynan ushbu bayram shaharu, qishloqlarda xalq sayllari va turli milliy o‘yinlar hamda milliy taomlar bilan kutib olinmaydi. Chunki har birimiz o‘z qadriyatlarimiz, milliyligimiz hamda urf-odatlarimiz bilan faxr-iftixor tuyg‘usini his qilib yashaymiz.

Bugungi kunda yurtimizda madaniy meros turizmi keng ravnaq topgan. Ushbu sohaga malakali mutaxassis tayyorlash va madaniy meros sohasining yetuk kadrlarini tayyorlab berish yosh universitetimizning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Mana shunday xayrli ishda barchangizga omad yor bo‘lishini tilagan holda yana bir bor Navro‘z bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
Birinchi prorektori, prof. D.Nasimov

Navro‘z bayrami nishonlayotgan shu kunlarda ya’niy 19-mart kuni “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Milliy liboslar kuni” aksiyasi o'tkazildi.

 Erta tongdan boshlab universitet professor-o'qituvchilari, ma'muriyati va talabalar har qanday millat madaniyatining ajralmas qismi bo'lgan milliy liboslarda kiyinishdi. Milliy liboslar xalqimizning qadriyatlaridan va urf odatdaridan namuna hisoblanadi.

Ko‘p yillik tarixga ega xalqimizning yillar mobaynida o‘ziga xos milliy liboslari shakllanib kelgan. Milliy liboslarimiz nafaqat millatimiz ko‘rkini, balki ma’naviy mafkuralarimizni va dunyo tamaddunida tutgan o‘rnimizni ham namoyon etadi.

Ushbu tadbirning maqsadi bugungi kunda uzoq tarixni bosib o‘tgan, ajdodlarimiz mafkurasi va dunyoqarashi haqida so‘zlaydigan milliy liboslarimizni asrab-avaylash va uni keng targ‘ib qilishdan iborat.

Chorshanba, 20 Mart 2024 11:34

Navro‘zi olam mehr-saxovat bayrami

Navro‘z bayrami milliy urf-odatlarimizni o‘zida aks etishi bilan birga mehr-saxovat bayrami hisoblanadi. Bayram munosabati bilan universitetimizning to‘rtinchi bosqich talabalari mehr-muruvvat uyidagi nuroniy otaxon va onaxonlarning holidan xabar olindi!      

-Bizning ushbu mehr ulashuvchi tadbirimiz nuroniy otaxon va onaxonlarning ozgina bo‘lsa ham ko‘nglini ko‘targan bo‘lsa maqsadimizga erishgan bo‘lamiz, -deydi oliygohimiz talaba-yoshlari.

Seshanba, 19 Mart 2024 13:14

NAVRO‘ZI OLAM MUBORAK!

Shu kunlarda yurtimizda xalqimizning milliy bayramlaridan bo‘lgan Navro‘z bayrami shukuhi kezib yuribdi. Bahorning kelishidan darak beruvchi, xalqimizning urf-odatlarini o‘zida mujassam etgan ushbu bayram tadbirlari Samarqand shahrining markaziy istirohat bog‘ida keng nishonlandi.

Viloyatimizning barcha korxona va tashkilotlari, oliy ta’lim muasassalari ishtirok etgan bayram tantanalarida universitetimiz jamoasi ham faollikni qo‘ldan bermadi va Navro‘zi olamni ko‘tarinki ruhda nishonladi.

Markaziy istirohat bog‘idagi oliygohimizga ajratilgan hududda barcha tayyorgarliklar ko‘rilib, universitetimiz rahbariyati boshchiligida dasturxon bezatildi va unga turli milliy taomlarimiz tortiq qilindi. Dastlab bayram tadbirida universitetimiz Birinchi prorektori, professor Dilmurod Nasimov so‘z olib barchani ushbu milliy bayramimiz bilan chin dildan qutlab o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi. Shundan so‘ng bir tomonda milliy sport o‘yinlaridan arqon tortish, kurash musobaqalari tashkil qilingan bo‘lsa, yana bir tomonda “Navro‘zi olam muborak” nomli musiqali tadbirlar o‘tkazildi.

Bayram tadbirlarida universitetimiz talabalarining Xitoy, Koreya, Turkiya kabi davlatlarining milliy musiqalari, raqslari namoyish qilindi. Bu kabi o‘ziga xos milliy tomoshalar markaziy saylgohdagi barchani universitetimiz davrasiga jalb qildi. Bayram tadbirlari davom etmoqda.

Dushanba, 18 Mart 2024 17:41

E’lon!!!

2024-yil 20-mart kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari o‘rtasida “Rangtasvir asar”lari bo‘yicha rasmlar tanlovini o‘tkaziladi.

Agar siz rasm chizish qobiliyatiga ega bo’lsangiz va o’z ijod namunalaringiz bilan ushbu tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz eng sara ijod namunalariz, universitetimiz binosidagi rasmlar galereyasida namoyish qilinadi. 

Ishtirok etish istagida boʻlgan talabalar guruh tyutorlarga murojaat qilishingiz mumkin!

Vaqtni boy bermang, tanlovda ishtirok eting!

Tanlov g‘oliblari universitet  tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.

Yaqinda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm” kafedrasi o`qituvchisi boshchiligidagi talabalardan iborat delegatsiyasi Buyuk Britaniyaga qilgan tashrifi chog‘ida top universitetlarda talabalarga yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.

Dastlab universitetimiz o‘qituvchisi va talabalaridan iborat delegatsiya a’zolarini Oxford Brookes PhD studenti Sanjar Jumanazarovning iliq kutib oldi. Sanjar ularga kampus bo‘ylab ekskursiya uyushtirdi va oliygoh faoliyati bilan tanishib ta`lim tizimini ko‘zdan kechirdi. Shundan so‘ng “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Oxford Brookes universiteti o‘rtasidagi potentsial hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan mazmunli suhbatlar o‘tkazildi.

Suhbat jarayonida kelgusida akademik almashinuv dasturlari va qo'shma tadqiqot tashabbuslari xususida so‘z bordi. Bundan tashqari universitetimiz vakillari dunyodagi mashhur Oksford universitetida  va Bodleian kutubxonasida ham bo‘lishdi.

Bu kabi amaliy tashriflar nafaqat Oxford Brookes va Oksford universitetlari bilan tanishish balki talabalarimizning ta’lim tajribasini sezilarli darajada ошишига va hamkorlikning yanada yaxshilanishiga muhim omil yaratadi.

Shu o‘rinda delegatsiya a’zolari Sanjar Jumanazarovga samimiy mehmondo'stligi uchun hamda Oxford Brookes va Oxford universiteti mutasaddilariga ularni samimiy  kutib olgani uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

68 dan 123 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar